Yevropa madaniyati va iqtisodiyoti

Yevropa madaniyati va iqtisodiyoti(ECUE). Yevropa tadqiqotlaridan ajralib turadigan fanlararo aspirantura dasturi hisoblanadi. Ikkalasi ham Yevropa siyosati va voqealariga eʼtiborini qaratadi. ECUE bitiruvchilari sanʼat magistri ilmiy darajasini olgandan soʻng, ular turli yoʻnalish boʻyicha biznes sohalarida shugʻullanadilar. Shuni eʼtiborga olish kerakki Yevropa Ittifoqi bilan bogʻliq kasblarni tanlagan maqsadga muvofiq boʻladi.

ECUE logotipi

Tarixi tahrir

Germaniyadagi Bochum Ruhr universiteti hozirgi kunda Yevropa madaniyati va iqtisodiyotini oʻqish yoʻli sifatida taklif etuvchi yagona universitetlardan biri hisoblanadi[1]. Bu universitet kichik filial boʻlib, har yili bu universitetga taxminan 30 ta talaba qabul qilinadi. U birinchi marta 1999-2000-yillarning qish mavsumida joriy etilgan va shundan beri magistratura dasturiga aylangan. Dastlab, ECUE sanʼat olimlariga iqtisodiyot, siyosat va madaniyatlararo kompetentsiyalar haqida fundamental tushuncha berish usuli olib borilgan. Dastlabki bosqichlaridagi dastur Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) hamda Germaniya rektorlari konferentsiyasi (HRK) tomonidan moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlangan[2]. 2007-yilda uning sifat darajasi Germaniya sifat kafolati instituti ACQUIN[3] tomonidan tasdiqlangan. ECUE talabalari ixtisoslashgan generalist sifatida malakaga ega boʻlishlari va xalqaro kompaniyalar va muassasalarda martaba uchun tayyorlanishlari kerak boʻladi. Bu universitetda kutilayotgan oʻqish muddati-toʻrt yil hisoblanadi.

Oʻquv dasturi tahrir

Oʻquv dasturida Yevropa hududini iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy va sotsiologik nuqtai nazaridan oʻrganishga qaratilgan. Soʻzlashuv va majburiy ekskursiya paytida (Bryusselga) oʻtilgan fanlarning oʻzaro aloqalari bogʻlanadi. Bundan tashqari, talabalarning madaniyatlararo kompetentsiyalari va tadqiqot usullari oʻrgatiladi.

Dasturga quyidagi fanlar boʻyicha seminarlar kiritilgan[4].

Fanlararo va madaniyatlararo yondashuv talabalarga Yevropa mavzularini madaniy, iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan tahlil qilishni oʻrgatadi. Fanlararo aloqalar bilan bir qatorda, ECUE xalqaro munosabatlarga urgʻu beradi. Koʻpgina mavjud oʻrinlar chet ellik talabalarga va oʻzbek talabalariga ham ajratilgan[5]. Hozirgacha 30 xil millat (Afrika, AQSH, Osiyo, koʻplab Yevropa davlatlari) talabalari dasturni muvaffaqiyatli tamomlab oʻzlari istiqomat qiladigan hududlarda oʻzining egallagan bilimlarini boshqalarga ham oʻrgatib kelishmoqda

Dasturga kirish uchun juda ham aʼlo darajadagi bakalavr darajasi talab etiladi. Bundan tashqari, talabalar oʻqitish tillari, ingliz va nemis tillarida yaxshi bilimga ega boʻlishlari kerak boʻladi. Chet elda muddatli yoki stajirovka-dasturini tashkil qilishning mumkin boʻlgan usullaridan foydalanishimiz kerak.

Manbalar tahrir

  1. „Informationen zur Hochschule“.
  2. http://www.nordrheinwestfalendirekt.de/broschuerenservice/download/173/auslandserfahrung.pdf p.76
  3. „ACQUIN Akkreditierungsagentur“. 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-may.
  4. „Ecue » Home“. 2009-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-may.
  5. Handbuch Europa in NRW (p. 59,60)