Yevropaliklarning Qadimgi Hindistonga kirib kelishi
XV asr oxirida portugallar Hindistonga dengiz yo‘lini ochdilar. 1498-yili dengizchi Vasko da Gama boshchiligidagi portugallar ekspedisiyasi Malabar qirg‘og‘idagi muhim port shahar Kalkuttaga yetib keldi. Portugallar Afrika sohillaridagi qabilalarga movut, musallas, munchoq va boshqa mayda-chuyda taqinchoqlar berib, o‘rniga tilla, fil suyagi olardilar. Ammo portugallar Hindistonga kelganlarida hindlar nazarida dag‘al ishlangan yevropa mollari badavlat hind zodagonlari uchun hech vaqoga arzimaydigan narsa ekanligini bildilar. Yevropaliklarning hind mollariga almashtiradigan buyumi yo‘q edi. Lekin boshqa tomondan, aniqrog‘i harbiy texnika sohasida portugallar hindlarga nisbatan ancha oldinga ketgandilar. Afrika sohillari orqali Hind sari kezgan portugal kemalari o‘zining kattaligi va tezligi jihatidan pastak va asosan hind daryolarida suzishga moslangan kemalardan ancha ustun edilar. Yevropacha harbiy intizomga o‘rgangan, to‘p va o‘qotar qurollarga ega bo‘lgan portugal askarlari qilich va qalqon yoki nayza bilan jang qilgan hindlarni osonlik bilan yengar edilar. Shunday qilib garchi portugalarda hind mollariga almashadigan buyumlari bo‘lmasada, ular hind mollarini zo‘ravonlik bilan tortib olardilar.
Portugallarning Hindistonga kirib kelishi
tahrirHindiston qadim zamonlardan beri yevropalik olim va sayyohdarning eʼtiborini oziga qaratgandi. Ular, shuningdek, Yaqin Sharq orqali Hindistonga quruqlik orqali boruvchi karvon yollarining anchayin xatarli ekanidan ham tuzukkina xabardor edilar. XV asrning oxirlariga kelib, dengizda kemalar qatnovi va yurishi ancha rivojlangan baʼzi Yevropa mamlakatlarida ushbu sirli diyorga boradigan uzluksiz dengiz yolini kashf etishga bolgan intilish kuchaydi. Maʼlumki, dastlabki urinish 1492-yilda X.Kolumb tomonidan amalga oshirilgan. Kolumb Evropadan gʻarbga, Atlantika okeanidan oʻtib, Hindistonga dengiz yoʻlini ochishga intildi. 1492 yilda Bagama orollari, Kuba, Gaitiga etib bordi. U Hindiston qirgʻogʻiga etib kelganiga amin edi va bu yerlarni „Gʻarbiy Hindiston“ deb hisoblaydi. Lekin buning natijasi ularoq Amerika qitʼasi kashf etilgan.
Vasko da Gama
tahrirBuyuk geografik kashfiyotlar tarixida portugaliyalik dengizchi Vasko da Gamaning nomi birinchi bolib Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yolini ochgan sayyoh sifatida qoldi. Kolumb boshlagan ishni oxiriga yetkazgani bois, Vasko da Gamani zamondoshlari „Kolumbdan ozgan sayyoh“ sifatida taʼriflashgan. Vasko da Gama 1469-yilda Portugaliyaning Sinish shahrida tugilgan va Evore shahrida ta’lim olib, boshqa fanlarga qaraganda koproq dengiz navigatsiyasi, kartografiya va geografiyani chuqur organdi. XV asrda Portugaliya mustamlakasi bolgan Afrikaning Gvineya qoltigi atroflarida portugal floti tarkibida xizmat qilgan. XV asrning 90-yillariga kelib, Afrikani dengiz boylab aylanib suzib otish mumkinligi va Sharqiy Afrikadagi hududlarning suv yollari orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borishi maʼlum boldi. Shuning uchun 1497-yilda Portugaliya qiroli Manuel I Vasko da Gamaga Afrikani aylanib otib, Hindistonga dengiz sayohati uyushtirish va yolni xaritaga tushirishga farmon bergan. 1497-yilning 8-iyulida sayyoh 168 kishilik ekipajdan iborat tortta kemada Hindiston sayohatiga yol oldi. Xuddi Kolumbniki kabi Vasko da Gama ekspeditsiyasi ham dastlab, Lissabondan garbga yol olgan, ammo keyin Sharqqa burilgan. Atlantika okeanida yoysimon yonalishda suzib, 1497-yil 20-noyabrda Afrikaning eng janubiy nuqtasidan otdilar. Afrikani aylanib otish joyining topilgani ekspeditsiya a’zolarida Hindistonga borish yolini topishga bolgan umidni kuchaytirgan, albatta. Dengiz sayyohlari Afrikaning eng janubiy nuqtasi bolgan burunni «Yaxshi umid» nomi bilan atadilar. Vasko da Gama 1497-yil dekabrda hozirgi Janubiy Afrika Respublikasining Sharqiy qirgoqlarini kashf qildi. 1498-yilning yanvar oyida Zambezi daryosining quyilish joyidan otib, Sharqiy qirgoqlar boylab shimoli-sharqqa suzishda davom etdi va osha yilning mart oyida Mozambikka yetib bordi. Malindi shahrida arab yol korsatuvchisini yollagan sayyoh uning yordamida 1498-yil 20-mayda Hindistonning janubi-garbiy qirg`oqlaridagi yirik savdo markazi hisoblangan Kalikut (hozirgi Kojikode) shahriga yetib keldi.
Goaning egallanishi
tahrirVasko da Gama bir tomondan dengizchi va sayyoh bo‘lsada, aslida u Xristofor Kolumb singari o‘rta asr mustamlakachilarining haqiqiy namoyandasi edi. U Hindistonga birinchi bor kelgandayoq port shaharlarini o‘qqa tutib, ularni vayron qildi. Vasko da Gama 1502 yilda yana Hindistonga kelib, hindlarga nisbatan yovuzliklarini davom etirdi. Portugallar ekspedisiyasining keyingi boshliqlari Kabral (1500 yil) va Albukerk (1510-1511 yy.) Hindiston zaminidagi tayanch punktlarni va Bijopurga tegishli Goa orolini zabt etdilar. Goa oroli portugallarning Sharqdagi mustamlakalari markaziga aylandi. Fors ko‘rfazi sohillari bo‘ylab Ormuzdan to Afrika va Arabiston qirg‘oqlari, Hindistonning sharqiy sohili, Seylon (Shri Lanka), Malakka bo‘g‘ozi, Molukk orollari, hozirgi Tailand va hatto Xitoygacha o‘lkalar portugal kemalarini taʼmirlaydigan manzilgohga aylandi. Bu manzillar portugal mollari, birinchi galda ziravorlar, ip-gazlama matolar saqlanadigan omborlar, portugal qo‘shinlari joylashadigan qarorgohlarga aylandi.
Portugallarning savdoda hukumronligiga chek qoʻyilishi
tahrirPortugallarning maqsadi faqat Hindistonda emas, balki Sharqdagi barcha dengizlarda hukmron bo‘lish edi. Buning uchun ular o‘z raqiblari bo‘lmish sharq mamlakatlari savdogarlariga qarshi ham dengizda, ham Hindiston portlarida, Arabiston va Afrikada shafqatsizlik bilan ish tutardilar. Malabardagi xonlarning bir-biri bilan kelisha olmasligi, ular o‘rtasidagi nifoq portugallarga juda qo‘l keldi. Mahalliy aholini mustamlakachilarga qarshi har qanday qarshiligi qurol kuchi bilan bostirilardi. Bu zaminga bosqinchi askar tushirilardi, ular xalqni talab, qishloqlarni yondirar, odamlarni o‘ldirar edilar. Metropoliyaga olib ketolmagan barcha o‘ljalarni yo‘q qilardilar. Hindistonning va yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlarning ichkari tomoniga portugallar kira olmadilar. Ular o‘z hukmlari ostidagi hind aholisiga zug‘um va zulm o‘tkazdilar, hind ehromlarini vayron qildilar, 1560 yilda mamlakatdagi g‘ayri dinlarni qattiq iskanja ostiga oldilar, inkvizisiyani joriy etdilar. Dengiz savdosida hukmronlik qilgan portugallar Hindistonning sharqdagi mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalariga katta putur yetkazdi. Ular olib borgan shiddatli urushlar, portlarning vayronaga aylanishi, Malabar aholisining qirg‘inga uchrashi oqibatida bu boy o‘lka Hindistondagi eng qoloq viloyatga aylandi. Ammo keyinchalik Hind okeani va janubiy dengizlarda Gollandiya kemalarining paydo bo‘lishi oqibatida portugallarning bu yerdagi hukmronligiga chek qo‘yildi. Portugallar endi hind mahalliy hukmdorlarining qarshiligiga bas kela olmadilar va ular birin-ketin Malabardagi tayanch punktlaridan mahrum bo‘la boshladilar.
Manbalar
tahrir1. Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. 2004. 2. Gʻofurov A. Hindiston. FarDU. 2009. 3. Vasilev N. Istoriya Vostoka. 1-2 tom. M., 2004. 4. Vigasin A., Dandomaev M. Istoriya Drevnego Vostoka. -M., 2001. 5. Noveyshaya istoriya stran Azii i Afriki. XX vek. -M., 2000.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |