Yil talabasi 2

Punit Malxotraning rejissyori Punit Malxotraning 2019 yilgi hindistonlik o'spirin filmi - 2-yil talabasi - Arshad Sayed tomonidan yozilgan, rejissyor Punit Malxotra va Karan Johar, Hiroo Yash Johar va Apoorva tomonidan suratga olingan hind tilida

Yil talabasi 2 (Original: Student of the Year 2) — 2019-yilda Punit Malhotra tomonidan ishlangan, Dharma Productions tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Fox Star Studios tomonidan tarqatilgan Hind filmi. Filmda bosh rollarni Tiger Shroff, Tara Sutaria va Ananya Panday oʻynagan.

Yil talabasi 2
Student of the Year 2

Film posteri
Rejissyor(lar) Punit Malhotra
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Arshad Sayed
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Ravi K. Chandran
Muharrir(lar) Ritesh Soni
Studiya(lar)
Distribyutor Fox Star Studios
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 145 daqiqa[1]
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til hindcha
Byudjeti ₹65–80[2][3]
Daromadi ₹97.81 kror[4]

Syujeti

tahrir

Rohan Sachdev va Mia Chawla yoshligidan birga oʻsib, Pishorilal Chamandas kollejida oʻqishar edi. Rohan Miani sevib qoladi. Rohan Miaga sevgisini oshkor qilmoqchi boʻlganda, Mia St. Teresa nomli nufuzli kollejga oʻtib ketadi. Rohanning iqtisodiy ahvoli yomon boʻlganligi sababli, u Mia oʻqiyotgan kollejda oʻqiy olmas edi. Tushkunlikka tushib qolgan Rohan, bir oʻyinning mohir ustasi boʻlganligi tufayli shu oʻyin boʻyicha bellashuvda ishtirok etadi va gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Gʻolibga Mia tahsil olayotgan kollejga grand asosida oʻqish imkoniyati berilar edi. Rohan xursand boʻlib, kollejga boradi.

U kollejga borgach, Shreya Randhawa Rohanni kamsitadi. Uning kamsitishlariga shunga yarasha javob qaytargan Rohan Miani topadi va unga sevishini asta-sekinlik bilan bildiradi. Mia esa orzulari kattaligini va Rohanning esa orzusi yoʻqligini aytadi. Rohan Miani koʻnglini ovlash bilan band boʻlgan bir paytda, Shreyaning egizagi, kollejda har sohada yuqori natijalar qayd etgani bilan shuhrat qozongan Manav Singh Randhawa, ularni superqahramon kiyimini kiyib kelish sharti bilan tugʻilgan kuniga taklif qiladi. Rohan tugʻilgan kunga borganda, uni sobiq kollejidagi doʻstlari yoʻqlab keladi. Shreya Rohanning doʻstlariga yolgʻon gapirib, Rohan ularni tugʻgan kunga taklif qilganini aytadi. Doʻstlar esa bazmga kirishadi va mastligi tufayli toʻpolon koʻtarishadi. Shreyaning nayrangini payqagan Rohan ularni haydab chiqaradi va doʻstlari undan ranjishadi. Ertasi kuni kollejda har yili oʻtkaziladigan raqs tanlovi boshlanganligi eʼlon qilinadi. Bu tanlovga sherik boʻlib qatnashish kerak edi. Rohan Mia bilan birgalikda ushbu raqs tanloviga qatnashadi. Ularning eng asosiy raqibi Shreya va uning egizagi, kollejda har sohada aʼlo natijalari bilan nom qozongan Manav edi. Rohan bellashuvda yutishga qattiq kirishadi. Ammo, Mia Manavni yaxshi koʻrar edi. Manav bilan oʻrtasidagi ishqiy munosabat tufayli Mia raqs bellashuvida atayin yutqazadi. Shu sababli, Manav va Shreya juftligi birinchi, Rohan va Mia juftligi esa ikkinchi oʻrinni egallaydi.

Magʻlubiyatdan ranjigan Rohan, kechasi Miani koʻrish uchun uning uyiga boradi. U u yerda Mia va Manav ishqiy munosabatda ekanligining guvohi boʻladi va jahl bilan qaytib ketadi. Ertasi kuni u kollejda Manav va uning doʻstlari tomonidan kaltaklanadi va kollej darvozidan chiqarilib tashlanadi. Keyin Rohan eski kollejiga qaytadi. Dastlab, Rohanga uning doʻstlari yomon munosabatda boʻlishadi. Ammo, Shreyaning kesatqi gaplari bilan doʻstlar oʻrtasidagi munosabat yaxshilinadi. Shreya Rohandan oʻtgan safargi raqs tanlovidan ham nufuzli boʻlgan raqs tanlovida oʻziga sherik boʻlishini soʻraydi. Rohan rozi boʻladi va uzoq tayyorgarchiliklardan soʻng, Shreya bilan birgalikda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritadi. Keyin Rohan,,Yil talabasiʼʻ bellashuvi haqida eshitib qoladi. Rohanning kolleji ushbu bellashuvda hech qachon oʻrin ololmagan edi. Ushbu bellashuv kollejlar oʻrtasida boʻlib, sportning koʻplab sohasida bellashuvlar boʻlib oʻtar edi. Rohid kollejini himoya qilish va ushbu maqomni qoʻlga kiritish maqsadida qatnashadi. Rohanning kollej jamoasi yuqori natijalarni qayd etadi va finalga chiqadi. Finalda uning asosiy raqibi Manav edi. Rohan va Manav jamoalari oʻrtasida nizo kelib chiqadi va Manav va uning jamoasi Rohanning ayrim doʻstlarini ogʻir darajada kaltaklaydi. Ikki kollej jamoasi oʻrtasida soʻnggi bellashuv boʻlib oʻtadi va bu bellashuvda gʻolib boʻlgan jamoa sardori,,Yil talabasiʼʻ nomiga sazovor boʻlar edi. Soʻnggi daqiqalarda Rohanning jasorati tufayli Rohanning kolleji birinchi oʻrinni egallaydi va Rohid,,Yil talabasiʼʻ nomini qoʻlga kiritadi.

Rohan Miani kechiradi va u bilan faqat doʻst boʻlib qoladi. U Shreyani yaxshi koʻrishini tushunib yetadi va unga sevgisini oshkor qiladi. Shreya esa uning sevgisiga rozi boʻladi.

Rollarda

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Student of the Year 2, British Board of Film Classification, 8-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 8-may 2019-yil {{citation}}: More than one of |archivedate= va |archive-date= specified (yordam); More than one of |archiveurl= va |archive-url= specified (yordam)CS1 maint: date format ()
  2. „Student Of The Year 2“. Box Office India. Qaraldi: 16-may 2019-yil.
  3. „Student Of The Year 2 Box Office Early Estimates: Tiger Shroff film expected to earn Rs 10-12 crore on Day 1“. Daily News and Analysis (10-may 2019-yil). Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  4. „Student Of The Year 2 Box Office Collection till Now“. Bollywood Hungama. 8-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2019-yil.
  5. „Tiger Shroff Shoots With Ananya Pandey & Tara Sutaria For SOTY 2“. CNN-News18 (18-iyun 2018-yil). Qaraldi: 9-may 2019-yil.

Havolalar

tahrir