Yogʻlarni gidrogenlash
Yogʻlarni gidrogenlash - glitserin va toʻyinmagan yogʻ kislotalarning murakkab efirlariga kataliz yoʻli bilan vodorod biriktirish. Yo. g . usulini rus olimlari Norman va S. A. Fokinlar 1902—1903 yillarda taklif etishgan. Birinchi marta 1908 yilda Rossiyada sanoatda qoʻllangan. Qotirilgan yogʻlar (salomas) olish uchun dengiz hayvonlari va baliqlarning suyuq yogʻlari va oʻsimlik moylari gidrogenlanadi, soʻngra ular fizikkimyoviy xossalariga qarab margarin, ovqatbop yogʻ va b. i. ch.da hamda texnik maqsadlar (sovun, stearin va izolyasiya materiallari i. ch.)da qoʻllanadi. Toʻyinmagan birikmalarning toʻyinishi, shuningdek, izomerlanishi tufayli Yo. g . jarayonida yogʻ qotadi. Avtoklavlarda 220° tra va 0,2 MPa bosim ostida gidrogenlab ovqatbop yogʻlar, 190—250° tra va 1,5— 2,0 MPa bosim ostida texnik yogʻlar olinadi (yana q. Gidrogenlash). [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |