Yomontov togʻi — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Tomditov togʻlarining eng chekka janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland joyi 506 m (Siztov choʻqqisi). Yo.t.ning suvayirgʻich qismi keskin koʻtarilgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va oʻzan koʻp. Yo.t.ning choʻqqisi quyi paleozoyning tub jinslaridan iborat, qolgan joylar nuragan jinslar bilan qoplangan. Etaklarida boʻr va paleogenning choʻkindi jinslari (gil, alevrolit, qum va b.) keng tarqalgan. Boʻz, qoʻngʻir tuproklarda shuvoq, keyreuk, biyurgʻun, izen va b. kserofitlar oʻsadi. Yon bagʻirlaridan qorakoʻl qoʻylari boqishda foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil