Qorakoʻl qoʻy zoti
Qorakoʻl qoʻy zoti - moʻynali terisi uchun boqiladigan dagʻal junli dumli qoʻy zoti. Bu zot bir necha yuz yillar oldin hozirgi Oʻzbekiston (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani) hududida jaydari qoʻylarni xalq seleksiyasi usulida uzoq vaqt tanlash va chatishtirish natijasida yaratilgan. Qorakoʻl qoʻy zotiz. dunyoning (Avstraliyadan boshqa) barcha qitʼalarida 50 dan ortiq mamlakatda urchitiladi (15 mln. bosh atrofida). Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron, Jan. Afrika Respublikasi eng koʻp Qorakoʻl qoʻy zotiz. boqiladigan davlatlar hisoblanadi.
Qorakoʻl qoʻy zotiz. dumli qoʻylar turiga mansub, dumining uch qismida zotga xos ilmoqnamo oʻsimta mavjud. Jun qoplami dagʻal jun turiga mansub. Koʻpchilik Qorakoʻl qoʻy zotiz.lari govkalla, tanasi baquv-vat, dumida koʻp yogʻ toʻplanadi. Qoʻzilari qora (80%), kulrang, jigarrang, sur va boshqa tusli. Bir yarim yoshdan keyin tumshugʻi, quloqlari va oyoqlaridan boshqa joyidagi qora junlar oqara boshlaydi. Katta yoshli ona qoʻylar shoxsiz vazni 42—45, qoʻchqorlari yirik, burama shoxli vazni 55–60 kg, yangi tugʻilgan qoʻzilarining oʻrtacha vazni 4—4,5 kg. Serpushtligi 90—95%. Zotni takomillashtirish borasida asosan qora, koʻk, sur, oq, zarmalla, kumushsimon, tillasimon, olmos, havorang, shamchiroq, poʻlati, platina, bron-za, qahrabo, antratsit (qora tovlanadigan), mustahkam (gʻoʻzamoy) konstitutsiyali, yarim doira qovurgʻasimon va yassigul tipli qoʻilar ustida seleksiyanaslchilik ishlari olib borilmoqda. Koʻp yillar davomida olimlar va amaliyotchilar hamkorligida olib borilgan seleksiya-naslchilik ishlari natijasida Oʻzbekistonda qorakoʻl qoʻylarining yuqori irsiy va mahsul-dorlik xususiyatlariga ega boʻlgan 27 zavod tipi yaratilgan. Ular Qorakoʻl qoʻy zotiz.ning qimmatli irsiy genofondi hisoblanadi. Qorakoʻl qoʻy zotiz. boshqa zotlarni yaxshilashda ham foydalaniladi. Ekstremal sharoitli, kam hosilli choʻl yaylovlarida urchitilishi hisobiga zotning koʻpgina biologik va mahsuldorlik xususiyati uzoq yillar davomida tabiiy ravishda muvozanatlashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |