Yopishqoq oʻt (Lappula gilib) — govzabondoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Guli havorang , koʻk, baʼzan oq. Mevasi gʻadirbudur, uchi ilmoqchali oʻsimtalar yoki dagʻal tuklar bilan qoplangan. Yer yuzida 50 ga yaqin turi bor. Shundan 19 tasi Oʻzbekistonda choʻl, adir va togʻ zonalaridagi quruq, ayniqsa qum va shagʻalli yerlarda, yoʻl yoqalarida oʻsadi. Ayrim turlari ekinlar orasida begona oʻt holida uchraydi.[1]

Yopishqoq oʻt
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil