Yuetsin (xit. míi , pinyin Yuèqín — Xitoyning anʼanaviy torli cholgʻu asbobi boʻlib, undan nafaqat mustaqil, balki Pekin operasi va raqs qoʻshiqlariga joʻr asbob sifatida ham foydalanishadi. Shuningdek, ushbu cholgʻu asbobiga nisbatan Oy udi, Oy gitarasi, Xiyot udi nomlari ham qoʻllanadi[1].

Yuetsin

Tarixi

tahrir
 
Yuetsin chalayotgan ayol (Adolfo Farsariy surati, 1886-yil)

Maʼlumotlarga koʻra, yuetsin Sin sulolasi davrida, taxminan 3-5-asrlarda ruan musiqiy asbobi asosida yaratilgan.

Tavsif

tahrir

Yuetsinning umumiy uzunligi odatda 45 santimetrdan 70 santimetrgacha[2], yumshoq navli yogʻochdan (aksariyat holatlarda firmianadan) yasalgan dumaloq, sakkizburchak yoki olti burchakli qopqoq diametri — 30 santimetr atrofida boʻladi. Toʻrtta quloq kalta grifga biriktirilgan boʻlib, qopqoqning boʻyin va yuqori qismida 8 ta dan 12 tagacha parda joylashgan.

Odatda ikki juft tor ipakdan tayyorlangan; ayni vaqtda ularni neylon bilan oʻrab chiqilgan poʻlatdan yasashadi.

Yuetsin mustaqil cholgʻu asbobi sifatida ham, joʻr asbob oʻrnida ham ishlatiladi. Yuetsin Szinghu va Szinerxu bilan bir qatorda Pekin operasidagi uchta asosiy musiqa asbobidan biri deb tan olinadi[3]. Pekin operasi orkestri tarkibida yuetsindan tashqari chertib chalinadigan cholgʻu asboblaridan pipa va sansyan ham boʻlishi mumkin.

Kuy ijro etish davomida yuetsin qiyaroq qilib ushlab turiladi, chap qoʻl udni tutadi va torlarni siqadi, oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻi yoki bambuk, suyak, buqa shoxidan tayyorlanadigan[4]. noxin bilan chalinadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Yueqin“ (en). Encyclopædia Britannica. 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  2. „Юецинь“. Китайский информационный Интернет-центр (2006-yil 23-noyabr). 2016-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
  3. Laikwan Pang, Paul Clark, Tsan-Huang Tsai. Listening to China’s Cultural Revolution: Music, Politics, and Cultural Continuities. Springer, 2016 — 22-bet. ISBN 9781137463579. 
  4. Ван Чуньмей. Специфические черты китайского оперного искусства // Музичне мистецтво і культура : сборник. — Одесса: Друкарський дім, 2011. — Вып. 13.