Yuragim

Dado guruhi ijro etgan ashula

Yuragim“ (toʻliq nomi Yuragim (Happy Birthday)) — „Dado“ oʻzbek dueti ijro etgan qoʻshiq. 2000-yil guruhning „Y?“ deb nomlangan ilk studiyaviy albomining beshinchi singli oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiq pop musiqa janrida boʻlib, 2000-yillarning birinchi yarmida Oʻzbekistonda hamda qoʻshni respublikalarda eng keng ommalashgan xitlar safiga kiradi[2].

„Yuragim“
„Dado“ qoʻshigʻi
„Y?“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2000
Davomiyligi 4:12
Klipi
„Yuragim“ YouTubeda

„Yuragim“ qoʻshigʻi lya-bemol tonalligida kuylangan. Ashulaning bandlari davomida akustik gitara yordamida chalingan riff tinglovchilarga yaxshi tanish. Qoʻshiq asosan oʻzbek tilida kuylangan, ammo ikkinchi naqoratdan keyingi oʻtish ingliz va rus tillarida ijro etilgan.

Qoʻshiqning ikki xil versiyasi mavjud. Eng keng tarqalgan versiya gitarada ijro etilgan kuy bilan boshlanadi. Ikkinchi versiya esa vokal bilan boshlanadi. Shuningdek, bu versiyada ikkinchi naqoratdan keyin ingliz va rus tillarida kuylangan oʻtish hamda yakuniy naqorat shoʻx disko musiqa janrida ijro etilgan.

„Dado“ guruhi 2008-yilda oʻz faoliyatini tugatganidan keyin toʻrt yil oʻtib chiqarilgan, 7-trekdan iborat „Kosmonavti“ (ruscha: Коcмонавты) maksi-singli bilan „Yuragim“ qoʻshigʻining remiksi eʼlon qilingan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-iyul, 2022-yil(2022-07-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.