Dado“ 1999-yil Toshkentda tashkil etilgan, aka-ukalar Alisher Madumarov hamda Rustam Madumarovlardan iborat pop duet.[1] Guruh „Anor“ guruhining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan. Duet Oʻzbekistonda 2000-yillar boshidagi eng katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan guruhlardan biri boʻldi. Koʻp tillarni bilgan guruh aʼzolari tojik, oʻzbek, rus, ingliz, turk, olmon, fransuz, ispan, italyan va boshqa tillarda qoʻshiq yozdi va ijro etdi.

Dado
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1999-2008; 2012
Janr Electronic dance
Pop-rock
Hip-hop
Pop
Leybl PanTerra Studio
Nikitin
WWW Records
GC Records
Sobiq aʼzolar Rustam Madumarov
Alisher Madumarov
Sherzod Madumarov

„Dado“ guruhining ilk studiyaviy albomi „Y?“ 2000-yil chiqdi. 2004-yilda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi — „Лето“ („Yoz“) dunyo yuzini koʻrdi. „Dado“ Oʻzbekistonda va boshqa MDH davlatlarida ham shuhrat qozondi, guruhning „Yuragim“, „Benom“, „Лето“ („Yoz“) va „Chat-Pat“ („Discotheque“) kabi qoʻshiqlari hitga aylandi. Guruhning ayrim kliplari rus MTV kanalida koʻrsatildi.

Guruh 2008-yili oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Bunga qaramasdan, 2012-yil „Космонавты“ („Fazogirlar“) singli eski qoʻshiqlar remikslari bilan eʼlon qilindi. „Dado“ aʼzolaridan biri Rustam Madumarov sobiq prezident Islom Karimovning toʻngʻich qizi Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri boʻlgan.[2] 2014-yilda oʻzbek sudi uni soliq toʻlashdan boʻyin tovlashda hamda millionlab dollar qiymatga ega mulkni oʻgʻirlashda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.[3] Panama hujjatlari Madumarov xorijda koʻp sonli shirkatga ega ekanligini oshkor qildi. Shirkatlar aslida Karimovaga tegishli ekanligi aytildi.[4]

Diskografiyasi tahrir

Filmografiyasi yo'q tahrir

Manbalar tahrir

  1. Moldalieva, Kaiyrgul „Гульнара Каримова с заплывшими от богатства глазами, чья жизнь богата на песни и скандалы“ [Gulnara Karimova's life, who was born with a silver spoon in her mouth, is rich in songs and scandals] (Russian). Gezitter (23-yanvar 2015-yil). 2020-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  2. „Gulnoraning sheriklari: savol va javoblar“ (Uzbek). BBC Uzbek (15-iyul 2015-yil). Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  3. Mirovalev, Mansur. „Uzbekistan: President's daughter and the Panama Papers“. Al Jazeera (12-may 2016-yil). Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  4. Luke Heighton; Edward Malnick. „Fears that 'dirty money' paid for Uzbek dictator's daughter's £17m Mayfair and Belgravia homes“. The Daily Telegraph (2-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 17-may 2020-yil.

Havolalar tahrir