Yuriy Vasilevich Gavrin (17-yanvar 1943-yil, Ziyadin, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR — 2016-yil 12-avgust, Minsk) – belarus rassomi, haykaltarosh.

Yuriy Vasilevich Gavrin

Belarus rassomi Yuriy Vasilevich Gavrin (1943—2016)
Tavalludi 1943-yil 17-yanvar
Ziyadin, Paxtachi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2016-yil 12-avgust
Minsk, Belarusiya
Oqim realizm, syurrealizm

Biografiyasi

tahrir

Gavrin ikkinchi jahon urushi tugagandan soʻng onasi bilan Oʻzbekistondan Vitebsk viloyatining Dubrovno shahriga koʻchib oʻtgan[1]. Yuriy Gavrin 1966-yilda Minsk rassomlik maktabini, 1972-yilda Belarus teatr va rassomlik institutining monumental va dekorativ sanʼat boʻlimini tamomlagan. Gavrin 1965-yildan badiiy koʻrgazmalarda qatnasha boshlagan. 1978-yilda BSSR Rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. U monumental-dekorativ sanʼat sohasida ishlagan. 13 yil davomida A.M.Shirokov nomidagi Zamonaviy bilimlar institutida rasm va chizmachilik fanidan dars bergan, 2011-yildan esa dotsent ilmiy unvonini qoʻlga kiritgan[2].

2003-yildan Dubrovno shahrining faxriy fuqarosi.

Yuriy Gavrinning qizi Lada Stefanovich ham rassomchilik va haykaltaroshlik kasbini egallagan.

Minsk davlat tibbiyot instituti binosi uchun „Tibbiyot“ kartinasi (1966), Vitebskdagi Yakub Kolas nomidagi Belarus teatri uchun vitrajlar (1988), Gomeldagi Prabudbank va Milliy bank binolari (1989), Minskdagi Markaziy kinoteatr (1990), Moskvadagi Rossiya Mudofaa vazirligi binosi (1993) bezaklari Yuriy Gavrin ijodiga mansub.

Rassomning asarlari Belarus milliy sanʼat muzeyi, Zamonaviy tasviriy sanʼat muzeyi, Minskdagi Maksim Bogdanovich nomidagi adabiyot muzeyi va Belarus Rassomlar uyushmasi fondlarida saqlanadi.

Mukofotlari

tahrir
  • „Tasviriy sanʼatdagi xizmatlari uchun“ medali
  • „Belarus madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ koʻkrak nishoni
  • Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining „Belarus Respublikasining madaniy yutuqlarini xorijiy mamlakatlarda targʻib qilishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun“ faxriy yorligʻi.

Koʻrgazmalari

tahrir

1. 2008-yil – „Тэмпера“, rassomning 65 yilligiga bagʻishlangan yubiley koʻrgazmasi, Zamonaviy tasviriy sanʼat muzeyida oʻtkazilgan[3]

2. 2012-yil – „Акно маёй душы“, „La-Sandre art“ galereyasi, Minsk[4]

3. 2013-yil – „Дняпроўскія галасы ў Дуброўне“ 20-qoʻshiq va musiqa festivali doirasidagi shaxsiy koʻrgazma[5]

4. 2017-yil – yodgorlik koʻrgazmasi, Sanʼat saroyi, Minsk.

Fotogalereya

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir