Zähringerbrunnen (Zähringen favvorasi) — Shveytsariyaning Bern shahrining Eski shahar maydonida Kramgassedagi tarixiy favvora. Bu Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyektilaridan biri hisoblanadi[1], shuningdek, Bern shahrining eski shahar hududi YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Zytglogge bilan Zähringer favvorasi.

Tarixi tahrir

Zähringerbrunnen 1535-yilda[2] Bern shahri asoschisi Berchtold fon Zähringerning sharafini ulugʻlash maqsadida bunyod etilgan. Haykalda toʻliq qurollangan ayiq va uning oyoqlari ostida yana boshqa bir ayiq bolasi tasvirlangan. Ayiq, afsonaga koʻra, Berchtold fon Zahringer tomonidan Aare yarim orolida shahar qurish uchun joy qidirayotganda otgan ayiqning ramziy timsolini oʻzida ifoda etadi. Zirhli ayiq oʻzi bilan qalqon va bayroqni olib yuradi, har ikkala ayiq haykalidagi kiyim sher tasviri bilan bezatilgan[3].

Favvora ostidagi suv havzasi 1542-yildan 1889-yilgacha mavjud boʻlgan eski havzaning oʻzgartirilgan yangi varianti hisoblanadi. Shu bilan birga, ustun va rasmlar ham qayta boʻyalgan. Avvalgi suv hovuzi sakkiz burchakli boʻlgan. Uning bir qismida Protege Nos Domine, ikkinchisida Soli Deo Gloria yozuvi bor edi. Yana boshqa bir tomonida rim raqamlari bilan 1542 sanasi, toʻrtinchi tomonida esa XIX asrda mavjud boʻlgan va hozirda yoʻqolib ketgan oʻqib boʻlmaydigan yozuvlar bor edi[2]. Hozirgi havza Pfeiferbrunnen havzasining aniq nusxasi hisoblanadi[4].

Manbalar tahrir

  1. „Kantonsliste A-Objekte:Bern“ (de). KGS Inventar. Federal Office of Civil Protection (2009). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
  2. 2,0 2,1 Hofer, Paul. Die Kunstdenkmäler des Kantons Bern, Band 1: Die Stadt Bern. Basel: Gesellschaft für Schweizerische Kunstgeschichte, 1952 — 284 bet.  (Wayback Machine saytida 2014-05-25 sanasida arxivlangan)
  3. Hofer pg. 286-7
  4. Hofer pg. 285

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 23-sentyabr, 2022-yil(2022-09-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Koordinatalari: 46°56′53″N 7°26′57″E / 46.947923°N 7.449185°E / 46.947923; 7.449185 (Zähringerbrunnen) G O