Zach King
Zachary King (1990-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Los-Anjelesda yashaydigan amerikalik video blogger[2][3]. U oʻzining sehrli qisqa videolari bilan mashhur boʻlib, videolari goʻyoki sehrgarlik qilayotgandek koʻrinadigan qilib tahrirlangan olti soniyali videolardir[4]. U oʻz videolarini „raqamli qoʻl chaqqonligi“ deb ataydi[5]. U 2008–yilda youtubeda video joylashtira boshladi va 2013–yilda Vine platformasiga ham video joylashtira boshlagan. King oʻzining birinchi videosini 2016-yilda TikTokga joylashtirgan va shundan beri 90 milliondan ortiq obunachilarni oʻziga jalb etib, platformadagi eng koʻp kuzatiladigan oltinchi shaxsga aylangan[6].
Zach King | |
---|---|
Tavalludi |
Zachary King 4-fevral 1990-yil[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Biola University |
Millati | Amerikalik |
Turmush oʻrtogʻi | Rachel Holm (2014) |
Bolalari | 2ta |
Veb-sayti | zachkingmagic.com |
King 2010–yilda Hewlett-Packard tijoriy tanlovida gʻolib chiqdi va London kinofestivaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[7]. 2013-yilda u YouTubening NextUp Creators tanlovida gʻolib chiqdi[8]. 2015–yilda King va uning rafiqasi Reychel Xolm Amerikaning The Amazing Race realiti-shousining 28-mavsumida ishtirok etishdi. Ular musobaqaning toʻqqizinchi bosqichida umumjamoa hisobida oltinchi oʻrinni egalladilar[9].
Yoshligi va taʼlimi
tahrirKing Oregon shtatining Portlend shahrida tugʻilib oʻsgan[10]. U ota tomondan yarim xitoylik, chorak avstriyalik va onasi tomondan chorak nikaragualik[11][12]. Kingning onasi uni va uning uchta singlisini, jumladan, bir asrab olingan singlisini uyda oʻqitgan, otasi esa uyda ishlagan[13].Yetti yoshida King uy videokamerasidan foydalangan holda birinchi filmini suratga oldi[14]. Oʻn toʻrt yoshida u Mac kompyuteri, kameralar shuningdek, tripod kabi video jihozlarni sotib oldi va videolarni tayyorlash va tahrirlashni boshladi[7]. U 2012-yil dekabr oyida Biola universitetini kino va media sanʼati yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan[15].
Karyerasi
tahrirKing oʻzining FinalCutKing.com veb-saytini 2008–yilda Final Cut Pro tahrirlash dasturidan foydalanish boʻyicha darslar oʻtish va maslahatlar berish uchun ochgan[16], chunki u Internetda dasturiy taʼminot boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarini topa olmagan[17]. Shu bilan birga, u dasturiy taʼminotdan foydalangan holda vizual effektlar boʻyicha darsliklar berish uchun oʻzining YouTube kanalidan foydalanishni boshladi[18]. Oʻz veb-saytida auditoriyaga ega boʻlgach, u oʻquv darsliklarini sotishni boshladi va pulni kollejiga toʻlash uchun ishlatdi[7]. U 2012-yilda Syfyda namoyish etilgan Viral Video Showdown epizodida ishtirok etdi[19]. 2019-yil dekabr oyida King oʻzining supurgi ustida uchayotgani aks etgan videosi bilan internetni lol qoldirdi. Video 4 kun ichida TikTokda 2,1 milliard martadan ortiq koʻrilgan[20].
Youtube
tahrir2011-yilda u kollejdagi doʻsti bilan suratga olgan Jedi Kittens nomli videoni YouTubega joylashtirdi. Videoda ikki mushukning chiroqlar bilan urishayotgani aks etgan[21]. Video uch kun ichida milliondan ortiq koʻrildi[15] va umumiy hisobda 18 milliondan ortiq koʻrildi[3]. Strike Back Jedi Kittens nomli videoning davomi 27 milliondan ortiq koʻrildi[22]. Videoning uchinchi qismi Jedi Kittens – The Force Awakens 2013–yilda yuklangan boʻlib, u 28 milliondan ortiq koʻrildi. Kingning rasmiy YouTube kanali Zach King deb nomlangan.
U 2013-yilning may oyida YouTube tomonidan Amerikadagi eng istiqbolli 25 yosh rejissyorlardan biri deb topildi. YouTube oʻzining Next Up Creators contest tanlovi doirasida Kingni 35 000 dollar hamda Nyu-York shahriga toʻrt kunlik YouTube ijodkorlar lageriga sayohati bilan taqdirladi. Uning tanlovga taqdim etgan videosi Contest Entry Gone Wrong nomlangan[8].
Vine
tahrirKing koʻplab doʻstlarining Vineda akkaunti borligini koʻrgach, 2013-yil 9-sentyabrda oʻz akkauntini yaratdi. Vineda hisob yaratgandan soʻng, u keyingi oʻttiz kun davomida har kuni bitta vine yaratishga qaror qildi. Oʻzining birinchi bir nechta vinelari muvaffaqiyatidan soʻng, u yangi vinelarni yaratish va joylashtirishni davom ettirishga qaror qildi[23].
U 2014-yil 29-yanvarda The Ellen DeGeneres shousida paydo boʻldi va shou jamoasi bilan bir nechta vine yaratdi[23]. King avvalroq pul topish uchun vine videolarini yaratgan va garajida ishlagan[24]. The Independent nashriga bergan intervyusida u kelajakda badiiy filmlar, eng yaxshisi jangovar-sarguzasht filmlariga rejissyorlik qilishni xohlashini aytdi[3].
King oʻzining vinelari sababli koʻplab ommaviy axborot vositalariga taklif qilingan[25][26]. Chez Pazienza King haqida „bu yigitning videolari sof sehrdir (yoki hech bo'lmaganda juda aqlli tahrirning ishi.)“ deya taʼrif bergan[27]. Mashable internet saytida Laura Vitto shunday yozgan: Vine yulduzi va kinorejissyor Zach King anʻanaviy ma'noda, sehrgarlik qilmasligi mumkin lekin uning olti soniyali tajribali tahrirlangan videolari Devid Bleynni ham armonda qoldiradi[28].
Intervyuda Zach „Vine tayyorlash odatda 3-4 soatlik suratga olish bilan birga umumiy hisobda 24 soatdan koʻproq vaqtni oladi“, deydi.
Tik tok
tahrirKing oʻzining birinchi videosini 2016-yilning 28-fevralida „Need help posting bail, oh wait nevermind“ sarlavhasi ostida ilgari Musical.ly nomi bilan tanilgan TikTokga joylashtirdi. 2021-yil noyabr holatiga koʻra, u platformada 66,3 milliondan ortiq obunachiga ega boʻlib, TikTokdagi eng koʻp kuzatiladigan uchinchi foydalanuvchiga aylandi[6][29].
Zach King shuningdek, eng koʻp koʻrilgan TikTok videosini 2019-yil 9-dekabrda joylashtirdi. Videoda uning supurgi minib ketayotgani tasvirlangan va u yerda u aslida koʻzgu ishlatganini koʻrsatadi. Videoning tagida „Ular mening Xogvartsga arizamni rad etishdi, lekin baribir sehrgar boʻlish yoʻlini topdim“. Video 2 milliard marta koʻrilgan[6].
Diniy va shaxsiy hayoti
tahrirKing yetti yoshga toʻlganida, uning oilasi nasroniylikni qabul qildi, uning aytishicha, bu uning hayotida sodir boʻlgan „eng buyuk voqealardan“ biri[13]. U oʻzini dindor nasroniy deb hisoblaydi, masalan, har kuni ertalab uygʻonganida Bibliyaning ayrim qismlarini oʻqishga harakat qiladi[30]. U oʻz eʼtiqodi mamnuniyat bilan tilga oladi[31][32], hatto dinini oʻz videolarida ham koʻrsatadi[33]. King Protestant universiteti boʻlgan Biola universitetida oʻqigan[31] va turli xristian lagerlarida yoshlar guruhlariga rahbarlik qilgan[34].
King oʻzining qiz doʻsti Reychel Xolmga bir brand uchun video reklama yaratmoqchi boʻlgandek, turmush qurishni taklif qildi[30]. Ular 2014–yilda turmush qurishdi[35]. 2016-yilda ular birgalikda The Amazing Race 28 musobaqasida qatnashib, 6-oʻrinni egalladi. 2017–yil holatiga koʻra, ular Kaliforniyaning Orange okrugidagi Rossmoorda yashashadi. Kingning ham, uning rafiqasining ham asrab olingan aka-ukalari bor, bu esa keyinchalik uni asrab olish va homiylik boʻyicha ish boshqaruvchisi sifatida ishlashga ilhomlantirdi[32]. Er-xotin bir necha farzandni asrab olishdi, shuningdek, asrab olingan va biologik oʻgʻili bor[36][37][38][39].
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Direktor | Rol | Qoʻshimcha |
---|---|---|---|---|
2016 | Zootopia[40] | Yoʻq | Muzzled Wolf | Faqat ovoz |
2018 | Magic Duel: Jack Black vs Zach King | Ha | Zach King | Qisqa film |
A Magician Home Alone[41] | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor | |
2019 | Viking Academy | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor |
Zach King's the Magical Night Before Christmas | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor | |
Stranded on Treasure Island[42] | Yoʻq | Zach King | Qisqa film | |
2020 | Zach King's Day Off[43] | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor |
2021 | The Time Traveling Sheriff[44] | Yoʻq | Zach King | Qisqa film |
2022 | First to the Gate[45] | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor |
Stranded Part 2[42] | Yoʻq | Zach King | Qisqa film |
Yil | Nomi | Rol | Qoʻshimcha |
---|---|---|---|
2021 | Nickelodeon's Unfiltered | Zach King | Epizod: "This DJ is Bananas!" |
Dave | Zach King | Epizod: "Somebody Date me" |
Mukofot va unvonlar
tahrir- 2009 – HP reklamasi uchun kinofestivalda birinchi oʻrin[46]
- 2009 – Bridgestone Tyres xavfsizlik boʻyicha olimlar oʻrtasidagi oʻsmir haydovchilar video tanlovida tanqidchining tanlovi mukofoti.[7]
- 2010 – London kinofestivalida birinchi o'rin: Heartbrand Ad[47]
- 2010 – Bridgestone Safety Scholar gʻolibi[48]
- 2012 – Vidcon Golden Poop mukofoti[49]
- 2013 – YouTubening NextUp Creators tanlovi
- 2016 – Eng zoʻr vayn artisti uchun Shorty Award
Manbalar
tahrir- ↑ King, Zach [@zachking]. „Turned 21 today! Now what?“ (2011-yil 4-fevral). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Zach King Proves Again That He Is The Best“ (en). Gentside (2019-yil 12-noyabr). 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 James Vincent.. „Zach King of Vine: 6-second tricks and illusions show the magic of 'digital sleight of hand'“ (2014-yil 15-yanvar). 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Zach King, El Mago de Vine, Explica Sus Trucos kVirales“. CNN Español (2014-yil 23-yanvar). 2014-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Zach King's Magic Vine Compilation: Surfer Stephen's Viral Video Of The Day“. CBS Local. 2014-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Zach King“. 2021-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Brett McCracken.. „Student Filmmaker Wins YouTube Contest“. Biola Magazine (fall 2011). 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 Chmielewski, Dawn C.. „YouTube awards cash, schooling to budding videographers“ (2011-yil 1-may). 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Water challenge sinks McHenry woman, husband on 'The Amazing Race'“. Chicago Tribune. 2017-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
- ↑ Harbarger, Molly. „West Linn man shows gingerbread men's appetite for destruction in slow motion Christmas video“ (2013-yil 24-dekabr). 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ Zach King [@finalcutking]. „@MsShoot i'm 1/2 chinese, 1/4 austrian and 1/4 Nicaraguan.“ (2013-yil 15-noyabr). 2017-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-mart.
- ↑ „Draw My Life-Zach King“. YouTube (2013-yil 23-aprel). 2020-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-aprel.
- ↑ 13,0 13,1 DRAW MY LIFE – Zach King (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
- ↑ „La impresionante magia de los vídeos de Zach King“. Teinteresa. 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
- ↑ 15,0 15,1 Cassandra Gonzales. „Zach King becomes YouTube sensation with "Jedi Kittens" video“. The Biola University Chimes (2011-yil 12-oktyabr). 2017-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Zach King e creatorul de virale: îţi arată cum să tai un măr cu o carte de joc sau să scoţi o pisică dintr-un ecran“. adevarul. 2014-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
- ↑ „Vine Wizard: Watch This Amazing Mashup of Zach King's Craziest Vine Magic Tricks“. Complex. 2014-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
- ↑ „Zach King Brings Visual Effects To Vine“. Social Daily News (2013-yil 18-noyabr). 2017-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
- ↑ „Final Cut King/Zach King“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
- ↑ „Magician flies with a broomstick like Harry Potter; Watch viral video“. Orissa Post (2019-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ „YouTube Filmmakers stop in Oceanside“. The Coast News. 2014-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
- ↑ Trevor Mogg. „Vine Star Dazzles Users With Awesome Six-Second Video Tricks“. Digital Trends (2014-yil 20-yanvar). 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ 23,0 23,1 „Top Viner Zach King“. Ellen TV. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-fevral.
- ↑ Lance Ulanoff. „Vine at One: A Creative Tool That's Changing Lives“. Mashable (2014-yil 24-yanvar). 2015-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Zach King's Magic Vines Will Blow Your Mind“. CBC (2014-yil 15-yanvar). 2015-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ Gray, Richard. „Is It Possible to Jump Through Walls?“ (2014-yil 20-yanvar). 2015-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „WATCH: Zach King's Vines are Seven-and-a-Half Minutes of Magic“. Daily Banter (2014-yil 14-yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ Laura Vitto. „Vine Magician Needs Only 6 Seconds to Melt Your Brain“. Mashable (2014-yil 14-yanvar). 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „The 20 Most Followed Accounts on TikTok“. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.
- ↑ 30,0 30,1 Fatherhood – How I Became A Dad (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
- ↑ 31,0 31,1 Vine Expert Zach King shares his Talents and his Faith (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
- ↑ 32,0 32,1 Welcome to the King Family – Our Adoption Story (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
- ↑ Sleeping in Church – Zach King Magic (inglizcha), qaraldi: 2021-11-06
- ↑ „Interview: Internet legend and devout Christian, Zach King!“ (en-US). Busted Halo. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
- ↑ „Zach King Biography, Net Worth, Wife, TikTok, and Magics“. 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
- ↑ Zach King [@finalcutking]. „We are having a baby!!!! Excited to be a family of four!!!“ (2018-yil 15-yanvar). 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
- ↑ Magic Tricks to Impress your Dad on Fathers Day [Video]. United States: YouTube. 1:40. „My wife and I are having a baby in three weeks.“
- ↑ „We are having a baby!! Can you guess the name and gender?“. 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-noyabr.
- ↑ „Meet my second son! So proud of my wife @rachelmking for being the best momma in the world!“. 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-noyabr.
- ↑ Villarreal, Yvonne; Miller, Daniel „Social media stars are helping Hollywood reach younger audiences, for a price“. Los Angeles Times (2016-yil 4-oktyabr). 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
- ↑ „The Best Videos of Zach King - Social Nation“ (en-US) (2021-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ 42,0 42,1 „Zach King's 'Stranded 2' Shoots and Finishes with Blackmagic Design“ (en-US). Streaming Media Magazine (2022-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ Karlston, Marmaduke „Down the Tubes: Zach King's Magical Day Off – A Ferris Bueller Parody“ (en-US). ScreenAge Wasteland (2020-yil 4-aprel). Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ „The Time Traveling Sheriff – Zach King Western Short Film“ (en-US). The New York Folk (2021-yil 2-oktyabr). 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ Uzoezie, Chidozie „Turkish Airlines Launches New Short-Film with Zach King“ (en). the-afritraveller (2022-yil 10-fevral). Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ „Film Students Win Ad Contest Featuring HP Products“. Biola News. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „London Film Festival 2010 : Video Contest“. Mofilm. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ „Bridgestone Americas Launches Fifth Annual Safety Scholars Video Contest“. Bridgestone (2011-yil 4-aprel). 2014-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
- ↑ Zachary Pincus-Roth.. „10 Bizarre Things We Saw at Vidcon, YouTube's Annual Convention“. LA Weekly (2012-yil 3-iyul). 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
Havolalar
tahrirVikiomborda Zach King haqida turkum mavjud |