Zafar Diyor
(Zafar diyordan yoʻnaltirildi)
Zafar diyor (1912-yil, Chust tumani – 14-aprel 1946-yil, Toshkent) – oʻzbek bolalar shoiri. Toshkent pedagog institutida oʻqigan (1938—1941). „Lenin uchquni“ (1936—41), „Qizil Oʻzbekiston“ (1941—46) gazetalarida adabiy xodim va masʼul kotib.
„Chaman“ (sheʼr, ertak va dostonlar, 1948) kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun. Zafar Diyor oʻzbek bolalar adabiyotida doston janrini boshlab bergan shoirlardan biri hisoblanadi („Mashinist“, „Kazbek“ va boshqalar). Bundan tashqari, bolalar dramaturgi hamdir. Uning „Baxtli yoshlik“, „Uch ogʻayni“ pyesalarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik ulugʻlanadi.
Sheʼriy toʻplamlari
tahrir- „Qoʻshiqlar“ (1933)
- „Tantana“ (1938)
- „Sheʼrlar“ (1939)
- „Muborak“ (1940)
- „Sovgʻa“ (1944)
- „Suv bilan suxbat“ (1976)
- „Bizning qurolimiz“ (1941)
- „Bizning oila“ (1942)
Adabiyot
tahrir- Vladimirova N. V., Zafar Diyor [Tanqidiy biografik ocherk], T., 1954; Oʻzbek bolalar adabiyoti tarixi ocherki, T., 1978; Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |