Zamonbek Shayxalibekov

davlat arbobi, diplomat, tarjimon, statskiy sovetnik

Zamonbek Shayxalibekov (ozarbayjoncha: Zaman bəy Şeyxəli bəy oğlu Şeyxəlibəyov, 1838-yil 7-noyabr, Nuxa (Shaki), Shaki viloyati — 1904-yil 6-may, Toshkent, Turkiston general-gubernatorligi) — davlat arbobi, diplomat, tarjimon, davlat maslahatchisi (ruscha: статский советник, Chor Rossiyasidagi 5-darajali martaba)[1][2]. 1877—1900-yillari Turkiston general-gubernatorligi kanselyariya (devonxona) sida tarjimon boʻlib ishlagan. Oʻzbek va qozoq tillarida nashr etilgan "Turkiston viloyatining gazeti"ning adabiyot boʻlimi faoli[3].

Zamonbek Shayxalibekov
ozarbayjoncha: Zaman bəy Şeyxəli bəy oğlu Şeyxəlibəyov
Tavalludi 7-noyabr 1838-yil
Nuxa
Vafoti 6-may 1904-yil(1904-05-06)
(65 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Kasbi tarjimon, diplomat, siyosatchi
Faoliyat yillari 1860—1900
Bolalari Isobek
Hojiogʻabek
Ibrohimbek
Mukofotlari

1870-yillardan Shayxalibekov Muhammad Yoqubbek Badavlatxonning eng yaqin kishisiga aylanib, Yettishahar uygʻur davlatida katta siyosiy taʼsirga ega boʻladi. Rus sayyohi Nikolay Prjevalskiy oʻzining kundaligida Shayxalibekov haqida alohida toʻxtalib, uning yordamisiz sayohatlarini amalga oshira olmagan, hattoki tirik qolmagan boʻlishi mumkinligi keltirib oʻtadi[4][5].

Tarjimayi holi

tahrir
 
Chapdan: Samarqand viloyati qozikaloni Sayyid Muhammad Isoxonxoʻja, Ostonaqulbiy devonbegi, Buxoro amiri Аbdulahadxon, taxt vorisi Said Olimxon, polkovnik Kuznetsov, imperiya davlat maslahatchisi Zamonbek Shayxalibekov. Orqada chapdan: polkovnik Galkin, amirning yordamchisi Mir Soliboy (Rossiya davlat tarixi arxivi, 1896-yil)[6].

Zamonbek Shayxalibekov 1838-yil 7-noyabrda Nuxa (Shaki) shahrida tavallud topgan[7][8]. 1860—1867-yillari Nuxa uyezdi sudi kotibi[9][10][11][12][13][14], 1868—1872-yillarda Yelizavetpol guberniyasi davlat sudining Nuxa boʻlimida sud pristavi (sud ijrochisi) lavozimida ishlagan[15][16]

[17][18]. Soʻngra oʻsha davrda koʻpgina kavkazliklar qatori Turkiyaga ketadi. Rus hukumatining repressiyalari xavfi tufayli birodarlari bilan birgalikda yurtiga qaytmay, Istanbulda qolgan.

1870-yillari Qoʻqon xonligining sharqida Yettishahar uygʻur davlati vujudga keladi, davlatning hukmdori Muhammad Yoqubbek Badavlatxon mamlakatda islohotlar oʻtkazish maqsadida Turkiya sultoniga ziyoli musulmonlarni joʻnatishni soʻrab, noma yuboradi. Natijada sulton Muhammad Yoqubbek iltimosini qondirib, Shayxalibekov va boshqa bir qancha kishilarni Koshgʻarga joʻnatgan.

1876-yilda Turkiston general-gubernatori Kaufman Rossiya imperiyasi Bosh shtabi kapitani Kuropatkin vositachiligida Yoqubbek bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi. Kuropatkin Koshgʻarda boʻlgan paytida Shayxalibekov koʻp yordam koʻrsatadi. Shuningdek, shu yili Prjevalskiy Gʻuljadan Ili daryosiga ikkinchi sayohatini amalga oshiradi. Koshgʻarda boʻlgan paytida Shayxalibekov unga katta yordam koʻrsatgan. Bu haqidagi maʼlumotlarni Prjevalskiy oʻzining kundaligida yozib qoldirgan[4][5].

 
Buxoro amiri Said Abdulahadxon rus ofitserlari bilan. Suratda oʻngdan birinchi Zamonbek Shayxalibekov[6].

1877-yilda Yoqubbek vafotidan keyin Shayxalibekov Toshkentga keladi va Kaufmanning iltimosiga binoan Kuropatkinga koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan rus podshosi Shayxalibekovni afv etib, Turkiston general-gubernatorligi maʼmuriyatida xizamt qilishga ruxsat beradi[19].

1877—1878-yillarda Shayxalibekov Rossiya tomonidan joʻnatilgan general-mayor Nikolay Stoletov boshchiligidagi elchilik missiyasi tarkibida Afgʻonistonga borgan.

1897-yilda Tunis hukumati tomonidan „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan[20].

1900-yil 18-noyabrda oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqadi. 1904-yil 6-may kuni Toshkentda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Visochayshiye prikazi, tekstovaya versiya, 1900, noyabr“ (rus tilida). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  2. „Slujashiye (chinovniki) Semirechenskoy oblasti“ (rus tilida). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  3. B. S. Asanova. „Qazaqstan bibliografiyasinin damuindagʻi merzimdi basilimdardin roli“ (qozoq tilida) (pdf) 10-sahifa. Kazakh national pedagogical university after Abai (2018). 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  4. 4,0 4,1 Nikolay Prjevalskiy — Puteshestviya. Ot Kuldji za Tyan-Shan i na Lobnor. Iz Zaysana cherez Xami v Tibet, s. 33
  5. 5,0 5,1 Nikolay Prjevalskiy — Puteshestviya. Ot Kuldji za Tyan-Shan i na Lobnor. Iz Zaysana cherez Xami v Tibet, s. 37
  6. 6,0 6,1 „Zoloto i sablya emira Buxari“ (rus tilida). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  7. Tahirzadə, Ədalət Şərif oğlu. Sultan Abdulaziz'in Doğu Türkistan-Kaşğar Hanliği'na gönderdigi subay (turk tilida). Türkçe Tarih №2 (2016-yil dekabr).
  8. Ismoil Gaspirali. „Turkiston sayohatlari“. Jahon adabiyoti jurnali №10 (2011). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  9. „Kavkazskiy kalendar na 1862 god“ (rus tilida) 347-sahifa. Tiflis (1861). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  10. „Kavkazskiy kalendar na 1861 god“ (rus tilida) 21-sahifa. Tiflis (kavkazskiy kalendar na 1861 god). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  11. „Kavkazskiy kalendar na 1864 god“ (rus tilida) 319-sahifa. Tiflis (1863). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  12. „Kavkazskiy kalendar na 1865 god“ (rus tilida) 24-sahifa (1864). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  13. „Kavkazskiy kalendar na 1866 god“ (rus tilida) 27-sahifa. Tiflis (1865). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  14. „Kavkazskiy kalendar na 1867 god“ (rus tilida) 29-sahifa (1866). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  15. „Kavkazskiy kalendar na 1869 god“ (rus tilida) 36-sahifa. Tiflis (1868). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  16. „Kavkazskiy kalendar na 1870 god“ (Rus tilida) 40-sahifa. Tiflis (1869). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  17. „Kavkazskiy kalendar na 1872 god“ (rus tilida) 51-sahifa. Tiflis (1871). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  18. „Kavkazskiy kalendar na 1873 god“ (rus tilida) 52-sahifa. Tiflis (1872). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  19. G.Fyodorov. „Moya slujba v Turkestanskom kraye (1870—1910). Chast dvadtsat pervaya“ (rus tilida). 2022-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  20. Zaynabidin Аbdirashidov. „Аnnotirovannaya bibliografiya turkestanskix materialov v gazete «Tarjumān» (1883 – 1917)“ (rus tilida) (pdf) 105-sahifa (2011). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir

Zaman bəy Şeyxəlibəyov (Şəki Ensiklopediyası) (ozarbayjon tilida)