Zardob kasalligi — davolash yoki maxsus —seroprofilaktika maqsadida odam organizmiga begona oqsil (hayvonlarning immun zardoblari) yuborilganda roʻy beradigan allergik reaksiya. Ilgari tegishli zardob (mas, qoqshol yoki difteriyaga qarshi zardob) qabul qilmagan kishilarda ushbu zardoblardan biri yuborilgandan keyin, odatda, 8—12 kun oʻtgach, baʼzan esa bir necha daqiqadan soʻng Z.k.ning belgilari paydo boʻladi. Avval ukol qilingan joy va uning atrofiga, keyin butun badanga eshakemga oʻxshash toshma toshadi, qichishadi, bemor isitmalaydi, ukol oʻrni atrofidagi, soʻngra boshqa limfa tugunlari kattalashadi, boʻgʻimlar, bosh va yurak sohasida ogʻriq paydo boʻladi, baʼzan bosh miya shikastlanishiga xos oʻzgarishlar (kollaps, hushsizlik, tirishish va b.), buyrak va b. aʼzolar funksiyalarining buzilish holatlari kuzatiladi. Kasallik bir lahzada oʻtib ketishi yoki botbot qoʻzib turishi mumkin. Bemorda paydo boʻlgan oʻzgarishlarga qarab kalsiy preparatlari, ogʻir hollarda esa kortikosteroidlar va b. buyuriladi (yana q. Seroterapiya). Bemor oʻz vaqtida shifokorga koʻrinib, kerakli doridarmonlarni qabul qilsa, tuzalib ketadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil