Zarivor koʻli
Zarivor (Zaribor) koʻli — Eron mamlakati Kurdiston ustonidagi koʻl. U dunyodagi eng oʻziga xos chuchuk suvli koʻllardan biridir. Koʻl suv tubidagi buloqlar yordamida suv bilan taʼminlanadi. Shu sababdan ham, geografiya fanida Zarivor koʻli dunyodagi eng katta chuchuk suv bulogʻi deb ataladi. Koʻlga hech qanday daryo kelib qoʻshilmaydi, aksincha, Zarivor koʻli Marivon daryosining boshlanishi deb hisoblanadi. Koʻl suvining rangi yashil boʻlib, baʼzida jigarrang tus oladi. Qish faslida suv yuzasi butunlay muz bilan qoplanadi. Koʻl atrofi qamishzorlardan iborat. Koʻl suvi chuchuk boʻlgani bois koʻlda turli xildagi baliqlar yashashi va koʻpayishi uchun qulay imkoniyat mavjud. Bundan tashqari, koʻl atrofida, oʻrdak, gʻoz, pelikan, flamingo qushlari kun kechiradi. Koʻlning uzunligi 6 km., eni 1700-3000 m. boʻlib, 800 gektar maydonni egallagan [1].
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 187-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.