Zayed Sports City stadioni
Zayed Sports City stadioni (arabcha: ستاد مدينة زايد الرياضية) — Birlashgan Arab Amirliklari, Abu-Dabidagi Zayed Sports Siti shahrida joylashgan stadion.
Joyi | Saif Ghobash Street, Zayed Sports City, Abu Dabi, BAA |
---|---|
Koordinatalari | 24°24′58″N 54°27′13″E / 24.41611°N 54.45361°E |
Qachon ochilgan | 1980 |
Qachon taʼmirlangan | 2009 |
Qachon kengaytirilgan | 2017 |
Egasi | Mubadala Development Company |
Operator | Abu Dhabi Entertainment Company |
Inshoot narxi | AED 550 Million |
Meʼmor | Henri Colboc, Pierre Dalidet, George Philippe |
Bosh pudratchi | Consolidated Contractors Company |
Hajmi | 43,206[1] |
Maydon egalari | |
BAA terma jamoasi (1980–hozirgacha) |
BAAdagi eng katta stadion boʻlib sigʻimi 45 000 tashkil etadi [2]. Stadion BAAning 200 AED banknotida tasvirlangan.
Stadion 1979-yilda ochilgan[3] va 2009-yilda taʼmirlangan.
Stadion 1996-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilgan, shu jumladan final bahsida Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni uchrashuvi boʻlib oʻtgan va yakunda Birlashgan Arab Amirliklari penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan. Stadion shuningdek, 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 18-Arab koʻrfazi kubogiga mezbonlik qilgan. 2009 va 2010-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatlarining yarim final va final oʻyinlari ham ushbu stadionda boʻlib oʻtgan. Stadion yana 2017 va 2018- yillarda klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan[4]. Shuningdek , 2019-yilgi Osiyo Kubogi ham boʻlib ushbu stadionda boʻlib oʻtdi. Unda ochilish va final oʻyinlari oʻtkazildi.
Tarixi
tahrirRivojlanishi
tahrirBirlashgan Arab Amirliklarining o‘sha paytdagi prezidenti Shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayonning xohishi bilan 1974-yilda Abu-Dabida yuqori xalqaro standartlarga ega keng qamrovli sport majmuasini qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Stadionning tashqi dizayni maydon logotipida hamda 200 AED banknotida aks ettirilgan.
Taʼmirlash ishlari
tahrirYillar davomida stadion xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun sezilarli darajada taʼmirlandi. Mehmondoʻstlik zonalari, jumladan Royal Box ichki va tashqi koʻrinishi, VIP oʻrindiqlar va media oʻrindiqlari yillar davomida qoʻshib borildi. 2003-yilda ikkala oxirgi zonada ikkita skorbord qoʻshildi. Taʼmirlash ishlari sababli stadion sigʻimi 43.791 ga tushdi.
2019-yilgi Osiyo kubogi
tahrirZayed Sports City Stadium 2019-yilgi Osiyo Kubogining sakkizta oʻyiniga mezbonlik qildi jumladan ochilish oʻyini, 1/8 final va chorak final oʻyinlari hamda final.
Sana | Vaqt | 1-sonli jamoa | Res. | Mezbon jamoa | Bosqich | Tashrif |
---|---|---|---|---|---|---|
2019-yil 5-yanvar | 20:00 | Birlashgan Arab Amirliklari | 1-1 | Bahrayn | A guruhi | 33 878 |
2019-yil 8-yanvar | 17:30 | Iroq | 3-2 | Vyetnam | D guruhi | 4,779 |
2019-yil 10-yanvar | 20:00 | Hindiston | 0-2 | Birlashgan Arab Amirliklari | A guruhi | 43 206 |
2019-yil 13-yanvar | 17:30 | Ummon | 0-1 | Yaponiya | F guruhi | 12,110 |
2019-yil 17-yanvar | 20:00 | Saudiya Arabistoni | 0-2 | Qatar | E guruhi | 16 067 |
2019-yil 21-yanvar | 21:00 | Birlashgan Arab Amirliklari | 3-2 (aet) | Qirgʻiziston | 16-tur | 17 784 |
2019-yil 25-yanvar | 17:00 | Janubiy Koreya | 0-1 | Qatar | Chorak final | 13 791 |
2019-yil 1-fevral | 18:00 | Yaponiya | 1-3 | Qatar | Final | 36 776 |
Tadbirlar
tahrirZayed Sports City Stadium oʻz tarixida yuzlab katta va kichik tadbirlarga mezbonlik qilgan. Ulardan baʼzilari nafaqat stadion, balki Abu-Dabi, BAA va GCC tarixida ham iz qoldirgan.
- 1980-yil — Doʻstlik futbol turniri
- 1981-yil — Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi
- 1982-yil — 6-Arab koʻrfazi kubogi
- 1983-yil — Saudiya va Quvayt harbiy futbol uchrashuvi
- 1984-yil — Futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlari saralash oʻyinlari
- 1984-yil — Xalqaro atletika uchrashuvi (shu jumladan Italiya terma jamoasi)
- 1985-yil — Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati
- 1986-yil — Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi 2-Osiyo chempionati
- 1988-yil — Osiyo Kubogi saralash oʻyinlari
- 1989-yil — Amerika Rodeo festivali (BAA 18-milliy kuni munosabati bilan)
- 1991-yil — Abu Dabi politsiya boshqarmasi futbol turniri
- 1994-yil — 12-arab koʻrfazi kubogi
- 1996-yil — Osiyo kubogi
- 1998-yil — Arab ritsarlari festivalining yopilish marosimlari
- 1999-yil — FIQ boʻyicha 14-jahon bouling chempionatining ochilish marosimi
- 2003-yil — FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati
- 2007-yil — 18-Arab koʻrfazi kubogi
- 2008-yil — Jorj Maykl va Alisiya Keys kontserti
- 2009-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati
- 2010-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati
- 2011-yil — BAAning 40-milliy kunining rasmiy marosimi [5]
- 2013-yil — Monster Jam [6]
- 2014-yil— Nitro Circus Live [7]
- 2017-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati
- 2018-yil — FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati
- 2019-yil — Osiyo kubogi
- 2019-yil — Butunjahon yozgi maxsus Olimpiya oʻyinlari
- 2019-yil — BAA Milliy kunini nishonlash
Manbalar
tahrir- ↑ „2019 AFC Asian Cup Welcome Guide“. Asian Football Confederation. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „2019 AFC Asian Cup Welcome Guide“. Asian Football Confederation. Retrieved 11 January 2019.
- ↑ „#360business: Zayed Sports City integral in UAE sporting development“. sport360.com. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
- ↑ „UAE to host Fifa Club World Cup in 2017 and 2018 | The National“. www.thenational.ae (2015-yil 20-mart). Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
- ↑ „ZSC Events Brochure“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
- ↑ „THE OFFICIAL WEBSITE OF MONSTER JAM - Inaugural Abu Dhabi Tour Stop Kicks off 2013 Monster Jam International Schedule“. www.monsterjam.com. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Nitro Circus Live show offers extreme action in Abu Dhabi“. sport360.com. Qaraldi: 2015-yil 18-oktyabr.