Zelenoglazoye taksi“ (ruscha: Зеленоглазое такси, yaʼni „Yashli koʻzli taksi“) — rus bastakori Oleg Kvasha hamda shoiri Valeriy Panfilov 1987-yil yozgan qoʻshiq. Rus qoʻshiqchisi Mixail Boyarskiy kuylaganidan keyin keng tanilgan. Qoʻshiq nomiga sovet davrida taksilarda mashinaning ichki tomonidan oʻrnatilgan yashil chiroq asos boʻlgan. Yashil chiroq taksi boʻsh ekanini anglatgan.

„Zelenoglazoye taksi“
Oleg Kvasha qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1988
Yozib olingan 1987
Janr yangi toʻlqin
Davomiyligi 05:26
Leybl Melodiya
Matn muallif(lar)i Veleriy Panfilov
Bastakor(lar) Oleg Kvasha
Klipi
„Zelenoglazoye taksi“ YouTubeda

Boshida qoʻshiqni Kvashaning oʻzi kuylagan. 1988-yil „Melodiya“ firmasi har bir estrada yulduzi Kvashaning ikki qoʻshigʻini kuylagan diskni chiqarishga qaror qilgan. „Zelenoglazoye taksi“ ashulasini disk uchun Mixail Boyarskiy ijro etgan[1]. Boyarskiy versiyasi Rossiyada va sobiq sovet mamlakatlarida shuhrat qozongan. Qoʻshiq Alla Pugachyovaga ham xush kelgan, ammo unga „Krisolov“ hamda „Kajdiy vozmyot svoyo“ qoʻshiqlari allaqachon tayinlangan boʻlgani uchun „Zelenoglazoye taksi“ qoʻshigʻi berilmagan.

SSSR Davlat teleradiosi markaziy televideniyesi Boyarskiy ijro etgan „Zelenoglazoye taksi“ qoʻshigʻini „juda hazin, ifodasiz, uyquni keltiradigan“ (ruscha: «очень заунывная, невыразительная, вгоняющая в сон») deya taʼriflab, Boyarskiyga bu ashula bilan „Pesnya-88“ butunittifoq qoʻshiq tanlovida ishtirok etishga ruxsat bermagan[2].

Qoʻshiqni bugunda qadar qator rus va xorijiy sanʼatkor kaver qilgan. 2007-yil Avstriyada tuzilgan „Global Deejays“ guruhi ashulaning remiksini hozirlagan. Oʻsha yili fransuz qoʻshiqchisi F. R. David qoʻshiqning „Taxi“ nomi bilan inglizcha kaverini eʼlon qilgan. 2009-yil AQShda tuzilgan „Brazzaville“ guruhi „Green Eyed Taxi“ nomi bilan ingliz tilida kaver hozirlagan. 2021-yil „IOWA“ hamda „RSAC“ rus musiqiy guruhlari ham qoʻshiq kaverini yozgan. Rejissor Jora Krijovnikov 2015-yil suratga olgan „Samiy luchshiy den“ kinokomediyasida ashulaning oʻziga xos versiyasi ishlatilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Олег Кваша: «Я отказал Пугачёвой»“ (23-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 29-may 2022-yil.
  2. Михаил Филимонов. „«Ляпис - Трубецкой» обманул Костю Эрнста“ (deadlink). «Экспресс-газета» № 22, 2008 (2008-yil 5-iyun). 2014-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-sentyabr.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 7-iyul, 2022-yil(2022-07-07) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.