Zelimxan Djabrailovich Bakayev (ruscha: Зелимхан Джабраилович Бакаев 1996-yil 1-iyulda tugʻilgan) – ingush millatiga mansub rossiyalik yarim himoyachi, Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi.

Zelimkhan Bakayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zelimkhan Dzhabrailovich Bakayev
Tavallud sanasi 1-iyul 1996-yil (1996-07-01) (27 yosh)
Tavallud joyi Nazran, Rossiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Wahda
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2016 Spartak Moscow
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2018 Spartak-2 Moscow 52 (4)
2015–2022 Spartak Moscow 81 (7)
2018–2019Arsenal Tula (Ijara) 25 (8)
2022– Zenit Saint Petersburg 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016–2018 Rossiya U21 15 (6)
2019– Rossiya 12 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Klubdagi karyerasi tahrir

U Rossiya Professional Futbol Ligasida 2014-yilning 26-aprelida Moskvaning „Spartak-2“ jamoasida „Metallurg Vyksa“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan[1].

U 2015-yil 23-sentabrda Rossiya kubogi doirasida Nijniy Novgorodning „Volga“ klubiga qarshi oʻyinda „Spartak“ning asosiy tarkibidagi debyutini oʻtkazgan[2]. U 2017-yilning 23-iyulida „Spartak“ safida „Ufa“ ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[3].

2018-yilning 1-avgustida u 2018-19-yilgi mavsumda ijara asosida Tulaning „Arsenal“ klubiga oʻtgan[4].

Ijaradan qaytganidan soʻng, u „Spartak“ uchun dastlabki ikkita golini 2019-yil 8-avgustda Yevropa ligasi saralashida „ FK Thun“ ga qarshi safarda kiritgan[5]. 3 kundan soʻng u Rossiya Premer-ligasidagi ilk ikkita golini „Spartak“ safida Axmat Grozniy ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritigan[6].

Bakayev 2022-yilning 1-iyunida „Spartak“ni erkin agent sifatida tark etgan[7].

2022-yilning 15-iyunida Bakayev „Zenit“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va toʻrtinchi yil varianti ham koʻrib chiqilish ehtimoli mavjud edi[8].

Xalqaro tahrir

U birinchi marta 2019-yil iyun oyida San-Marino va Kiprga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlari uchun Rossiya milliy futbol jamoasiga chaqirilgan[9]. U 2019-yilning 13-oktabr kuni Yevro—2020 saralashida Kiprga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U 78-daqiqada Aleksey Ionovni oʻrniga maydong tushgan va Rossiya tomonidan kiritilgan uchta goldan birida ishtirok etgan[10].

U xalqaro miqyosdagi ilk golini 2021-yil 7-sentabr kuni Jahon chempionati saralashida Maltaga qarshi oʻyinda kiritdi va oʻz uyida penaltidan unumli foydalangan[11].

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Spartak Moskva

  • Rossiya kubogi : 2021–22[12]
  • Rossiya Superkubogi : 2017[13]

Karyera statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Spartak-2 Moscow 2013–14 PFL 1 0 1 0
2015–16 FNL 10 1 10 1
2016–17 31 0 4 1 35 1
2017–18 10 3 10 3
Jami 52 4 0 0 0 0 4 1 56 5
Spartak Moscow 2015–16 RPL 0 0 2 0 2 0
2017–18 5 0 1 0 0 0 0 0 6 0
2019–20 27 6 4 1 4 3 35 10
2020–21 23 1 3 0 26 1
2021–22 26 0 3 2 7 1 36 3
Jami 81 7 13 3 11 4 0 0 105 14
Arsenal Tula (loan) 2018–19 RPL 25 8 4 0 29 8
Karyerada jami 158 19 17 3 11 4 4 1 190 27

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Raq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 07.09.2021 Otkritie Arena, Moskva, Rossiya Malta 2 – 0 2–0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Shaxsiy hayot tahrir

Uning ukasi Soltmurod Bakayev ham futbolchi[14].

Manbalar tahrir

  1. „Career Summary“. Russian Football Union (9-iyun 2015-yil).
  2. „Volga-Spartak game report“ (Russian). Russian National Football League (23-sentabr 2015-yil).
  3. „Ufa v Spartak game report“. Russian Premier League (23-iyul 2017-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  4. „ЗЕЛИМХАН БАКАЕВ ПОПОЛНИЛ "АРСЕНАЛ"“ (Russian). FC Arsenal Tula (1-avgust 2018-yil).
  5. „Thun v Spartak game report“. UEFA (8-avgust 2019-yil).
  6. „Akhmat v Spartak game report“. Russian Premier League (11-avgust 2019-yil).
  7. „Удачи, Зелимхан! Бакаев покидает "Спартак"“ (ru). FC Spartak Moscow (1-iyun 2022-yil). Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.
  8. „"Зенит" заключил контракт с Зелимханом Бакаевым“ (ru). FC Zenit Saint Petersburg (15-iyun 2022-yil). Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
  9. „Состав на Сан-Марино и Кипр“ (Russian). Russian Football Union (23-may 2019-yil).
  10. „Cyprus v Russia game report“ (Russian). Russian Football Union (13-oktabr 2019-yil).
  11. „Russia v Malta game report“ (ru). Russian Football Union (7-sentabr 2021-yil).
  12. „"Спартак" обыграл "Динамо" и стал 4-кратным победителем Кубка России“ (ru). Russian Premier League (29-may 2022-yil).
  13. „Spartak 2 – 1 Lokomotiv (2017, Финал)“.
  14. „«Зелимхан был против моего ухода из «Спартака». Почему разошлись пути братьев Бакаевых“ (ru). Championat (2-fevral 2021-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.

Havolalar tahrir