Zhang Chengdong (talaffuzi: Chjan Chjendun) (1989-yil 9-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Beijing Guoan“ jamoasida oʻynaydi.

Zhang Chengdong
张呈栋
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Chengdong
Tavallud sanasi 9-fevral 1989-yil (1989-02-09) (35 yosh)
Tavallud joyi Baoding, Hebei, Xitoy
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beijing Guoan
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2006 Liaoning Whowin
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2008 Liaoning Whowin 9 (2)
2009—2013 Mafra 28 (4)
2010—2011União Leiria (Ijara) 14 (2)
2011—2012Beira-Mar (Ijara) 26 (6)
2012—2013Eintracht Braunschweig (Ijara) 12 (0)
2013—2016 Beijing Guoan 62 (2)
2015—2016Rayo Vallecano (Ijara) 1 (0)
2017—2021 Hebei China Fortune 94 (8)
2022 Beijing Guoan 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Xitoy 32 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 28-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 27-noyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Zhang Chengdong futbolchilik faoliyatini Liaoning Whowinning yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan. Toki 2004-yilda A Seriya vakili "Milan" uni mashgʻulotlarga chaqirgunicha bu hol davom etgan edi[1]. Klubdagi qisqa muddatlisinovdan soʻng u Liaoningga qaytgan va klubning asosiy jamoasiga koʻtarilgan, 2006-yilning 21-mayida „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda (5:0) klub uchun debyut qilgan[2]. 2008-yilgi mavsumda klub quyi ligaga tushib ketganida, Zhanning shartnomasi oʻz yakuniga yetgan.

Zhang Portugaliya uchinchi divizon jamoasi Mafra bilan 2009-yil 23-sentyabrda shartnoma imzolagan[3]. U oʻzining birinchi xet-trikini 2010-yilning 21-yanvarida 2009/2010-yilgi Tasa de Portugaliyadagi „Sporting CP“ga qarshi oʻyinda (4:3) amalga oshirgan[4].

Zhang 2010-yil iyul oyida Primeiraning „União Leiria“ klubiga o‘tgan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 16-avgustida „Beira-Mar“ga qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazgan va Primeirada o‘ynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan. Zhang Beira-Mardagi faoliyati davomida 26ta oʻyinda 6ta gol urdi.

2013-yilning 22-iyulida Zhang Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 25-avgustida Dalian Aerbinga qarshi o‘yinda (4:0) o‘tkazgan. Zhang klubdagi ilk golini 2014-yilning 17-mayida „Shanghai Shenhin“ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan. 2015-yilning 21-iyulida Zhang 2015/2016-yilgi mavsum uchun La Liga vakili „Rayo Vallecano“ga ijaraga berilgan[5]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 5-dekabrida Ispaniya Kubogining 2015/2016-yilgi mavsumida „Getafe“ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan[6]. U 2015-yilning 30-dekabrida "Atletiko Madrid" ga qarshi o‘yinda (2:0) ligadagi debyutini o‘tkazgan va La Ligada o‘ynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan.

2017-yilning 13-yanvarida Zhang rekord darajadagi ichki transfer narxi evaziga „Hebei China Fortune“ jamoasiga o‘tgan[7]. U klubdagi debyutini 2017-yilning 5-martida Henan Jianyega qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazgan[8]. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 29-aprelida „Tianjin Teda“ga qarshi o‘yinda (4:0) kiritgan.

2022-yil 30-yanvarda Zhang Beijing Guoanga qaytgan[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 3-martida Portugaliyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Biroq, oʻyin FIFA tomonidan tan olinmagan[10]. U 2011-yilning 6-oktyabrida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻyinda (2:1) Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Liaoning Whowin 2006 Xitoy Super Ligasi 4 1 0 0 - - 4 1
2007 2 0 - - - 2 0
2008 3 1 - - - 3 1
Jami 9 2 0 0 0 0 0 0 9 2
Mafra 2009—2010 Liga de Honra 28 4 1 3 0 0 - 29 7
União Leiria (Ijara) 2010—2011 Primeira Liga 14 2 0 0 2 0 - 16 2
Beira-Mar (Ijara) 2011—2012 26 6 0 0 0 0 - 26 6
Eintracht Braunschweig (Ijara) 2012—2013 2. Bundesliga 12 0 0 0 - - 12 0
Beijing Guoan 2013 Xitoy Super Ligasi 8 0 3 0 - 0 0 11 0
2014 24 2 3 0 - 4 0 31 2
2015 8 0 1 0 - 6 0 15 0
Jami 40 2 7 0 0 0 10 0 57 2
Rayo Vallecano (Ijara) 2015—2016 La Liga 1 0 3 0 - - 4 0
Beijing Guoan 2016 Xitoy Super Ligasi 22 0 0 0 - - 22 0
Hebei China Fortune 2017 28 3 2 0 - - 30 3
2018 24 4 2 1 - - 26 5
2019 29 0 0 0 - - 29 0
2020 13 1 0 0 - - 13 1
Jami 94 8 4 1 0 0 0 0 98 9
Karyerada jami 246 24 17 4 0 0 10 0 263 28

Xalqaro faoliyati tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2011 4 0
2012 0 0
2013 0 0
2014 9 0
2015 8 0
2016 2 0
2017 0 0
2018 6 0
2019 3 0
Jami 32 0

Manbalar tahrir

  1. „http://sports.sina.com.cn/g/2010-01-21/11484801387.shtml“ (zh). sports.sina.com.cn (2010-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  2. „http://sports.sohu.com/20060521/n243327937.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2006-yil 21-may). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  3. „http://news.xinmin.cn/rollnews/2009/09/23/2616906.html“ (zh). news.xinmin.cn (2009-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  4. „http://sports.sina.com.cn/g/2010-01-21/06584800815.shtml“ (zh). sports.sina.com.cn (2010-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
  5. „http://www.guoanclub.com/Index/news_detail/id/475.html“ (zh). Beijing Guoan F.C. (2015-yil 21-iyul). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
  6. „First Chinese player makes debut in Spain's top football division = 5 December 2015“. 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „http://sports.sohu.com/20170113/n478646533.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2017-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-yanvar.
  8. „中超-巴索戈失关键单刀任航染黄 建业0–0华夏“. Sina (2017-yil 5-mart). Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
  9. „故人归来!官方:北京国安签下河北队长张呈栋“. Dongqiudi (2022-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  10. „Portugal vs. China PR 2–0“. uk.soccerway.com (2010-yil 3-mart). Qaraldi: 2014-yil 25-avgust.