Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich – oʻzbekistonlik professional bokschi [1] va murabbiy, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi. Ikki kara Olimpiyada oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻstmatovning murabbiyi sifatida tanilgan.

Ziyatdinbek Toygonbayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi O‘zbekiston
Tavallud sanasi 1974-yil 15-sentyabr
O‘sh viloyati
Faoliyat yillari 2003-yildan hozirgi vaqtga qadar boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi
Mukofotlar „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“, "Doʻstlik" ordeni, II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni
Sport
Qaysi sport boks
Klubi Uzbek Tigers

Tarjimai holi

tahrir

Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich 1974-yil 15-sentyabrda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida tugʻilgan. 1995-yilda Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetini tugatgan. Uzoq yillardan beri Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks boʻyicha murabbiyi sifatida ishlab keladi. Ziyatdinbek Toygonboyevga 2017-yilda Shavkat Mirziyoyevning „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston fuqaroligi berildi. [2]

Professional boksdagi faoliyati

tahrir

Bokschi sifatida koʻplab musobaqalarda ishtirok etgan, 1995-yilda kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻlgan.2001-yilda professional boksga oʻtdim. 61 kg vazn toifasida professional bokschi sifatida Oʻzbekistonning birinchi chempioni boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan. 2001-2003-yillar davomida professional boksda 7 ta jang oʻtkazgan. Ilk jangini 2001-yil 31-mart kuni rossiyalik sportchi Rozalin Nasibulinga qarshi oʻtkazib, gʻalaba qozongan [3]. Professional boksda koʻp jang oʻtkazmagan Toyganbayev 2003-yilning 12-mart kuni Sergey Zimnevich bilan oʻtkazgan jangdan soʻng oʻz faoliyatini yakunlagan [4].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Ziyatdinbek Toygonboyev oʻzbek boksi rivojiga katta hissa qoʻshgan murabbiyilardan biri. U xalqaro maydonda muvaffaqiyatlarga erishgan koʻplab istiqbolli sportchilarni tarbiyalab voyaga yetkazdi. U – ikki karra olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov, Osiyo chempionlari Sanjar Rahmonov, Shuhrat Abdullayev va yana koʻplab chempionlarni tarbiyalagan. Toʻygʻonboyev rahbarligida Doʻsmatov oʻz mahoratini yanada oshirib, boksda yuqori natijalarga erishdi, bu esa har ikkalasining ham sport doiralarida eʼtirof va hurmatga sazovor boʻlishiga olib keldi.

Mukofotlari

tahrir

Toyganbayev „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“[5], "Doʻstlik" ordeni [6], II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni[7] bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir