Hasanboy Doʻsmatov
Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — birinchi vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yil Olimpiyada chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi[2]. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan[3]. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan[4].
Hasanboy Doʻsmatov | |
---|---|
![]() Rio 2016 yozgi olimpiada finalidagi jangi. Koʻk libos Hasanboy, qizil — Martines | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Doʻsmatov Hasanboy Marufjon oʻgʻli |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
24-iyun 1993-yil Andijon |
Boʻyi | 159 sm |
Vazni | 49 kg |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Klubi | Uzbek Tigers |
Faol tomoni | chapaqay |
Murabbiy(lar)i | Ziyovutdin Toygʻonboyev |
Medallar | |
![]() ![]() |
Biografiyasi Tahrirlash
Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev.
Havaskor darajadagi faoliyati Tahrirlash
Doʻstmatov 2009-yilda Qozog‘istonda Qozog‘iston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egallab, o‘zining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. O‘sha yili O‘zbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo o‘yinlarida yettinchi o‘rinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang o‘tkazib, barcha yetti jangda g‘alaba qozongan.
2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-o‘rinni egallagan[5].
Havaskor natijalar Tahrirlash
- 2009-yil — Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozogʻiston) — 1-oʻrin
- 2011-yil — Yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati — 1-o‘rin
- 2012-yil — Makar Mazay xotirasiga bagʻishlangan „A“ toifasidagi 46-xalqaro turnir (Mariupol, Ukraina) — 1-oʻrin
- 2012-yil — Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) — 1-oʻrin
- 2012-yil — O‘zbekiston chempionati — 1-o‘rin
- 2013-yil — O‘zbekiston milliy kubogi — 1-o‘rin
- 2013-yil — Yozgi Universiada (Qozon, Rossiya) — 1-oʻrin
- 2013-yil — O‘zbekiston chempionati — 1-o‘rin
- 2013-yil — Toʻrt millat turniri (Ostona, Qozogʻiston) — 1-oʻrin
- 2013-yil — Nikolay Manger xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) — 1-oʻrin
- 2014-yil — Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) — 1-o‘rin
- 2014-yil — Sydney Jackson xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Toshkent, Oʻzbekiston) — 1-oʻrin
- 2015-yil — Chemistry kubogi (Halle, Germaniya) — 1-oʻrin
- 2015-yil — Boks boʻyicha Osiyo chempionati (Bangkok, Tailand) — 1-oʻrin
- 2016-yil — Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) — 1-oʻrin
- 2017-yil — Boks bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) — 1 oʻrin
- 2023-yil — Boks bo‘yicha jahon chempionati (Toshkent, O‘zbekiston) — 1-o‘rin[6]
Professional faoliyati Tahrirlash
2019-yilning 16-noyabr kuni Do‘smatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi[7]. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi[8][9].
Manbalar Tahrirlash
- ↑ „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
- ↑ „Uzbekistan’s new Olympic Light Flyweight Champion Hasanboy Dusmatov wins the Val Barker Trophy for the outstanding male boxer of Rio 2016“. 23-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Uzbekistan’s new Olympic Light Flyweight Champion Hasanboy Dusmatov wins the Val Barker Trophy for the outstanding male boxer of Rio 2016“. 23-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2017-yil.
- ↑ Aiba natijalari (ingl.). 15-avgust 2016-yilda tekshirilgan. (PDF), 2016-09-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2017-03-20
- ↑ „AIBA rankings“ (en) (pdf). AIBA (17-fevral 2016-yil). 21-sentyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
- ↑ „Хасанбой Дусматов завоевал «золото» ЧМ по боксу в Ташкенте“. Newshub.uz.
- ↑ „Asian scene: Inoue and Donaire in battle for the ages“ (en). boxingmonthly.com. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Evgeny Terentyev Outpoints Viktor Plotnikov“ (en). boxen247.com. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
- ↑ „World-rated Potapov wins easily“ (en). fightnews.com. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.