Ziyovuddin Haziniy ziyoratgohi
Ziyovuddin Haziniy ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi Katta kenagas qishlogʻida joylashgan qabriston[1]. Ziyoratgohda shoir Haziniy dafn etilgan. Dahmada shuningdek, shoir avlodlarining xilxonasi, Haziniyning bobolaridan biri Nabiraxoja maqbarasi hamda chillaxona majmuasi joylashgan[2]. Haziniy 1904-yilda shayx va shoir sifatida mashhurlikka erishdi. 1923-yil 56 yoshida vafot etgan. Novcha boʻyli, oq yuzli, soqolli, koʻrkam qomatli, toza, ozoda kishi boʻlgan. Vafotidan soʻng ikki xotini va oʻgʻillari qolgan[3].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida bergan topshirigʻiga muvofiq Ziyovuddinxon Doniyolxon (Katta xoja) oʻgʻli Haziniyning maqbarasida kapital taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Otabek Jo‘raboyev „HAZINIY (1867-1923)“. ziyouzcom (2013-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- ↑ Baxtiyor Eraliev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov. O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 1-kitob. Farg‘ona viloyati. Turon zamin ziyo, 2013 — 320 bet-bet. ISBN 978-9943-335-24-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- ↑ Po'latjon Qayumov „Tazkirayi Qayumiy“. ziyouzcom. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- ↑ „Ziyovuddin Haziniy maqbara majmuasi“. madaniymerosfergana. Farg'ona madaniy meros boshqarmasi. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.