“Zubdat ul-haqoyiq”Aynulquzzot Hamadoniy asari. 517-hijriy-qamariy, 1123-milodiy yilda yozilgan. Kitobda falsafaning muhim masalalaridan biri – mabdaʼ va maod xususida bahs yuritiladi. Muallif ushbu masalaning yechimida Ibn Sino taʼlimotini asos qilib olgan. Mutaassiblar bu kitobdagi ayrim fikrlarni shariat hukmlariga zid, deb Aynulquzzotning qatl etilishiga sabab boʻlishgan.

Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Nasoyim ul-muhabbat”da Aynulquzzot bilan bogʻliq bobda tilga oladi[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.