Zubdatunniso begim (forscha: زبده النساء بیگم; 1651-yil 2-sentyabr – 1707-yil 17-fevral) – Boburiylar malikasi, imperator Avrangzeb va uning rafiqasi Dilrasbonu begimning uchinchi qizi.

Zubdatunniso begim
Boburiy hukmdorning qizi
Turmush oʻrtogʻi
Sipihr Shikoh (turm. 1673)
Farzandlari Ali Tabar Mirzo
Uy Timurylar
Otasi Avrangzeb
Onasi Dilrasbonu begim
Dini sunniy

Hayoti

tahrir

Zubdatunniso begim 1651-yil 2-sentyabrda Multan shahrida tugʻilgan. Uning otasi Avrangzeb oʻsha paytda shahzoda boʻlgan[1], onasi Dilrasbonu begim hisoblanadi. U yaxshi taʼlim olgan[2]. Zubdatunniso islom taʼlimotlari haqida chuqur bilimga ega boʻlgan[3].

Zubdatunniso oʻzining birinchi amakivachchasi shahzoda Sipihr Shikohga 1673-yil 30-yanvarda turmushga chiqadi, u amakisi, valiahd shahzoda Dara Shikoh va uning xolasi Nodirabonu begimning uchinchi oʻgʻli edi[4]. Unga 400 000 rupiy miqdorida nikoh puli beriladi[5]. Hamidabonu begim toʻyni uyushtirgan[6]. 1676-yilda Zubdat Shahzoda Ali Tabar ismli oʻgʻil tugʻadi, lekin bola tugʻilgandan keyin olti oy oʻtgach vafot etadi[7].

Zubdatunniso 1707-yil 17-fevralda, otasining vafotidan bir oy oldin vafot etdi[8].

Ajdodlari

tahrir
Zubdatunniso begimning ajdodlari
Akbar
Jahongir
Maryam uz-Zamoniy
Shoh Jahon
Uday Singh
Jagat Gosain
Manrang Devi
Avrangzeb
Mirzo Gʻiyosbek
Abulhasan Asafxon
Asmat begim
Mumtoz Mahal begim
Gʻiyosiddin Ali Asafxon
Divanji Begim
Zebdatunniso begim
Sulton Husayn
Mirzo Rustam
Badiuzzamon Mirzo
Dilrasbonu begim
Mirzo Gʻiyosbek
Mirzo Muhammad Sharif
Asmat begim
Navroʻzbonu begim

Manbalar

tahrir
  1. Sir Jadunath Sarkar. History of Aurangzib: Reign of Shah Jahan. War of succession. Orient Longman, 1973 — 38-bet. 
  2. Sarfaraz Hussain Mirza. Muslim Women's Role in the Pakistan Movement. Research Society of Pakistan, University of the Punjab, 1969 — 4-bet. 
  3. Schimmel, Annemarie. Islam in the Indian Subcontinent, Volume 2, Issue 4, Part 3. Leiden: Brill, 1980. ISBN 9789004061170. 
  4. Sir Jadunath Sarkar. Volume 3 of History of Aurangzib: Mainly Based on Persian Sources. South Asian Publishers, 1981 — 39-bet. 
  5. Sudha Sharma. The Status of Muslim Women in Medieval India. SAGE Publications India, 21 March 2016 — 113-bet. ISBN 9789351505679. 
  6. Soma Mukherjee. Royal Mughal Ladies and Their Contributions. Gyan Books, 2001 — 106-bet. ISBN 9788121207607. 
  7. Hansen, Waldemar. The Peacock Throne : The Drama of Mogul India., 1. Indian ed., repr., Motilal Banarsidass, 1972 — 393-bet. ISBN 9788120802254. 
  8. William Irvine. Later Mughal. Atlantic Publishers & Distri, 1971 — 2-bet.