Zulfazl Hamza as-Sobotiy
Zulfazl Hamza as-Sobotiy (arabcha: ذو الفقل حمزة السوباتي — Zulfazl Hamza as-Sobotiy (XI asrda yashagan)) — faqih va roviy.
Zulfazl Hamza as-Sobotiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1045-yil (hijriy 437-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Faqih, Roviy |
Hayoti
tahrirZulfazl Hamza as-Sobotiy „Sobot“ qishlog‘ida tavallud topgan. Zulfazl Hamza as-Sobotiy ilm-maʼrifat yo‘lida Samarqandga borib, u yerda muqim yashaydi va „Amir Nunad“ mahallasida mudarrislik qiladi. Zulfazl Hamza as-Sobotiy o‘z zamonasida ko‘zga ko‘ringan faqihlardan biri boʻlib, fatvo berish huquqiga ega bo‘lgan. Zulfazl Hamza as-Sobotiy Juzjoniya dahasida shayx Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh Najjordan 437/1045-yilda hadis eshitib yozib olganligi manbalarda taʼkidlangan. Shuningdek, Zulfazl Hamza as-Sobotiy hadislarni Muso ibn Horis ibn Ujayf Xuqaniydan ham rivoyat qilgan. Mavjud manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Agarda Najjordan 437/1045-yilda hadis eshitib yozib olganligidan xulosa qilsak, uning vafoti sanasini 437/1045-yildan keyin deb belgilasak bo‘ladi.[1] [2].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |