Abdurahmonbegi
("Abdurahmonbegi"dan yoʻnaltirildi)
Abdurahmonbegi — keng tarqalgan oʻzbek mumtoz ashula yoʻllari turkumi, Abdurahmonbek ijrochilik sanʼati va ijodi bilan bogʻliq. Buzruk maqomining Savti Sarvinoz shoʻbasiga ohangdosh. Uch qism (Saraxbor, soqiynoma va ufar usullari bilan ijro etiladigan asarlar)dan iborat. Hoji Abdulaziz Rasulov, Yunus Rajabiy „Abdurahmonbegi“ yoʻllarini mukammal oʻzlashtirib, aynan shu uslub yoʻnalishida kuylar yaratishgan. „Abdurahmonbegi“ning turli yoʻllari „Oʻzbek xalq musiqasi“ toʻplamining 1-, 2- va 4- jildlarida nashr etilgan: „Abdurahmonbegi“ va „Ufari Abdurahmonbegi“ (Muqimiy gʻazallari), „Abdurahmonbegi II“ (Muqimiy) va „Savti Abdurahmonbegi“ (Furqat), „Abdurahmonbegi III“. Bularga taqlidan yaratilgan ashula va cholgʻu yoʻllari ham maʼlum.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |