Kamalak (tashkilot)

Oʻzbekistondagi bolalar tashkiloti
("Kamalak" bolalar tashkilotidan yoʻnaltirildi)

Tashkilot tugatilgan!!! O'zbekiston bolalar tashkiloti rasmiy mavjud va huquqiy merosxo'ri va tashkilot tugatilgan Yangi tashkilotni yoritish lozim Davlat tashkiloti bo'lmasa ham Davlat ahamiyat dagi chunki maktablar qamrov bor va yoshlar ishlari agentligi bilan chambarchas ishlaydi Yoshlar ishlari agentligi qo'shniga o'tkazilgan[1]

„Kamalak“ bolalar tashkiloti
Turi Jamoat tashkiloti
Maqomi Negizida Oʻzbekiston bolalar tashkiloti tuzilgan
Ishga tushgan sanasi 23-may, 2001-yil (23 yil avval) (2001-05-23)
Joylashuvi Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Raisi Madina Baratova
Aʼzolari 3,600,000 nafar
Til(lar)i oʻzbek

„Kamalak“ bolalar tashkiloti oʻn yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilarni ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida iqtidori va isteʼdodini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi. Loyiha 2001-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan boʻlib, 2024-yilda tugatilgan va oʻrniga „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ tashkil etilgan[1].

Maqsadi

tahrir

Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi bolalarni milliy gʻoya asosida Vatanning sodiq farzandlari va komil inson etib tarbiyalash, ularning huquq-manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, isteʼdod va qobiliyatlarini namoyon qilishlari hamda rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat[2].

Faoliyati

tahrir

Tashkilot oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining ustavi hamda tashkilotning nizomi asosida amalga oshiradi. Tashkilot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining tuzilmalariga ega.

Shiori

tahrir

Tashkilotning bosh shiori: „Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!“[3].

Xalqaro hamkorlik

tahrir

„Kamalak“ bolalar tashkilotining faol aʼzolari Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan „Hamdoʻstlik bolalari“ xalqaro madaniy-maʼrifiy forumida ishtirok etishgan[4]. Shuningdek, Belorussiyada joylashgan „Zubryonok“ bolalar oromgohida ham dam olib kelishgan[5].

Faoliyatining tugatilishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2024-yil aprel oyida „Kamalak“ bolalar tashkiloti negizida „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ tashkil etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „O'zbekistonda bolalar tashkilotini tuzish taklif etilmoqda“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 8-noyabr 2024-yil.
  2. Komiljonov, Muhammadjon. „21 yillik "Kamalak"“. "Yoshlar ovozi" gazetasi (11.14.2022). Qaraldi: 3-mart 2023-yil.
  3. Muhammadiyev, A. „"Vatan, do'stlik va baxtli bolalik uchun!"“. "Vatan, do'stlik va baxtlik bolalik uchun". "Xalq so'zi" gazetasining rasmiy sayti. 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2023-yil.
  4. „“Children of Commonwealth” Forum Paves Way for Future Cooperation”“. “Children of Commonwealth” Forum Paves Way for Future Cooperation”. IACIS (2022-yil 7-aprel). Qaraldi: 3-mart 2023-yil.
  5. „Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari Belarusga sayohat qilishdi“. SputnikNews (2022-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 3-mart 2023-yil.

Havolalar

tahrir