Najot
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"NAJOT" — jadidlar gazetasi. Turkistondagi oʻzbek jadid matbuotining nodir nashrlaridan biri. Rossiyadagi 1917-yil fevral inqilobidan soʻng Turkiston oʻlkasida oʻrnatilgan muvaqqat hukumat tomonidan nashr etilgan. Jami 20 soni chiqqan. Muharriri Munavvarqori boʻlgan. "Najot" fevral inqilobi tufayli barham topgan mustabid chor tuzumini keskin tanqid qilgan, fevral inqilobiga xayrixoxdik bildirgan, Turkiston xalqlarini, qaysi millatga mansublikdan qatʼi nazar, jipslashishga, sinfiy ayirmaga bormaslikka, mustaqil davlat barpo qilishga daʼvat etgan. Najotda davrning koʻzga koʻringan qalamkashlaridan Kamiy (shoir), Mahmudxoʻja Behbudiy, Xolmuhammad Oxundiy, Mirmulla Shermuhamedov, Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdulla Avloniy, Toʻlagan Xoʻjamiyorov (Tavallo), Laziz Azizzoda, Abdulla Qodiriy, Shokirjon Rahimiy, Rauf Muzaffarov va boshqa hamkorlik qilganlar.
Najot | |
---|---|
„Musovvat, hurriyat, adolat“ | |
Turi | siyosiy, adabiy, ijtimoiy gazeta |
Kimga tegishli | Turkiston musulmonlari Markaziy shoʻrosi |
Noshir | Turkiston muvaqqat hukumati |
Asos solingan | 1917-yil 23-mart |
Bosh muharrir | Munavvar Qori Abdurashidxonov |
Siyosiyligi | liberal-demokratik, progressiv |
Tili | oʻzbekcha |
Nashrning toʻxtatilishi | 1917-yil iyun |
Bosh ofisi | Toshkent |
Adabiyot
tahrir- Ziyo Said, Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870—1927); Tanlangan asarlar, T., 1974; Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, T., 1999.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |