Ra
„Ra“ kemalari (qadimgi misrliklarning quyosh xudosi Amon-Ra nomidan) – papirus oʻsimligidan yasalgan qayiq, kema. Qadimgi misrliklar kemasi nusxasiga koʻra qurilgan (uzunligi 12 m, kengligi 5 m). „Ra“da Tur Xeyerdal 7 kishidan iborat baynalmilal ekipaj bilan birga qadimgi misrliklarni Amerikaga suzib borishlari mumkinligini isbotlash maqsadida ekspeditsiya uyushtirgan. 1969—1970-yillarda 2 ta „Ra“ qayiqlarida ekspeditsiya uyushtirilgan[1].
„Ra I“ qayigʻi
| |
Tarix | |
---|---|
Nomi: | Ra I |
Quruvchisi: | Chadlik hunarmandlar |
Dengizga tushirilishi: | 1969-yil 25-may |
Asosiy porti: | Safi porti, Marokash |
Umumiy tavsif | |
Turi: | tropik qamishdan yasalgan qayiq |
Uzunligi: | 18 metr |
„Ra II“ qayigʻi
| |
Tarix | |
---|---|
Nomi: | Ra II |
Quruvchisi: | Janubiy Amerikaning Aymara hindulari va Misrlik hunarmandlar |
Dengizga tushirilishi: | 1970-yil 17-may |
Asosiy porti: | Safi porti, Marokash |
Umumiy tavsif | |
Turi: | tropik qamishdan yasalgan qayiq |
Uzunligi: | 12 metr |
Nazariyaning yuzaga kelishi
tahrirMashhur norveg sayyohi va olimi Tur Xeyerdal 1955-yili Pasxa oroliga qilgan sayohati vaqtida tropik qamish (papirus)dan yasalgan kemalarning tasvirini topadi. Bu esa unda inklargacha boʻlgan Amerika aholisi okeanni qamishdan yasalgan kemalarda kesib oʻtgan boʻlishi mumkin, degan fikrni uygʻotadi. Xeyerdal tropik qamishdan kema yasab, unda Atlantika okeanini suzib oʻtishga qaror qilgan[2].
„Ra-1“
tahrir„Ra-1“ ekspeditsiyasi
tahrirChadlik ustalar tomonidan qadimgi Misr kemalarga monand qilib tayyorlangan „Ra“ deb nomlangan kema 7 mamlakat aʼzolaridan iborat 7 kishilik ekipaj bilan BMT bayrogʻi ostida sayohat qilgan. Xeyerdal oʻzining yetti kishilik xalqaro ekipajiga SSSRdan shifokor, olim, ingliz tilini mukammal biladigan jurnalist Yuriy Senkevichni taklif qilgandi. Kema 1969-yil bahorida Marokashning Safi portidan joʻnab ketgan va Shimoliy ekvatorial oqim taʼsirida 5 ming kilometr yoʻl bosib oʻtdi va sayohat tugashiga bir hafta qolganida kemadagi nosozlik tufayli Janubiy Amerika yaqinida muvaffaqiyatsizlikka uchradi[3].
„Ra-1“ ekipaji
tahrirEkipaj tarkibiga ekspeditsiya rahbari Tur Xeyerdaldan tashqari navigator Norman Beyker (AQSh), kino operatori Karlo Mauri (Italiya), shifokor Yuriy Senkevich (SSSR), antropolog Santyago Genoves (Meksika), papirus mutaxasisi Abdulla Jibrin (Chad) va fotosuratchi Georges Surial (Misr) kirgan[4].
„Ra-2“
tahrir„Ra-2“ ekspeditsiyasi
tahrir10 oydan soʻng 1970-yil Tur Xeyerdal „Ra-2“ papirus kemasida 57 kun suzib, Karib dengizi sharqidagi Barbadosga yetib oladi. Bu tajribasi bilan Tur Xeyerdal qadimgi dengizchilar Kanar oqimidan foydalangan holda Atlantika okeani orqali Janubiy Amerika va undan keyin Tinch okeaniga suzishlarni amalga oshirganliklarini isbot qilgan[5].
„Ra-2“ ekipaji
tahrirAbdulla Jibrindan tashqari „Ra-1“ sayohati ekipaji yangi ekspeditsiyaga qoʻshildi. Ekipaj tarkibiga Xeyerdaldan tashqari navigator Norman Beyker (AQSh), kino operatorlari Karlo Mauri (Italiya) va Key Oxara (Yaponiya), shifokor Yuriy Senkevich (SSSR), antropolog Santyago Genoves (Meksika), ekologik kimyogar Madanni Ait Uhanni (Marokash) va fotosuratchi Georges Surial (Misr) kirgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 7-jild: Parchin—Soliq. T.:„Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.
- ↑ Gadoyev K., Berdiyeva S. Jahongashta sayyoh-olimlar. Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2011. 236-bet.
- ↑ Gadoyev K., Berdiyeva S. Jahongashta sayyoh-olimlar. Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2011. 237-bet.
- ↑ Krohg, Kerstin „Ra, 1969 - Ra II 1970“. Kon-Tiki Museum. 25.02.2024. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
- ↑ Gadoyev K., Berdiyeva S. Jahongashta sayyoh-olimlar. Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2011. 237-bet.
- ↑ Krohg, Kerstin „Ra, 1969 - Ra II 1970“. Kon-Tiki Museum. 25.02.2024. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |