Garant bank
Garant bank ATB — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banklaridan biri. 2022-yilgacha „Savdogar“ bank nomi ostida faoliyat yuritgan.
Garant bank | |
---|---|
“Garant bank” aksiyadorlik jamiyati | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | AJ |
Birja listingi |
UZSE: GRBK [1] |
Asos solingan | 1994-yil 12-may |
Avvalgi nomi | Savdogarbank |
Egalari | |
Sayti | garantbank.uz |
Garant bank Vikiomborda |
Tarixi
tahrir1994-yil 12-mayda savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi „Savdogar“ aksiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan[2]. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan bankning o'sha vaqtdagi taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, «Oʼzbeksavdo» uyushmasi, «Oʼzbekbirlashuv», «Oʼzkooptayyorlovsavdo» hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yangi tashkil qilingan bankning hammuassislari boʼlishdi[3]. Shu yilning o'zida barcha viloyat markazlarida va mamlakatning ayrim tumanlarida jami 19 ta filial tashkil qilindi. Bankning ustav kapitali 6 mln. soʼmni tashkil etgan.
Yengilsanoatbank
tahrir1998-yil 18-noyabrda „Yengilsanoatbank“ hamda Savdogarbank aksiyadorlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Ushbu majlisda Yengilsanoatbankni Savdogarbankka birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Shu bilan bank ustav kapitali 1000 mln. sumga, filiallar soni esa 45 taga yetkaziladi[3].
Mevasabzavotbank
tahrir2000-yil 13-yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Mevasabzavotbank“ ixtisoslashtirilgan aktsionerlik tijorat bankini qoʼshib yuborish toʼgʼrisida”gi 12-sonli Qarorini qabul qiladi. Unga asosan Mevasabzavotbank Savdogarbank tarkibiga qoʼshiladi va Ustav kapitali 1500 mln. soʻmga yetkaziladi. Mevasabzavotbank qoʼshib olinishi munosabati bilan bank filiallari soni 10 taga oshadi va ularning soni 55 taga yetkaziladi[3].
Garant bank
tahrir2021-yil 29-noyabr kuni tadbirkor Kamildjanov Rauf Mirzayevich chet el kapitali ishtirokidagi „Savdogar“ aksiyadorlik tijorat bankining 695 826 813 dona[4] aksiyasini har birini 120 so'mdan sotib oladi. Kelishuvning umumiy narxi 83,5 mlrd so'mni tashkil qiladi. Bu aksiyalar bank nizom jamg'armasining 53,53 % tashkil qiladi va bu orqali Rauf Komiljonov bank aksiyalari nazorat paketini qo'lga kiritadi[5]. 2022-yil 24-fevral kuni Kamildjanov bankning 594 530 903 dona[6] aksiyasini yoki umumiy aksiyalarning 45.3% ni sotib olgan holda bankdagi ulushini 99,3%ga[7] yetkazadi[8]. 2022-yil 17-iyun kuni bank aksiyadorlar yig‘ilishida „Savdogar“ bank aksiyadorlari bank nomini „Garant bank“ deb o‘zgartirishni maʼqullab qaror qabul qilishadi[9]. Bu bank egasi o‘zgarganidan bir necha oy o‘tib sodir bo‘ladi[2]. Shuningdek, Rauf Kamildjonov "ORIENT GROUP MANAGEMENT" MCHJning 50%[10], „Amirsoy“ MCHJning 34%[11], yirik oziq-ovqat distribyutori bo'lmish „Profit Store“ning 20%[12] va „Ramirus Gas Servic“ning (motor yoqilg'isi savdosi) 15%ga[13] egalik qiladi[8].
Faoliyati
tahrirAksiyadorlari 8079 yuridik va jismoniy shaxslardan iborat. Savdogarbank keng tarmoqli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda, tumanlarda 50 ta boʻlimi, 24 minibanki ishlaydi. Bank respublikadagi turli tarmoq korxonalariga bank xizmatlarini koʻrsatadi. Jumladan, savdo korxonalari bilan xalq xoʻjaligining barcha tarmoklari korxonalari oʻrtasidagi savdokredit operatsiyalari va hisobkitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash, lizing, faktoring, hujjatli inkasso va hujjatli akkreditivlar, eksportimport bitimlarini rasmiylashtirish, „bankmijoz“ masofadan turib hisobraqamlarga xizmat koʻrsatish, avtokreditlar berish kabi xizmatlarni amalga oshiradi. Savdogarbank tomonidan i.ch. mikrofirmalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda yakka tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratishga alohida eʼtibor karatiladi. Mijozlar (22815 ta; 2004-yil 1-yanvar) bilan ishlash uslublari universitetazam takomillashtirilib, bank xizmatlarining zamonaviy shakllari amaliyotga joriy etilmoqda. Bank respublika qimmatli qogʻozlar bozorida faol qatnashadi. ABN Amrobank, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Germaniyaning „Bank Gezelshaft Berlin“ banklari bilan vakillik aloqalari oʻrnatilgan. Bank ustav kapitali 30 mlrd. soʻm, jami aktivlari 382,2 mlrd. soʻm, tizimda 2 mingdan oshiq xodim ishlaydi (2012-yil 1-yanvar).[14]
Moliyaviy holati
tahrir2021-yilning iyul oyida Markaziy bank Savdogarbankni jarimaga tortadi[15][16]. Bunga bank tomonidan mijozlarga kredit berilish jarayonida tarif va shartnomada ko'rsatilmagan bir marttalik to'lov undirilgani sabab bo'ladi[15]. 2021-yilning III-choragini bank 10 mlrd. so'm zarar bilan yakunlaydi[5]. 2022-yilning I-choragi yakunlariga ko'ra bank 2,2 mlrd so‘m foyda olgan[17]. O‘zbekiston Markaziy banki xabarida 2022-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, bank aktivlarini 1 trln 370 mln so‘mdan ortiqni, bankning kredit portfeli esa 946 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Shundan 106 mlrd so‘mi (11 foizi) muammoli kreditlar hisoblanadi[2].
Rasmiy ilovasi
tahrirBankning rasmiy ilovasi - Savdogar Mobile, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[18]
Manbalar
tahrir- ↑ „Информация о компании“. uzse.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „«Savdogar» bank nomi o‘zgarmoqda“. gazeta.uz (29 iyun 2022). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Garant bank qisqa tarixi“. garantbank.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „ИНФОРМАЦИЯ владельца акций о приобретении 20 и более процентов от уставного капитала акционерного общества“. uzse.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Рауф Камилджанов купил контрольный пакет «Савдогар» банка“. Spot.uz (2 декабря 2021). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Акциядорлар томонидан ахборотни ошкор этилиши“. uzse.uz (24.02.2022 г.). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Информация о компании“. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Рауф Комилжонов «Савдогарбанк»даги улушини 99 фоизга оширди“. gazeta.uz (2 март 2022,). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ https://www.spot.uz/oz/2022/07/20/garant-bank/
- ↑ „Информация о компании“. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Информация о компании“. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „"RAMIRUS GAS SERVICE" mas’uliyati cheklangan jamiyati“. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 15,0 15,1 „ЦБ оштрафовал «Савдогарбанк»“. spot.uz (6 июля 2021). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ Markaziy Bank Rasmiy(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „КВАРТАЛЬНЫЙ ОТЧЕТ ЭМИТЕНТА ПО ИТОГАМ ПЕРВОГО КВАРТАЛА 2022 ГОДА“. openinfo.uz (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ https://depozit.uz/partners/banks/savdogar-bank
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |