Ümit Özat
Ümit Özat (1976-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ümit Özat | ||
Tavallud sanasi | 30-oktyabr 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Ankara, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-1995 | Keçiörengücü | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1995 | Keçiörengücü | 25 | (0) |
1995—2001 | Gençlerbirliği | 150 | (11) |
2000—2001 | → Bursaspor (Ijara) | 24 | (1) |
2001—2007 | Fenerbahçe | 182 | (12) |
2007—2009 | 1. FC Köln | 35 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1996—1997 | Turkiya U21 | 7 | (0) |
1997 | Turkey Olympic | 5 | (1) |
2000—2005 | Turkiya | 41 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2010—2011 | Ankaragücü | ||
2012 | Manisaspor | ||
2014—2015 | Elazığspor | ||
2015 | Boluspor | ||
2015—2016 | Samsunspor | ||
2016 | Mersin İdman Yurdu | ||
2016—2017 | Gençlerbirliği | ||
2017—2018 | Gençlerbirliği | ||
2019 | Giresunspor | ||
2019 | Adana Demirspor | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirAnqarada tugʻilgan Özat dastlab „Gençlerbirligi“ va „Fenerbaxche“da markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Keyinchalik u chap qanot himoyachisiga aylantirilgan. Uning asosiy oyogʻi oʻng oyoq boʻlishiga qaramay baribir chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Asosan qanot himoyasi va hujumchilarni qoʻllab-quvvatlagan Özat kutilmaganda uzoqdan zarbalari bilan tanilgan. U kerak boʻlganda raqib hujumchilarni tozalovchi vazifasini ham bajargan.
2007-yil may oyida u FK Kyoln bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2008-yilning 29-avgustida Özat Bundesliga doirasidagi „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda yiqilib tushgan. Qisqa muddat hushini yoʻqotib, tekshiruv uchun kasalxonaga yuborilgan. Keyingi tekshiruvlar klubning sobiq sardorida miokardit deb ataladigan yurak xastaligi borligini aniqlab bergan. 2009-yilning 14-martida Özat faoliyatini yakunlagani rasman maʼlum boʻlgan. Uning nafaqaga chiqishiga yurakdagi muaommolari taʼsir koʻrsatgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirÖzat 2000-yilning 16-avgustida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyinda Turkiya terma jamoasi safida debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida 41 marta oʻynagan, jumladan 2002-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Bu jarayonda Özat oʻz mamlakati uchun bitta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati
tahrirÖzatning karyerasi 2009-yil 21-dekabrda isteʼfoga chiqqanigacha Zvonimir Soldo qoʻl ostida „Kyoln“da murabbiy yordamchisi sifatida davom etgan. Keyinchalik u Ankaragücüda Rojer Lemerning yordamchisi boʻlgan va 2010-yil may oyida Lemer ishdan boʻshatilgandan soʻng bosh murabbiy boʻlgan. Uning birinchi boshqaruv lavozimi Ankaragücü boʻlib, u klubni olti oydan ortiq vaqt davomida boshqargan. Ankaragücüdan soʻng, Özat: Manisaspor, Elazigʻspor, Boluspor, Samsunspor, Mersin İdman Yurdu, Gençlerbirligi, Giresunspor va Adana Demirspor kabi turk klublarini boshqargan.
2019-yil 16-dekabrda u oʻsha paytdagi Bosniya Premer-ligasi klubi Chelik Zenitsaning yangi bosh murabbiyi boʻlgan va klub bilan 2021-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan[1]. 2020-yil 23-fevralda „Zrinjski Mostar“ga qarshi liga oʻyinida Oʻzatning jamoasi Chelik murabbiyi sifatida ilk rasmiy oʻyinida 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan[2]. U 2020-yil iyun oyida Chelikni tark etgan[3].
Statistika
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Keçiörengücü | 1994-95 | TFF Uchunchi Liga | 25 | 0 | 0 | 0 | — | — | 25 | 0 | ||
Gençlerbirliği | 1995-96 | Süper Lig | 17 | 0 | 1 | 0 | — | — | 18 | 0 | ||
1996-97 | 33 | 2 | 4 | 1 | — | — | 37 | 3 | ||||
1997-98 | 34 | 5 | 3 | 0 | — | — | 37 | 5 | ||||
1998-99 | 31 | 1 | 3 | 0 | — | — | 34 | 1 | ||||
1999-2000 | 33 | 3 | 1 | 1 | — | — | 34 | 4 | ||||
2000-01 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||||
Jami | 150 | 11 | 12 | 2 | — | — | 162 | 13 | ||||
Bursaspor (loan) | 2000-01 | Süper Lig | 24 | 1 | 2 | 0 | — | — | 26 | 1 | ||
Fenerbahçe | 2001-02 | Süper Lig | 30 | 1 | 2 | 0 | 6 | 0 | — | 38 | 1 | |
2002-03 | 30 | 1 | 1 | 0 | 5 | 0 | — | 36 | 1 | |||
2003-04 | 32 | 7 | 4 | 0 | — | — | 36 | 7 | ||||
2004-05 | 31 | 2 | 4 | 0 | 8 | 0 | — | 43 | 2 | |||
2005-06 | 34 | 0 | 8 | 0 | 6 | 0 | — | 48 | 0 | |||
2006-07 | 25 | 1 | 6 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 38 | 1 | ||
Jami | 182 | 12 | 25 | 0 | 32 | 0 | 0 | 0 | 239 | 12 | ||
1. FC Köln | 2007-08 | 2. Bundesliga | 32 | 0 | 0 | 0 | — | — | 32 | 0 | ||
2008-09 | Bundesliga | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 3 | 0 | |||
Jami | 35 | 0 | 0 | 0 | — | — | 35 | 0 | ||||
Karyerada jami | 416 | 24 | 39 | 2 | 32 | 0 | 0 | 0 | 487 | 26 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Turkiya | |||
2000 | 1 | 0 | |
2001 | 9 | 0 | |
2002 | 8 | 0 | |
2003 | — | ||
2004 | 13 | 1 | |
2005 | 10 | 0 | |
Jami | 41 | 1 |
Yutuqlar
tahrirFenerbahche
- Superliga : 2003-04, 2004-05, 2006-07
Turkiya
- FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2002[4][5][6]
Turkiya U-23
- Oʻrta yer dengizi oʻyinlarining ikkinchi oʻrin sohibi: 1997[7]
Manbalar
tahrir- ↑ E. Škorić. „Bivši turski reprezentativac novi trener NK Čelik!“ (Bosnian). sportsport.ba (16-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2019-yil.
- ↑ „NK ČELIK - HŠK ZRINJSKI (0 : 1) 0 : 2“ (Bosnian). nfsbih.ba (23-fevral 2020-yil). 22-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
- ↑ M. Šljivak. „Umit Ozat želi ponovo na klupu: Ima svoje zahtjeve...“ (Bosnian). sportsport.ba (9-iyul 2020-yil). Qaraldi: 13-iyul 2020-yil.
- ↑ Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548-bet. ISBN 1845131495.
- ↑ „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Mediterranean Games 1997 (Italy)“ (En). RSSSF (31-yanvar 2007-yil). 28-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2022-yil.