Yagmirmirat Kulanmyradowiç Annamiradov (turkmancha: Ýagmyrmyrat Kulanmyradowiç Annamyradow 1982-yil 19-oktyabrda tavallud topgan) – nafaqadagi turkman professional futbolchisi[3], futbolchilik faoliyatida himoyachi sifatida toʻp tepgan. 2007-yildan Turkmaniston terma jamoasi tarkibida harakat qilgan.

Ýagmyrmyrat Annamyradow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ýagmyrmyrat Annamyradow
Tavallud sanasi 19-oktyabr 1982-yil (1982-10-19) (41 yosh)
Tavallud joyi Bolqonobod, Turkmaniston SSR, USSR[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Şagadam FK (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998-1999 SMM+[2]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002–2003 Köpetdag Aşgabat
2003–2004 Asudalyk
2004 Nebitchi
HTTU
Merv
2007–2008 Navbahor 28 (0)
2009 HTTU
2010–2018 Balkan
Milliy terma jamoa
2007–2017 Turkmaniston 11 (0)
Boshqargan klublari
2018–2019 Nebitçi (assistant)
2019– Şagadam (murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 6-mart uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Yagmirmirat Annamiradov professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda SMM+ futbol jamoasida boshlagan[2].

Turkmaniston Yokari Ligasida Köpetdag Ashxobod, Asudalik, FC HTTU [4] va FC Merw klublarida toʻp surgan. 2007-yilda Annamiradov Namanganning Navbahor klubiga oʻtdi[5]. 2009-yilda u Turkmanistonga, FC HTTU klubiga qaytdi. 2010-yildan „Bolqon“ klubi futbolchisiga aylandi va jamoa sardori boʻldi[6]. Bolqon jamoasi bilan juda koʻp sovrinlar yutdi. Jumladan Turkmaniston Yokari ligasi toʻrt karra gʻolibi (2010, 2011, 2012), ikki karra Turkmaniston kubogi sohibi (2010, 2012), uch karra Turkmaniston Superkubogi sohibi (2011, 2012) va OFK Prezidenti kubogi sohibi (2013).

2017-yilda Annamiradov professional futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[2]. Bolqon viloyati futbol federatsiyasi Annamiradovning futbol rivojiga qoʻshgan hissasini yuqori baholab, futbolchiga esdalik sovgʻalari va diplom topshirdi[7].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2018-yilda u Turkmaniston Yokari Ligasi klubi FC Balkanda murabbiy sifatida ish boshladi[8].

2019-yilda u FC Shagadam klubiga[9] yordamchi murabbiy etib tayinlandi, Aleksandr Klimenko esa bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Yagmirmirat Annamiradov 2007-yildan Turkmaniston terma jamoasiga tarkibida oʻynagan. Shu vaqtgacha milliy terma jamoada 11 oʻyinda maydonga tushgan. Uning ilk oʻyini Kambodja terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan.

Yutuqlari tahrir

 
Jahon chempionati saralashida Turkmaniston terma jamoasi bilan

Klub bilan tahrir

Bolqon FC [2]

Manbalar tahrir

  1. „Ýagmyrmyrat Annamyradow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“. Globalsportsarchive.com. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Федерация Футбола Туркменистана“. Tff.com.tm. Qaraldi: 2022-yil 9-mart. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "auto1" defined multiple times with different content
  3. „Федерация Футбола Туркменистана“. Tff.com.tm. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  4. „Заявки команд-участниц на Кубок чемпионов Содружества 2006 года - Газета.Ru“. Gazeta.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  5. „Туркменские футболисты отправились в Гонконг на отборочный матч Кубка мира-2010“. Turkmenistan.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  6. „Balkan crowned as AFC President's Cup champions - AFC“. The-afc.com. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  7. „"Ашхабад" победил "Балкан" в матче открытия чемпионата Туркменистана по футболу“. Turkmenportal.com.
  8. „"Ашхабад" победил "Балкан" в матче открытия чемпионата Туркменистана по футболу“. Turkmenportal.com.
  9. „Yokary Liga 2020-01“ (PDF). Turkenportalcom. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.

Havolalar tahrir