Ōtaki (yaponcha: 大多喜町 Ōtaki-machi?) Yaponiyaning Chiba prefekturasida joylashgan shaharchadir. Shahar oʻzining Edo davri generali Honda Tadakatsu va uning mashhur qal’asi bilan bogʻliqligi sababidan ham mashhur. 2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, shaharchada 3820 ta xonadonda 8982 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 69 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 129,87 kvadrat kilometr (50,14 mil²) boʻlib, bu uni Chiba prefekturasidagi eng yirik shaharchaga aylantiradi.

Ōtaki

大多喜町
Shaharcha
Skyline of Ōtaki
Ōtaki
Bayroq
Ōtaki
Gerb
35°17′6.6″N 140°14′43.5″E / 35.285167°N 140.245417°E / 35.285167; 140.245417
Mamlakat Yaponiya
{{{tuman_turi}}} Isimi
Maydon 129.87 km2 (50.14 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i Yapon
Aholisi
 (2019-yil yanvar)
8 982
Zichligi 69 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0470-82-2111
Ōtaki xaritada
Ōtaki
Ōtaki

Etimologiyasi

tahrir

Ōtaki shahrining yapon tilidagi nomi uchta kanji belgisidan tashkil topgan: birinchisi, ō (大), „katta“ degan maʼnoni anglatadi, ikkinchisi „koʻp“ degan maʼnoni bildiruvchi ta (多) va uchinchisi ki (喜), „baxt“ degan maʼnoni bildiradi.

Geografiyasi

tahrir

Ōtaki – Boso yarim orolining markazidagi dengizga chiqa olmaydigan shaharcha boʻlib, prefektura poytaxti Chibadan taxminan 35 kilometr va Tokio markazidan 60-70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ōtakining janubi-gʻarbiy qismi togʻli boʻlib, balandliklar shaharning shimoli-sharqiga qarab asta-sekin pasayib boradi. Ōtakining taxminan 70% qismi oʻrmon bilan qoplangan. Isumi daryosi shahar orqali shimoli-sharqdan oqib oʻtadi va shaharning gʻarbiy qismida Yoro daryosi shimolga tomon oqadi. Shahar sharqdan gʻarbga taxminan 12 kilometr, shimoldan janubga 19 kilometr masofaga choʻzilgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Chiba prefekturasi

Iqlimi

tahrir

Ōtaki nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq hamda qishi salqin va qor yogʻmaydi. Ōtakida oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1828 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 25,5 °C, eng past harorati esa yanvarda, 5,3 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ōtaki aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamayib bormoqda va hozir bu koʻrsatkich bir asr avvalgidan kamroqni namoyish etadi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192015,451—    
193015,601+1.0%
194016,14+3.5%
195019,668+21.9%
196017,247−12.3%
197014,62−15.2%
198013,612−6.9%
199013,218−2.9%
200012,121−8.3%
201010,677−11.9%

Tarixi

tahrir

Ilk davrlari

tahrir

Ōtaki miloddan avvalgi davrlardan buyon mavjud boʻlib, buni Oikavadagi Jomon davri qoldiqlari tasdiqlaydi. Asuka davrida Ōtaki hududi 654-yilgi Taika islohoti natijasida tashkil topgan Tokaido viloyatining gʻarbiy qismida Kazusa provinsiyasi tarkibiga kirgan. Sengoku davrida Ōtaki qal’a shahri sifatida tashkil etilgan boʻlib, u turli mintaqaviy sulolalar, xususan Takeda va Toki urugʻlari tomonidan ketma-ket nazorat qilingan. Ōtaki hududi oxir-oqibat 1544-yilda kuchli Ava viloyatiga asoslangan Satomi urugʻi nazoratiga oʻtadi.

Edo davri

tahrir

1590-yilda Tokugava Ieyasu butun Kazusa provinsiyasini nazorat qildi. Ieyasu oʻzining mashhur generali Honda Tadakatsuga Ōtakini berdi va Ōtaki domenini 100 000 koku feodal domeniga aylantirdi. Tadakatsu avvalgi qal’aning oʻrniga Ōtaki qal’asini qurdi va yirik qal’a shaharchasini bunyod etildi. Honda Tadakatsuning Ōtakida joylashishi janubdagi Satomi sulolasining harbiy kuchiga qarshi kuchli himoya vositasi edi. Qal’aning egaligi Honda Tadakatsu nazoratidan keyin koʻp marta egalarini oʻzgartirdi, ammo 1703-yildan Matsudaira sulolasi qal’ani toʻqqiz avlod davomida ushlab turishga erishdi. Matsudaira qabilasining qal’a ustidan nazorati boʻlishiga qaramay, Ōtaki hududining aksariyati Tokugava syogunatiga toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatadigan Hatamoto tomonidan tenryo hududi sifatida nazorat qilingan. 1609-yilda ispan galleoni, San-Fransisko, Ōtaki yaqinida quruqlikka tushib qoldi. Omon qolganlar Ōtaki qal’asiga joylashtirildi va keyinroq dengizchilarga syogunat tomonidan Meksikaga qaytish uchun kema berildi. Omon qolganlardan biri Filippin general-gubernatori Rodrigo de Vivero boʻlib, keyinchalik u syogun Tokugava Ieyasu bilan uchrashadi[4].

Zamonaviy davr

tahrir

Meydzi restavratsiyasidan keyin mintaqaning maʼmuriy tuzilishi tez-tez oʻzgarib turdi. Ōtaki hozirgi Chiba prefekturasining bir qismi boʻlgunga qadar Ōtaki prefekturasining, keyin Kisarazu prefekturasining bir qismi boʻlgan. 1889-yil 1-aprelda xuddi shu maʼmuriy islohotlarga koʻra toʻrtta Oikava, Nishihata, Fusamoto, Kamitaki qishloqlari va Ōtaki shahri tashkil topdi. Beshtalik 1954-yil 5-oktyabrda hozirgi Ōtaki shahriga aylanish uchun birlashtirildi.

Hukumat

tahrir
 
Otaki shahar hokimiyati

Ōtaki toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 12 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Ōtaki Katsuura shahri bilan birgalikda Chiba prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Chiba 11-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Ōtaki iqtisodiyoti asosan guruch yetishtirish, oʻrmon xoʻjaligi va anʼanaviy koʻmir ishlab chiqarishga asoslangan edi, ammo Ikkinchi Jahon urushidan keyin barcha uchta sanoatning ishlab chiqarish darajasi pasayib ketdi. Shaharda shiitake qoʻziqorinlari va bambuk kurtaklari maxsus qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatida ishlab chiqarila boshlandi. Ōtaki qal’asiga, Ōtaki prefekturasi oʻrmoniga va turli xil manzarali joylarga tashriflar natijasida turizm darajasi ortdi. Ōtakida golf maydonlari barpo etilgan, ammo bu keyinchalik suv toshqini va oʻrmonlarni kesish bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi[5].

Taʼlim tizimi

tahrir

Ōtakida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi hamda Chiba prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda bitta xususiy yuqori maktab bunyod etilgan. Shuningdek shaharchada Saniku Gakuin kolleji ham joylashgan

Jamoa institutlari

tahrir
  • Otaki markaziy hamjamiyat markazi
  • Otaki xalq kutubxonasi
  • Dengiz markazi
  • Otaki sport parki
  • Otaki keksalarni ijtimoiy himoya qilish markazi
  • Otaki keksalar uyi

Transport

tahrir

Temir yoʻllar

tahrir

  Isumi temir yoʻli – Isumi liniyasi

  • Shiromigaoka – Ōtaki – Koyamatsu – Higashi-Fusamoto – Kugahara – Fusamoto – Nishihata – Kazusa-Nakano

  Kominato temir yoʻli – Kominato liniyasi

  • Kazusa-Nakano

Yoʻllar va avtomobil yoʻllari

tahrir
  • Milliy marshrut 297, Ichihara yoki Tateyamaga Milliy marshrut 465, Mobara yoki Futtsuga 27-prefektura marshruti, Mobara-Ōtaki 32-prefektura marshruti, Ōtaki-Kimitsu 81-prefektura marshruti, Ichihara-Amatsukominato Prefektura yoʻnalishi 150, Ōtaki-Ichinomiya 172-prefektura marshruti, Ōtaki-Ichihara Satomi Prefektura yoʻnalishi 177, Katsuura-Otaki Prefektura yoʻnalishi 178, ŌtakiOdashiro-Katsuura Prefektura yoʻnalishi 231, Isumi temir yoʻl Ōtaki stansiyasi-Ōtaki Koyamatsu

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir
 
Yorō jarligi

Otaki qal’asi 1521-yilda qurilgan va 1871-yilda buzib tashlangan. Hozirgi inshootning tosh asosi asl qal’aning tenshu asosi boʻlsa-da, hozirgi bino asl qal’a minorasining reproduktsiyasi hisoblanadi. Unda Chiba prefekturasi muzeyining Ōtaki filiali joylashgan.

  • Herb oroli
  • Ōtaki prefekturasi oʻrmoni
  • Yorō jarligi
  • Avamata sharsharasi
  • Ryogen-ji
  • Myokhoshō-ji
  • Vatanabe tarixiy qarorgohi
  • Markaziy Bosō temir yoʻl markazi

Qal’a festivali

tahrir

Ōtaki sentyabr oyida Oshiromatsuri yoki qal’a festivaliga mezbonlik qiladi. Bu shaharning boshlangʻich maktablaridan birida parad, turli oʻyinlar va namoyishlarning oʻtkazilishini oʻz ichiga oladi. Ōtakining qardosh shahri, Kuernavaka, Meksikadan vakillar festivalga tez-tez tashrif buyurishadi.

Qardosh shahar munosabatlari

tahrir

Galereya

tahrir
Ōtaki qasri
Ōtaki qalʼa festivali

Manbalar

tahrir
  1. „Ōtaki town official statistics“ (ja). 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
  2. Ōtaki climate data
  3. Ōtaki population statistics
  4. The Ministry of Foreign Affairs of Japan (2010) Japan-Mexico Relations
  5. "Ōtaki-machi". Nihon Rekishi Chimei Taikei (日本歴史地名大系 “Compendium of Japanese Historical Place Names”). Tokyo: Netto Adobansusha. 2011. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2011-11-18. 
  6. „International Exchange“ (English). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.

Havolalar

tahrir