Chōnan (yaponcha: 長南町 Chōnan-machi?) Yaponiyaning Chiba prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-dekabr holatiga koʻra, shaharda 3240 ta xonadonda 7743 nafar aholi istiqomat qiladi[1] va aholi zichligi 1 km² ga 120 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 65,38 kvadrat kilometr (25,24 mi²) ni tashkil etadi.

Chōnan

長南町
Shaharcha
Skyline of Chōnan
Chōnan
Bayroq
Chōnan
Gerb
35°23′11.1″N 140°14′13.4″E / 35.386417°N 140.237056°E / 35.386417; 140.237056
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Kanto viloyati
Maydon 65.38 km2 (25.24 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (December 31, 2020)
7 743
Zichligi 120 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0475-46-2111
Chōnan xaritada
Chōnan
Chōnan
Chonan shahar hokimiyati

Geografiyasi

tahrir

Boso yarim orolini ajratib turuvchi togʻli yerlarda joylashgan Chōnan tekis yerlarga ega emas. Mintaqadagi boshqa munitsipalitetlar singari, shaharda qishloq xoʻjaligi suv omborlari mavjud. Bir nechta golf maydonlari barpo etilgan. Chōnan Chiba prefekturasining janubi-sharqiy qismida, prefektura poytaxti Chibadan taxminan 25 kilometr va Tokio markazidan 50-60 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Chiba prefekturasi

Iqlimi

tahrir

Chōnan nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq hamda qishi salqin va qor yogʻmaydi. Chōnanda oʻrtacha yillik harorat 15,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1684 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, 5,3 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Chōnan aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida doimiy ravishda kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
195015,908—    
196014,118−11.3%
197011,906−15.7%
198011,509−3.3%
199011,482−0.2%
200010,628−7.4%
20109,074−14.6%

Tarixi

tahrir

Chōnan Jomon davri, Yayoi davri va Kofun davriga oid arxeologik yodgorliklarga ega. Nara davridagi ritsuryo islohotlari ostida hozirgi Chōnan hududi Kazusa provinsiyasi tarkibiga kiritildi. Bu davrda ikkita Tenday buddist ibodatxonalari, Kasamori-ji va Chofuku-ji tashkil etilgan. Heian davrining oxirida hudud harbiy rahbar Taira no Tadatsune nazorati ostiga oʻtdi va uning avlodlari Kamakura davrida hududni nazorat qilishni davom ettirdilar. 1456-yilda Takeda sulolasi Chōnan qal’asini kattaroq Mariyatsu qal’asining kengaytmasi sifatida barpo etdi. Tokugava syogunati tashkil etilgandan soʻng, Chōnan Boso yarim orolidan oʻtadigan tovarlar, xususan, tuzning asosiy tarqatish markaziga aylandi[4]. Zamonaviy Chōnan shahri 1955-yil 11-fevralda sobiq Chōnan shahrining qoʻshni Nishimura, Higashimura va Toyosaka qishloqlari bilan qoʻshilishi natijasida yaratilgan.

Hukumat

tahrir

Chōnan toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 13 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Chosei okrugidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Chōnan Chiba prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzoni qoʻshish huqui mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Chiba 11-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Chōnanning asosiy qishloq xoʻjaligi mahsuloti guruch boʻlib, shaharda shiitake qoʻziqorini va lotus ildizi yetishtiriladi. Kichik sut fermalari ham faoliyat yuritadi[5].

Taʼlim tizimi

tahrir

Chōnanda bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda davlat yuqori sinf maktabi mavjud emas.

Transport

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Chōnanda yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl

tahrir
  • Ken-Ō tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 409

Sayyohlar uchun diqqatga sazovor joylar

tahrir
  • Kasamori-ji
  • Kasamori ibodatxonasi oʻrmoni tabiat hududi
  • Xon-ji
  • Shoen-ji
  • Shotoku-ji
  • Chofukuju-ji

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Chōnan town official statistics“ (Japanese). 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Chōnan climate data
  3. Chōnan population statistics
  4. "Chōnan-machi" (ja). Nihon Rekishi Chimei Taikei (日本歴史地名大系 “Compendium of Japanese Historical Place Names”). Tokyo: Netto Adobansusha. 2012. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-02-01. 
  5. "Chōnan-machi" (ja). Nihon Rekishi Chimei Taikei (日本歴史地名大系 “Compendium of Japanese Historical Place Names”). Tokyo: Netto Adobansusha. 2012. Archived from the original on 2007-08-25. https://web.archive.org/web/20070825113418/http://rekishi.jkn21.com/. Qaraldi: 2012-02-01. 

Havolalar

tahrir