Şirin Tekeli

Turkiyalik akademik, tarjimon va yozuvchi

Şirin Tekeli (28-fevral 1944-yil, Anqara — 13-iyun 2017-yil, Bodrum) — Turkiyalik feminist, akademik, tarjimon, yozuvchi va aktivist.

Şirin Tekeli
Tavalludi 28-fevral 1944-yil
Vafoti 4-dekabr 2017-yil(2017-12-04)
(73 yoshda)
Bodrum, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Turmush oʻrtogʻi
Ahmet Tekeli
(turm. 1966; vaf. 2010)
Mukofotlari Akademik qoʻllar ordeni

Faoliyati tahrir

1967-yilda u Turkiyaga qaytib, Istanbul universiteti siyosatshunoslik kafedrasiga ishga kirgan birinchi ayol akademikka aylangan. 1973-yilda David Easton tizim nazariyasi boʻyicha tezasi bilan doktorlik darajasini oldi. 1978-yilda „Xotin-qizlar va siyosiy ijtimoiy hayot“ (turkcha: „Kadınlar ve Siyasiy Toplumsal Hayat“) nomli ilmiy ishi bilan professorlik unvonini olgan. Bu ilmiy ish Şirinning ideologiyasiga katta taʼsir koʻrsatganligi haqida uning oʻzi quyidagicha izoh beradi:

„Men tortinchoq feminist edim. Lekin ilmiy ishni yozish jarayonida ayollar haqorat qilinishini, ularga nisbatan tajovuz qilinishini va jamiyatdan ajratilayotganini guvohi boʻldim. Buning sababi kapitalizm emas, balki erkaklar hukmronligi edi“[1].

Ilmiy ishini yakunlagachndan soʻng Şirin saylovlar ustida ishlashni boshladi. U Fransiyaga qaytib, 1979–1980-yillarni ilmiy tadqiqot milliy markazi (CNRS)da oʻtkazgan. Şirin Tekeli ushbu davrda Turkiyadagi saylovlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan baza tuzgan va Jean Rangerning jamoasi bilan shahar hududlarda saylovlar sotsiologiyasini oʻrgangan. 1980–81-yillarda siyosiy sotsiologiya haqida seminar tashkil etgan[2].

Aktivizm tahrir

Ilmiy ishlarini yakunlagandan soʻng Turkiyadagi feminizm harakatida faol shaxslardan biriga aylandi. Şirin Tekeli 80-yillarni „harakat yillari“ deb hisoblagan[3]. Turli targʻibotlar orqali Turkiyadagi xotin-qizlarning ahvolini yaxshilashga va ongini rivojlantirishga oʻzini bagʻishlagan. 90-yillarda „institutionallashtirish yillari“ deb atagan[4]. Tekeli uyushmalar va assotsiatsiyalar tashkil etishga katta eʼtibor qaratgan.

Harakat yillari tahrir

Turkiya fuqarolik kodeksi Ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya(CEDAW)ga mos ravishda oʻzgartirilmaganidan soʻng, 1986-yilda Şirin Tekeli konstitutsiya va qonun hujjatlari konvensiyaga muvofiq tarzda oʻzgartirilishini talab qiluvchi petitsiyada ishtirok etgan[5].

1987-yil 17-may kuni qurolli toʻqnashuvdan keyingi ilk protestda ishtirok etgan va ayollarga nisbatan zoʻravonliklarga barham berishni talab qilgan[6].

Mukofotlari tahrir

1996-yilda Şirin Tekeli Fransiya madaniyat vazirligi tomonidan Akademik qoʻllar ordeni bilan mukofotlangan[7].

Hayoti va vafoti tahrir

Şirin Tekeli advokat Ahmet Tekeli bilan turmush qurgan. Ahmet Tekeli bilan Lozanna universitetida oʻqib yurgan paytlarida tanishgan. 2010-yilda Ahmet Tekeli vafot etgan. Şirin Tekeli turmush oʻrtogʻidan qolgan mablagʻlar hisobidan Şirin-Ahmet Tekeli nomli ayol huquqshunoslarni qoʻllab-quvvatlovchi assotsiatsiyasiya tashkil qilgan[8].

2017-yilda Sabancı universiteti tomonidan Şirin Tekeli sharafiga „Şirin Tekeli tadqiqot mukofoti“ ({{{2}}}) nomli ilmiy mukofot taʼsis etilgan. Ushbu mukofot Turkiyada gender tengligi masalalariga qaratilgan tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilish uchun taʼsis etilgan[9].

Manbalar tahrir

  1. Hrant Dink Vakfı / Hrant Dink Foundation. „Şirin Tekeli anısına / Remembering Şirin Tekeli“. Youtube. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  2. KEDISTAN. „Şirin Tekeli, décès d'une figure de proue du féminisme“. Kedistan.net (2017-yil 18-iyun). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  3. Boğaziçi Üniversitesi Kadın Araştırmaları Kulübü. „Şirin Tekeli (Dünya Yerinden Oynar Belgesel Çekimi)“. Youtube. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  4. Boğaziçi Üniversitesi Kadın Araştırmaları Kulübü. „Şirin Tekeli (Dünya Yerinden Oynar Belgesel Çekimi)“. Youtube. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  5. Şakir. „7 Mart 1986: Feministlerden ilk kampanya; 'CEDAW uygulansın' kampanyasında imzalar TBMM'ye verildi“. Çatlak Zemin (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  6. „'Dayağa Karşı Kadın Dayanışması Kampanyası' Tanıtım/1987“. Sosyal Feminist Kolektif. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  7. Heper, Metin. Historical Dictionary of Turkey, 4, Rowman & Littlefield Publishers, Inc., 23 May 2018 — 870 bet. ISBN 9781538102244. 2020-yil 8-mayda qaraldi. 
  8. Tekeli. „KAHUDEV“. Şirin-Ahmet Tekeli Kadın Hukukçuları Destekleme Vakfı. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  9. Sabancı Üniversitesi. „Şirin Tekeli Research Award“. SU Gender. Qaraldi: 2020-yil 8-may.