Žalgiris Arena
Žalgirio Arena — Litvaning Kaunas shahridagi koʻp maqsadli yopiq arena. Arena Nemunas daryosi yaqinidagi orolda joylashgan. Boltiqboʻyidagi eng katta yopiq arena hisoblanadi[1]. Arena basketbol oʻyinlari paytida 15 415 muhlis[2], kontsertlar paytida 22 500 tomoshabin (agar sahna oʻrtaga joylashtirilsa, 17 000 tomoshabin[3])ni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Žalgiris Arena qurilgandan soʻng Kaunasdagi asosiy oʻyingohga aylangan. Bungacha ushbu maqomni Kaunas sport zali egallab turgan.
Manzili | Kaunas, Litva |
---|---|
Koordinatalari | 54°53′25″N 23°54′52″E / 54.89028°N 23.91444°E |
Sigʻimi | |
Konstruksiya | |
Buzilgan joy | 26-sentyabr, 2008-yil |
Ochilgan | 18-avgust, 2011-yil |
Kengaytirilgan | 2022 (suzish havzasi qoʻshilgan) |
Qurilish qiymati | €50 million |
Arxitektor | Eugenijus Miliūnas |
Asosiy pudratchilar | Vėtrūna |
Ijarachilar | |
BC Žalgiris (Latviya basketbol ligasi, Yevroliga) (2011-hozirgacha) | |
Website | |
zalgirioarena.lt |
Žalgirio Arena basketbol oʻyinlari va kontsertlarni oʻtkazish uchun foydalaniladi. Hozirda Latviya basketbol ligasi va Yevroligada musobaqalarida ishtirok etuvchi BC Žalgiris basketbol klubi Žalgiris Arenada barcha uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. Yevroliganing 2011-2012, 2012-2013, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020 va 2020-2021-yilgi mavsumlarida Žalgiris Arena oʻyinlariga muhlislar tashrifi boʻyicha yetakchilik qilgan.
Tarixi
tahrirArena qurilishi 2008-yil sentyabr oyida boshlangan. Qurilish jarayonlari Litvaning Vėtrūna qurilish kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan. Bosh arxitektori — Eugenijus Miliūnas. Arenaning umumiy qiymati 168,8 million lit (50 million yevro). Arena 2011-yil 18-avgustda Litva va Ispaniya oʻrtasidagi basketbol oʻyini bilan ochilgan.
Žalgiris Arenada 2011-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan baskebol boʻyicha Yevropa chempionatining pley-off va final bosqichi oʻyinlari oʻtkazilgan.
2015-yil 5-dekabr kuni Litvaning SEL guruhining konsert dasturi oʻtkazilgan. Mana shu konsert dasturida tomoshabinlar tashrifi boʻyicha yangi rekord oʻrnatilgan. Oʻsha kuni arenaga 20 517 nafar tomoshabin tashrif buyurgan.
2016-yil 6-yanvar kuni Yevroliga klublarining bosh murabbiylari Žalgiris Arenani musobaqaning eng yaxshi arenasi deb eʼtirof etishgan[4][5]. Žalgiris Arenadai futzal boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatining baʼzi oʻyinlari oʻtkazilgan. Musobaqaning ochilish va final oʻyinlari ham aynan shu arenada oʻtkazilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Kaunas Žalgirio arena“. Visit.Kaunas.lt. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Kaunas and Berlin to host EuroLeague Final Four in 2023 and 2024“. Sportcal (2022-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
- ↑ „„SEL“ apie planuojamą koncertą Kaune: bus panašu į pasaką“ (lt). Kauno diena (2023-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 9-dekabr.
- ↑ „Eurolygos klubų vadovų apklausa: "Žalgirio" arena – geriausia Europoje“. 24sek.lt. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
- ↑ Urbonas. „Magiška vieta Kaune, kurios pavydi visa Europa“. 24sek.lt. Qaraldi: 2016-yil 6-yanvar.