Eng buyuk 16 ta turkiy davlatlar

(16 Büyük Türk Devletidan yoʻnaltirildi)

Buyuk 16 ta Turkiy Davlatlar — Turkiy xalqlar tomonidan asos solingan tarixning 16 ta eng buyuk imperiyalari boʻlib. Dastlab1969-yilda Turk xaritashunosi Akib Oʻzbek tomonidan tuzib chiqilgan[1] va keyinchalik 1980-yillarda Kenan Evren rahbarligida kengroq koʻrib chiqilgan. Ushbu 16 lik Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi turkiy xalqlarning tarixidagi buyuk xonlar, amirlar, beklar tomonidan harbiy yurushlar orqali katta xududni birlashtirilishidan paydo boʻlgan va asos solingan tarixiy davlatlarni oʻz ichiga oladi.

16 Buyuk Turkiy imperiyalarning bayroqlari, Istanbul, Harbiy muzeyi

Roʻyxat tahrir

16 ta buyuk turkiy imperiyalar:

Bayroq Davlat Asoschisi Hukmronlik yillari Jami hukmronlik yillari
  Buyuk Hun imperiyasi Teoman Miloddan avvalgi 220 — 216-yillar 436
  Gʻarbiy Hun imperiyasi Panu Milodiy 48—216-yillar 168
  Yevropa Hun imperiyasi Balamir 375—469-yillar 94
  Oq Hun imperiyasi Oqsuvar 420—552-yillar 132
  Goʻkturk xoqonligi Buminxon 552—745-yillar 193
  Avar xoqonligi I. Bayon 565—835-yillar 270
  Xazar xoqonligi Boʻri Shod 651—983-yillar 332
  Uygʻur xoqonligi Qutluq Bilge Kul Xoqon 745—1368-yillar 623
  Qoraxoniylar davlati Bilga Kul Qodir xoqon 840—1212-yillar 372
  Gʻazna davlati Alp Tegin 962—1183-yillar 221
  Buyuk Saljuqiylar imperiyasi Toʻgʻrulbek 1040—1157-yillar 117
  Xorazmshohlar davlati Qutbiddin Muhammad 1097—1231-yillar 134
  Oltin Oʻrda davlati Batuxon 1236—1502-yillar 266
  Temuriylar imperiyasi Amir Temur 1368—1501-yillar 133
  Boburiylar imperiyasi Z. M. Bobur 1526—1858-yillar 332
  Usmonli imperiyasi Usmon Gazi 1299—1922-yillar 623

Panturkiy hisoblangan yozuvchi, tarixchis va mutafakkir Nihal Atsiz bu 16 ta davlatdan baʼzilari turkiyligi aniq emasligi, Oq qoʻyunli kabi baʼzi turkiy davlatlari esa roʻyxatdan chetda qolgani va buning uchun tuzilgan roʻyxat ishonchli emasligini taʼkidlab oʻtgan.

12-sentyabr toʻntarishi olib kelgan Turk-Islom sintezi ilgari mashhur boʻlgan turkiy unsurlarga islomiy unsurlarni qoʻshadi. Ushbu buyumlarni ommaga maqbul qilish uchun Turkiya parlamenti 1984-yilda maxsus shtamp chiqaradi. Ushbu markalarda davlatlar bayroqlari va ularning rahbarlarining portretlari bor edi. 1985-yilda Akib Oʻzbek tomonidan birinchi marta tilga olingan 16 ta davlat 1936-yilda ishlab chiqilgan Turklar tarixidagi 16 ta davlatlar roʻyxatining mantiqiy davomi edi[2].

Koʻplab jamoat binolari va bogʻlarda Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk yoniga 16 Buyuk Turk Davlati rahbarlarining belgilari yoki haykallari qoʻshilgan.

2000-yilda Turk Telekom ushbu mavzu boʻyicha smart-karta seriyasini ishga tushiradi.

2015-yilda Prezident Rajap Tayyip Erdogʻan Falastin yetakchisi Mahmud Abbosni Kulliyada mehmon qilganida, ushbu16 davlatning xarbiy kiyimidagi askarlar eʼtiborni tortadi. Kostyumlarning oʻz davrlariga mos kelishi ham tanqidga uchragan. Kostyumlar orasida eng koʻp eʼtirof etilgani esa, ijtimoiy tarmoqda „Dushakabinoğullari“ deb nomlangan bornozga oʻxshash libos boʻladi[3].

Manbalar tahrir

  1. H. Feridun Demokan, Contemporary Turkey: Geography, History, Economy, Art, Tourism, Demokan, 1978, p. 4. Necdet Evliyagil, Sami Güner, Basın-Yayın Genel Müdürlüğü, Ajans-Türk, Türkiye: Cumhuriyetin 50. Yıl Kitabı, Ajans-Türk Matbaacılık Sanayii, 1973.
  2. Central Eurasian Studies Review, Vol. 3, Central Eurasian Studies Society, 2004, p. 23
  3. „Duşakabinoğulları 3 ay sürmüş!“. 25 haziran 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 kasım 2021.