1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi uchinchi Jahon chempionati boʻlib ayollar milliy futbol terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1999-yil 19-iyundan 10-iyulgacha butun AQSH boʻylab sakkizta stadionda boʻlib oʻtdi[1]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tomoshabinlar soni, televideniye reytinglari va jamoatchilikning qiziqishi boʻyicha shu vaqtga qadar oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari ichida eng muvaffaqiyatli boʻldi[2][3].

A world map showing countries who participated in the Womenʼs World Cup, colored based on their placement in the tournament
  Chempion jamoa
  2-o`rinni olgan jamoa
  3-o`rinni olgan jamoa
  4-o`rinni olgan jamoa
  Chorak finalga chiqqan jamoalar
  Guruh bosqichidan chiqa olmagan jamoalar

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta oʻn oltita jamoani maydonga tushirdi[4]. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻn ikkita jamoa[5] qatnashgann edi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlar va oʻyin rasmiylarining barchasi ayollardan iborat boʻldi. Har bir uchrashuvga oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 37 319 tomoshabinni tashkil etdi va umumiy tashrif esa 1,194 millionni tashkil etdi. Bu natija 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qadar eng yuqori boʻlib qoldi[6][7][8]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 30 million dollarlik operatsion byudjetidan jami 4 million dollar foyda oldi[9].

Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida[10] boʻlib oʻtgan 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini 90 185 kishi tomosha qildi[11] va bu ayollar sport musobaqasida tomoshabinlar soni boʻyicha xalqaro rekord oʻrnatdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Xitoy ayollar terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi[12][13][14]. Oʻyin 5:4 hisobidagi pnealtilar seriyasida 5-gol xitoylik Liu Ying tomonidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng Brandi Chastain oʻz jamoasining beshinchi zarbasi bilan gʻalabali penaltini amalga oshirishi bilan yakunlandi. Xitoylik hujumchi Sun Wen va braziliyalik yarim himoyachi Sislaide do Amor Lima 7 tadan gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishdi[15].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining B guruhi oʻyinlari 1999-yil 19-27-iyun kunlari boʻlib oʻtdi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi Braziliya, Germaniya, Italiya va Meksika ayollar milliy futbol terma jamoalaridan iborat edi[16].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi tahrir

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining oʻn oltita ishtirokchi jamoasi 1999-yil 14-fevraldagi yakuniy qur’a tashlash marosimida A dan D gacha boʻlgan toʻrtta guruhga boʻlingan edi[17]. Guruh bosqichi davra tizimida oʻtkazilgan 24 ta oʻyindan iborat boʻlib, har bir jamoa oʻz guruhidagi qolgan uchtasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazdi[18]. Jamoalarga gʻalaba uchun uch ochko, durang uchun bir ochko berildi, magʻlubiyat uchun esa ochko berilmadi[19]. Har bir guruhning gʻoliblari va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalari 1999-yil 30-iyun kuni chorak final bilan boshlangan pley-off bosqichining birinchi bosqichiga yoʻllanma olishdi[18].

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi turnir jadvali tahrir

Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazilgan gollar Gollar nisbati Ochko Natija
1 Braziliya 3 2 1 0 12 4 +8 7 Pley-of bosqichiga yoʻllanma oldi
2 Germaniya 3 1 2 0 10 4 +6 5
3 Italiya 3 1 1 1 3 3 0 4
4 Meksika 3 0 0 3 1 15 −14 0

1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati B Guruhi oʻyinlari tahrir

Roʻyxatdagi barcha oʻyinlar mahalliy Amerika vaqiga binoan oʻtkazilgan.

Braziliya va Meksika tahrir

19-iyun, 1999-yil(1999-06-19)
17:30 EDT (UTC−4)
  Braziliya 7-1   Meksika Giants stadioni, East Rutherford
Tomoshabinlar: 78,972
Hakam: Nicole Petignat (Shveysariya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22153

Germaniya va Italiya tahrir

20-iyun, 1999-yil(1999-06-20)
16:00 PDT (UTC−7)
  Germaniya 1-1   Italiya Rose Bowl, Pasadena
Tomoshabinlar: 17,100
Hakam: Bola Elizabeth Abidoye (Nigeriya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22155

Braziliya va Italiya tahrir

24-iyun, 1999-yil(1999-06-24)
17:00 CDT (UTC−5)
  Braziliya 2-0   Italiya Soldier Field, Chikago
Tomoshabinlar: 65,080
Hakam: Gitte Nielsen (Daniya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22157

Germaniya va Meksika tahrir

24-iyun, 1999-yil(1999-06-24)
20:30 PDT (UTC−7)
  Germaniya 6-0   Meksika Civic stadioni, Portland
Tomoshabinlar: 20,129
Hakam: Im Eun-ju (Janubiy Koreya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22154

Germaniya va Braziliya tahrir

27-iyun, 1999-yil(1999-06-27)
13:30 EDT (UTC−4)
  Germaniya 3-3   Braziliya Jack Kent Cooke stadioni, Landover
Tomoshabinlar: 22,109
Hakam: Im Eun-ju (Janubiy Koreya)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22158

Meksika va Italiya tahrir

27-iyun, 1999-yil(1999-06-27)
16:30 EDT (UTC−4)
  Meksika 0-2   Italiya Foxboro stadioni, Foxborough
Tomoshabinlar: 50,484
Hakam: Bola Elizabeth Abidoye (Nigeryia)
https://www.fifa.com/tournaments/womens/womensworldcup/usa1999/match-center/22156

Manbalar tahrir

  1. Longman, Jere. „A World of Their Own“. The New York Times (18-iyun 1999-yil), s. D6. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  2. Murray (2019)
  3. „The 1999 gamble that paid off“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (21-fevral 2019-yil). 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  4. Jones, Grahame L.. „Unpredictable Draw for U.S. Women“. Los Angeles Times (15-fevral 1999-yil), s. D3. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  5. „1999 FIFA Women's World Cup Qualifying Overview“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association. 2001-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  6. Fédération Internationale de Football Association (17-noyabr 1998-yil). „Women referees only at the 1999 Women's World Cup in the USA“. Press-reliz. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  7. FIFA Technical Study Group (1999)
  8. Jones, Grahame L.. „Blowing the Whistle“. Los Angeles Times (19-iyun 1999-yil), s. D10. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  9. Jones, Grahame L.. „Women's Soccer Championship Is Coming to America in 1999“. Los Angeles Times (1-iyun 1996-yil), s. C7. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  10. „Records crash as USA rejoice“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (22-mart 2007-yil). 12-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  11. „Women's 1999 World Cup Soccer“. The Courier-News. Associated Press (20-iyun 1999-yil), s. D4. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  12. „Women's soccer final sets ratings record“. The Tennessean (12-iyul 1999-yil), s. C2. Qaraldi: 14-may 2019-yil.
  13. „World Cup is raking in the dough“. The Capital Times. Associated Press (30-iyun 1999-yil), s. B4. Qaraldi: 30-iyun 2019-yil.
  14. Zulgad, Judd. „World Cup commitment proves to be a success“. Star-Tribune (9-iyul 1999-yil), s. C4. Qaraldi: 14-may 2019-yil.
  15. Chapin, Dwight. „U.S. faces an unfamiliar World“. San Francisco Examiner (15-fevral 1999-yil), s. D1, D4. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  16. Shannon. „Women's World Cup 1999 (USA)“. RSSSF.com. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (25-iyun 2015-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2020-yil.
  17. Jones, Grahame L.. „Unpredictable Draw for U.S. Women“. Los Angeles Times (15-fevral 1999-yil), s. D3. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
  18. 18,0 18,1 Cotsonika, Nicholas J.. „U.S. women ready for tournament challenge“. Dayton Daily News (19-iyun 1999-yil), s. D10. Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  19. Ward, Bill. „Women enjoying attention“. The Tampa Tribune (13-iyun 1999-yil), s. 6. Qaraldi: 12-may 2019-yil.
  20. Regulations – 3rd FIFA Women's World Cup USA, 1999. FIFA, 1999 — 22 bet. 

Havolalar tahrir

Andoza:1999 FIFA Women's World Cup