2021-yilgi Angliya Superkubogi
2021-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 99-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. 2021-yilgi final bahsi 7-avgust sanasida London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2020-2021-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Manchester City“ hamda Angliya kubogi sohibi „Leicester City“ klublari toʻqnash keldi[3]. Bu „Shaharliklar“ning 2019-yilda „Liverpool“ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub etganidan buyon FA Community Shielddagi ilk oʻyini edi. „Leicester City“ jamoasi esa soʻnggi bor 2016-yili finalda ishtirok etgan boʻlib „Manchester United“ jamoasiga imkoniyatni boy berishgan edi. Bu yilgi final oʻyinda Kelechi Iheanachoning yagona goli klubiga chempionlikni taqdim edi[4].
O'yinga mezbonlik qilgan Wembley stadioni | |||||||
| |||||||
Sana | 7-avgust, 2021-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Wembley stadioni, London | ||||||
Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi |
Kelechi Iheanacho (Leicester City)[1] | ||||||
Hakam | Paul Tierney (Lancashire)[2] | ||||||
Tomoshabinlar soni | 45,602 | ||||||
← 2020 2022 → |
„Arsenal“ turnirning amaldagi chempioni edi, biroq klubning Angliya kubogi va Premyer-ligada ham omadi yurishmaganligi sababli bu mavsumdagi bahsda ishtirok eta olmadi. Oʻyin Buyuk Britaniyaning ITV telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etildi. Bu turnirning 2012-yilgi finaldan buyon ilk marotaba jonli efirda namoyish etilishi edi[5].
Tarixi
tahrir„Leicester City“ finalda „Chelsea“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, Angliya kubogidagi ilk chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu ularning Community Shield doirasidagi uchinchi oʻyini boʻlib, jamoa ularning bittasida gʻalaba qozongan (1971), bittasida esa magʻlubiyatga boʻlgan edi (2016)[6].
„Manchester City“ 2021-yil 11-may kuni Old Traffordda kechgan oʻyinda azaliy raqiblari „Manchester United“ „Leicester City“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Pep Gvardiola boshqaruvida toʻrt yil ichida uchinchi Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu yili klub superkubokda oʻzining 13-oʻyinida maydonga tushdi. Ulardan oltitasida (1937, 1968, 1972, 2012, 2018, 2019) ularning qoʻlib baland kelgan boʻlsa va yana oltitasida (1934, 1956, 1969, 1973, 2011, 2014) raqiblarining qoʻli baland kelgan[7].
Tafsilotlar
tahrir7-avgust, 2021-yil 17:15 BST |
Leicester City | 1–0 | Manchester City | Wembley stadioni, London Tomoshabinlar: 45,602 Hakam: Paul Tierney (Lancashire) |
---|---|---|---|---|
Leicester City[8]
|
Manchester City[8]
|
|
|
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi:
Yordamchi hakamlar:[2]
|
Oʻyin qoidalari[9]
|
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Hafez, Shamoon. „Leicester City 1–0 Manchester City“. BBC Sport. BBC (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „The 2021 FA Community Shield at Wembley will be refereed by Paul Tierney and his team“. TheFA.com. The Football Association (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ Murphy, Daniel „Leicester City to face Man City in Community Shield following FA Cup triumph“. Manchester Evening News (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
- ↑ „FA Community Shield: late Iheanacho penalty hands Leicester victory over Man City“. TheFA.com. The Football Association (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
- ↑ „Community Shield: Man City v Leicester City on 7 August“. BBC (2021-yil 3-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester: Foxes lift FA Cup for first time after Youri Tielemans stunner“. BBC Sport (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 15-may.
- ↑ Stone, Simon. „Man City Premier League champions as Leicester City beat Manchester United“. BBC Sport (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 11-may.
- ↑ 8,0 8,1 „Leicester beat Man City to win Community Shield“. BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Rules of the Football Association Community Shield“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.