Kelechi Iheanacho (inglizcha: Kelechi Promise Iheanacho;) – nigeriyalik futbolchi, "Leicester City F.C." va Nigeriya milliy futbol terma jamoasi hujumchisi.

Kelechi Iheanacho
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kelechi Iheanacho
Tavallud sanasi 3-oktyabr 1996-yil (1996-10-03) (27 yosh)
Tavallud joyi Owerri, NigeriyaNigeriya bayrogʻi
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya bayrogʻi Sevilla FC
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014-2015 Angliya bayrogʻi Manchester City F.C.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2017
2017-2024
2024-
Angliya bayrogʻi Manchester City F.C.
Angliya bayrogʻi Leicester City F.C.
Ispaniya bayrogʻi Sevilla FC
46
160
0
(12
30
0)
Milliy terma jamoa
2015- Nigeriya bayrogʻi Nigeriya (47 (13))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Sport mukofotlari
Africa Cup of Nations
Kumush 2023 Africa Cup of Nations

Karyerasi

tahrir

Kelechi Nigeriya futbol maktabi Tayvo Akademiyasi bitiruvchisi.

Manchester City F. C.

tahrir

2014-yilning yanvarida u Angliyaning "Manchester City F.C." klubi bilan shartnoma imzolagan. U 2015-yilning 29-avgust kuni APL 4-turida "Watford Football Club" ga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi safida debyut qilgan. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 12-sentabr kuni chempionatning 5-turida „Kristal Pelas“ ga qarshi oʻyinda urgan[1]. 2016-yilning 30-yanvarida yosh hujumchi Angliya kubogi doirasidagi oʻyinda "Aston Villa F.C." ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.

„Shaharliklar“ uchun 64 ta oʻyinda u butun faoliyati davomida 21 ta gol urgan.

Leicester City F. C.

tahrir

2017-yil 3-avgustda u "Leicester City F.C." ga koʻchib oʻtgan. Futbolchi bilan shartnoma besh yillik muddatga tuzilgan. Shartnomaning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan, biroq avvalroq ingliz OAVlari transfer summasi 25 million funt (taxminan 27,9 million yevro) boʻlishini xabar qilgan edi. 2017-2018-yilgi mavsumda u chempionatda 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan[2].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

2013-yilda yosh futbolchi FIFA U-17 Jahon chempionati 2013 da ishtirok etgan. U turnirdagi barcha oʻyinlarni oʻtkazgan va uning jamoasi jahon chempioni unvoniga erishgan[3]. Meksikaliklar bilan debyut uchrashuvida Kelechi toʻrtta gol urgan[4]. Shuningdek, u eronliklarga gol urgan va Meksika terma jamoasiga qarshi final uchrashuvida ham gol urgan[5][6]. U „Oltin toʻp“ va „Kumush butsa“ni qoʻlga kiritgan[7].

U Nigeriya milliy futbol terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 13-noyabr kuni FIFA Jahon chempionati 2018 saralashida Svazilend termasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangan[8]. 2016-yilning 27-may kuni u terma jamoadagi ilk golini urgan.

Yutuqlari

tahrir

Manchester City F. C.

tahrir
  • Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2015/16

Leicester City F. C.

tahrir

Nigeriya terma jamoasi

tahrir

Shaxsiy

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Performance data 15/16“. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Сезон 2017/2018“.
  3. „ЧМ-2013 (U-17). Финал. Мексика уступила Нигерии“. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  4. „Match report“. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  5. „Match report“. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  6. „Match report“. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  7. „Kelechi Iheanacho wins 2013 Fifa U17 World Cup Golden Ball“. 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  8. „Свазиленд – Нигерия 0:0“. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir
  • Profil Lester Siti FC rasmiy saytida(ingl.)
  • Premer-liganing rasmiy saytidagi profil(ingl.)