AFC Futzal Osiyo Kubogi 2022

(2022 AFC Futsal Asian Cupdan yoʻnaltirildi)

2022-yilning Osiyo futbol konfederatsiyasining Futzal boʻyicha Osiyo kubogi. 2022-yilning 27-sentabrdan 8-oktabrgacha boʻlgan sanalarida Kuvayt mamlakatida boʻlib oʻtadigan 17-futzal boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi Osiyo kubigi hisoblanadi[1][2]. Ushbu futzal boʻyicha Osiyo kubogi har 2 yilda boʻlib oʻtadi, Osiyo kubogida Osiyo qitʼasining saralangan 16 ta milliy terma jamoasi chempionlik uchun 4 gurihga boʻlingan holatda kurashadi. Ushbu musobaqa pandemiya sababli bir necha bor mezbon davlat nomi oʻzgartirilgan hamda sanalari oʻtkazilish yillarida oʻzgartirishlar kiritilgan. 2020-yil Turkmanistonda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Osiyo kubogi COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yil 23-martdan 3-aprelga qadar Kuvayt davlatiga oʻtkazilishi belgilangan. Pandemiya sababli musobaqa yana boshqa yilga qoldirildi va ushbu chemponat Litvada boʻlib oʻtadigan Futzal boʻyicha Jahon chempionatiga 5 ta yoʻllanmani taqdim etishi kerak edi. Musobaqa qoldirilganligi sababli Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Litvadagi jahon chempionatiga qitʼaning eng kuchli 5 ta Osiyo Futzal Milliy terma jamoalari yubordi. 2021-yil 5-iyuldagi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga binoan 17-Futzal boʻyicha Osiyo chempionati 27-sentabrdan 8-oktabrga qadar Kuvayt mamlakatida oʻtkazilishi belgilandi.

2022-yilgi futzal boʻyicha Osiyo kubogi
2022 AFC Futsal Asian Cup
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Quvayt bayrogʻi Quvayt
Sana 27-sentabr 8-oktabr 2022-yil
Jamoalar 16 ta milliy terma jamoa. Quvayt bayrogʻi Quvayt (H) Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Eron bayrogʻi Eron Livan bayrogʻi Livan Yaponiya bayrogʻi Yaponiya Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Bahrayn bayrogʻi Bahrayn Iroq bayrogʻi Iroq Vyetnam bayrogʻi Vyetnam Oman bayrogʻi Ummon Indoneziya bayrogʻi Indoneziya Tailand bayrogʻi Tailand Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi
2018
2024

Saralash oʻyinlari tahrir

Osiyo Kubogida qatnashuvchi 15 ta jamoaning saralash oʻyinlari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tamonidan dastlab 2021-yilning 13-24 oktabr sanalarida oʻtkazilishi belgilangan[3], keyinchalik saralash kunlari 2022-yil 1-15 aprel kunlariga oʻzgartirildi. Saralash musobaqalari 4 ta zona boʻyicha tashkil etildi. Markaziy va Janubiy zonasi, ASEAN zonasi, Sharqiy zonasi hamda Janubiy-Gʻarbiy zonalarga ajratilgan[4]. Osiyo kubogining saralash musobaqalari qur’a tashlash marosimi 2022-yilning 6-yanvar sanasida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shaxridagi OFK qarorgohida onlayn tarzda boʻlib oʻtdi[5].

Saralashda qatnasha olmagan jamoalar tahrir

Gʻarbiy zona Markaziy va Janubiy zona Sharqiy zona ASEAN zona

  Iordaniya   Qatar   Suriya  Yaman

  Bangladesh   Butan   Hindiston   Pokiston   Shri Lanka

  Guam   Makao   KXDR   Xitoy

  Laos   Filippin   Singapur

Markaziy va Janubiy zona tahrir

Markaziy va Janubiy zonasida A va B gurihlariga boʻlingan va gurihda birinchi, ikkinchi oʻrinni egallagan 4 ta jamoa qitʼa chempionatida qatnashadi. Markaziy va Janubiy zonasida O'zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Nepal, Maldiv orollari va Afg'oniston futzal milliy terma jamolari A va B gurihga boʻlingan holda qatnashdi.

Qur'a oldi savatchalarda jamoalarning taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha
  Eron   Qirgʻiziston   Turkmaniston   Nepal
  Oʻzbekiston   Tojikiston   Afgʻoniston   Maldiv

Markaziy va Janubiy zonasining A va B gurihlaridan oʻrin olgan saralash oʻyinlari 2022-yil 10-12 aprel sanasida Qirg'izistonda boʻlib oʻtdi.

A guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1   Eron 3 3 0 0 28 1 −27 9 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2   Turkmaniston 3 2 0 1 10 4 +6 6 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3   Qirgʻiziston 3 1 0 2 9 12 −3 3 -
4   Maldiv 3 0 0 3 1 31 −30 0 -
B guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1   Oʻzbekiston 3 3 0 0 15 4 +11 9 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2   Tojikiston 3 1 1 1 17 10 +7 4 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3   Afgʻoniston 3 1 1 1 13 10 +3 4 -
4   Nepal 3 0 0 3 3 24 −21 0 -

Janubiy-Gʻarbiy zonasi tahrir

Janubiy-Gʻarbiy zonasi ushbu mintaqada saralash bosqichida umumiy 7 ta jamoa qatnashdi. Iroq, Livan, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Falastin jamolari 2 ta gurihga boʻlingan holatda kurashdi, ushbu zona oʻyinlariga Birlashgan Arab Amirliklari davlati mezbonlik qildi.

Qur'a oldi savatchalarda jamoalarning taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha
  Iroq   Bahrayn   Birlashgan Arab Amirliklari   Ummon
  Livan   Saudiya Arabistoni   Falastin

Janubiy-Gʻarbiy zonaning A va B gurihi oʻyinlari 2022-yil 5-9 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtdi.

A guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1   Livan 3 2 1 0 11 7 +4 7 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2   Saudiya Arabistoni 3 1 2 0 10 9 +1 5 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3   Ummon 3 0 2 1 4 5 −1 2 -
4   Falastin 3 0 1 2 8 12 −4 1 -
B guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yoʻllanma
1   Iroq 2 1 1 0 3 1 +2 4 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2   Bahrayn 2 1 1 0 2 1 +1 4 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3   Birlashgan Arab Amirliklari 2 0 0 3 0 3 −3 0 -

Sharqiy zona tahrir

Sharqiy zona uchun umumiy 3 ta yoʻllanma ajratilgan va saralashda qatnashuvchi davlatlar soni 6 ta (Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Koreya, Xitoy, Gon Kong va Mugʻuliston), saralash musobaqasida Xitoy futzal milliy terma jamoasi COVID-19 pandemiyasi sababli qatnashmadi. Jamoalar umumiy bitta gurihda 3 ta yoʻllanma uchun kurash olib bordi. 2022-yil 17-21 may kunlari Malayziya da saralash oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Qur'a oldi savatchalarda jamoalarning taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha
  Yaponiya   Xitoy (qatnashmadi)   Gonkong
  Xitoy Taypeyi   Koreya Respublikasi   Mongoliya
Sharqiy Osiyo mintaqasi guruhi
Jamoa D D G OʻY TN O Yoʻllanma
1   Yaponiya 4 4 0 0 42 3 +39 12 Osiyo kubogi ishtirokchisi
2   Koreya Respublikasi 4 2 1 1 11 12 −1 7 Osiyo kubogi ishtirokchisi
3   Xitoy Taypeyi 4 2 0 2 13 14 −1 6 Osiyo kubogi ishtirokchisi
4   Gonkong 4 0 2 2 6 17 −11 2 -
5   Mongoliya 4 0 1 3 2 28 −26 1 -

ASEAN zonasi tahrir

ASEAN iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar hamda Avstraliya davlati ushbu mintaqada umumiy 3 ta Osiyo kubigi yoʻllanmasi uchun kurash olib borildi. Jamoalar A va B guruhlariga boʻlindi, oʻz gurihlarida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar yarim finalga yoʻl oladi. A guruhida birinchi oʻrin egasi B gurihining ikkinchi oʻrin egasi bilan, B guruhi gʻolibi esa A guruhi ikkinchi oʻrin egasi bilan final yoʻllanmasi uchun kurash olib bordi. Finalda gʻalaba qozongan jamoalar toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanmaga ega chiqadi, magʻlub boʻlgan jamoalar oʻzaro bellashadi, gʻalaba qozongan jamoa uchinchi yoʻllanmagan ega chiqadi.

ASEAN zonasi jamoalari qur’a oldi savatchalarda taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha 5 savatcha
  Tailand   Malayziya   Indoneziya   Avstraliya   Bruney
  Vyetnam   Myanma   Sharqiy Timor   Kambodja

ASEAN zonasi va Avstraliya uchun ajratilgan yoʻllanma uchun saralash oʻyinlari 2022-yil 2-10 aprel kunlari Tailandda boʻlib oʻtdi.

A guruhi
Jamoa D M SG OʻY TN O Yoʻllanma
1   Tailand 4 3 1 0 35 4 +31 10 Osiyo kubigi ishtirokchisi
2   Indoneziya 4 3 1 0 30 5 −25 10 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3   Malayziya 4 2 0 2 20 15 +5 6 -
4   Kambodja 4 0 1 3 10 36 −26 1 -
5   Bruney 4 0 1 3 2 37 −35 1 -
B guruhi
Jamoa D M SG OʻY TN O Yoʻllanma
1   Myanma 3 2 1 0 17 5 +12 7 -
2   Vyetnam 3 2 1 0 13 3 +10 7 Osiyo kubigi ishtirokchisi
3   Avstraliya 3 1 0 2 2 9 −15 −6 -
4   Sharqiy Timor 3 0 0 3 8 −24 −16 0 -

ASEAN zonasida yakunda A guruhida Tailand gʻolib chiqib B guruhi ikkinchi oʻrin egasi Vetnam bilan, B gurihi gʻolibi Myanma A guruhi ikkinchi oʻrin egasi Indoneziya bilan toʻqnash keldi. Yarim finalda Tailand 3-1 Vetnam, Myanma 1-6 Indoneziya natijalari qayd etildi. Finalda asosiy daqiqalarda   Tailand 2-2 Indoneziya qayd etildi, penaltilar seriyasida   Tailand 5-3   Indoneziya hisobida Tailand gʻalaba qozondi. Uchinchi yoʻllanma uchun kurashda esa asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda Myanma 1-1 Vetnam hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida Myanma 1-4 Vetnam hisobida   Vyetnam gʻalaba qozonib yoʻllanmaga egalik qildi.

Ishtirok etuvchi jamoalar tahrir

Futzal boʻyicha Osiyo kubogida 15 ta Osiyo milliy terma jamoa saralash musobaqasi orqali yoʻllanmaga egalik qildi. Kuvayt mezbon davlat sifatida 1 ta yoʻllanma egasi hisoblanadi. 17-Osiyo futzal chempionatida saralash musobaqalarida Eron, O'zbekiston va Yaponiya millliy terma jamoalari oʻz gurihlarida yuz foizlik natija bilan yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Musobaqa saralash oʻyinlari Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qirg'iziston mamlaktalrida boʻlib oʻtdi. Saralash musobaqalarida umumiy jami 52 ta oʻyin oʻtkazildi va barcha futzal oʻyinlarida umumiy 377 ta gol kiritilgan. Har bir oʻyinga oʻrtacha 7.25 ta gol toʻgri keldi. Saralash musobaqalarida yaqqol toʻp urar futzalchi   Tailand Futzal millliy termaa jamoasi aʼzo Muhammad Osamanmusa boʻldi. U saralash musobaqalarida 6 ta oʻyinda jami 11 ta gol kiritdi. Keyingi oʻrinlarda esa   Indoneziya Futzal Millliy terma jamoasi uch aʼzo Ardiansyah (9 ta gol), Holypaul Soumilena (8 ta gol) va Syauqi Saud (6 ta gol) futzalchilar boʻldi.

Ishtirok etuvchi futzal milliy terma jamoalarining natijalari
Jamoa Yoʻllanma olgan mintaqa va natijasi Yoʻllanma qoʻlgan kiritgan vaqti Chempionatdagi ishtiroklar soni
  Quvayt Gʻarbiy zona (mezbon) 25-yanvar 2021-yil 11
  Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy zona (B guruhi gʻolibi) 11-aprel 2022-yil 15
  Eron Markaziy va Janubiy zona (A guruhi gʻolibi) 11-aprel 2022-yil 15
  Yaponiya Sharqiy zona (zona gʻolibi) 19-may 2022-yil 15
  Koreya Respublikasi Sharqiy zona (zona ikkinchi oʻrin sohibi) 19-may 2022-yil 13
  Xitoy Taypeyi Sharqiy zona (zona uchinchi oʻrin sohibi) 19-may 2022-yil 12
  Livan Gʻarbiy zona (A guruh gʻolibi) 6-aprel 2022-yil 11
  Iroq Gʻarbiy zona (B guruh gʻolibi) 6-aprel 2022-yil 11
  Tojikiston Markaziy va Janubiy zona (B guruhi ikkkinchi oʻrin sohibi) 12-aprel 2022-yil 10
  Indoneziya ASEAN zonasi va Avstraliya (ikkinchi oʻrin sohibi) 8-aprel 2022-yil 9
  Tailand ASEAN zonasi va Avstraliya (birinchi oʻrin sohibi) 8-aprel 2022-yil 15
  Turkmaniston Markaziy va Janubiy zona (A gurihi ikkinchi oʻrin sohibi) 11-aprel 2022-yil 6
  Vyetnam ASEAN zonasi va Avstraliya (uchinchi oʻrin sohibi) 10-aprel 2022-yil 5
  Saudiya Arabistoni Gʻarbiy zona (A guruhi ikkinchi oʻrin sohibi) 7-aprel 2022-yil 1
  Bahrayn Gʻarbiy zona (B guruhi ikkinchi oʻrin sohibi) 6-aprel 2022-yil 2
  Ummon Gʻarbiy zona (play off sohibi) 9-aprel 2022-yil 0

Musobaqa tartiblari tahrir

Har bir guruhda eng yaxshi natija koʻrsatgan 2 ta millliy terma jamoa chorak finalga yoʻl oladi. Jamoalar gʻalaba uchun 3 (ochko), durang uchun 1 (ochko) va magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Agarda guruh bosqichida jamoalarning toʻplagan ochkolari teng boʻlib qolsa (reglament ketma ketligiga binoan), avvalo teng boʻlib qolgan jamoalarning oʻzaro oʻyinlari natijasi, jamoalar oʻrtasida urilgan va oʻtqazib yuborilgan toʻplar farqi, oʻzaro oʻyinlarda urilgan gollar farqi, umumiy oʻyinlardagi toʻplar farqi, tengma tenglik davom etsa yana ikkala jamoalarnng ogohlantirishlar (qizil va sarqi kartochkalar) soniga qaraladi. Ikkita tengma teng jamoalar oʻrtasida farq yuqoridagicha saqlanib qolsa oʻzaro qur’a tashlash orqali gʻolib aniqlab olinadi. Guruh bosqich oʻyinlari yakunlangach chorak final oʻyinlar 8 ta jamoa oʻrtasida olib boriladi, pley off bahslaridan asosiy daqiqalarda gʻolib anilqanmasa va qoʻshimcha daqiqalarda ham anilqanmsa penaltilar seriyasidan foydalaniladi. Asosiy daqiqalarda gʻolib aniqlanmasa qoʻshimcha daqiqalar faqatgina uchinchi oʻrin uchun boʻlgan bahsdan foydalanilmaydi, asosiy vaqt tugashi bilan penaltilar seriyasiga murojat qilinadi.

Qur’a tashlash marosimi tahrir

Futzal boʻyicha 17-Osiyo kubigi musobaqasiga 2022-yil 25-may sanasida Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi[6]. Jamoalar oʻzaro A, B, C va D guruhlarihga boʻlingan holatda musobaqada ishtirok etadi[7].

Jamoalarning savatchalarda taqsimlanishi
1 savatcha 2 savatcha 3 savatcha 4 savatcha
  Quvayt mezbon   Eron   Koreya Respublikasi   Indoneziya
  Eron   Vyetnam   Xitoy Taypeyi   Saudiya Arabistoni
  Yaponiya   Tailand   Tojikiston   Ummon
  Oʻzbekiston   Livan   Bahrayn   Turkmaniston
A guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1   Tailand (H) 3 2 1 0 11 5 +6 9 Keyingi bosqich ishtirokchisi
2   Quvayt 3 1 2 0 11 6 +5 5 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3   Iroq 3 1 1 1 9 5 +4 4 -
4   Ummon 3 0 0 3 3 18 -15 0 -
B guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1   Oʻzbekiston 3 3 0 0 17 3 +14 9 Keyingi bosqich ishtirokchisi
2   Tojikiston 3 2 0 1 14 11 +3 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3   Bahrayn 3 0 1 2 8 14 -6 1 -
4   Turkmaniston 3 0 1 2 9 20 -11 1 -
C guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1   Eron 3 3 0 0 24 1 +23 9 Keyingi bosqich ichtirokchisi
2   Indoneziya 3 2 0 1 11 8 +3 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3   Xitoy Taypeyi 3 0 1 2 3 15 -12 1 -
4   Livan 3 0 1 2 3 17 -14 1 -
D guruhi
Jamoa D M G OʻY TN O Yo‘llanma
1   Yaponiya 3 2 0 1 9 2 +7 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
2   Vyetnam 3 2 0 1 8 4 +4 6 Keyingi bosqich ishtirokchisi
3   Saudiya Arabistoni 3 2 0 1 7 4 +3 6 -
4   Koreya Respublikasi 3 0 0 3 1 15 -14 0 -

Jamoalarning tarkib tuzulishi tahrir

Futzal boʻyicha 17-Osiyo kubigida har bir ishtirok etuvchi terma jamoa 14 ta futzalchini yakuniy qaydnomaga kiritishi kerak, jumladan 1tarkibda 2 ta darvozabon milliy terma jamoaning qaydnomasiga kiritilgan boʻlishi kerak. Futzalhilar Millliy terma jamoasining fuqoroligiga ega boʻlishi shart.

Stadion tahrir

Futzal boʻyicha 17-Osiyo oʻyinlari Kuvayt poytaxti El-Kuvaytning Saad Al Abdullah Hall oʻyingohida boʻlib oʻtadi.

Osiyo kubogi tarixi tahrir

Futzal boʻyicha Osiyo kubigi 1996-yildan buyon muntazam ravishda oʻtkazib kelinadi. Ilk qitʼa chemponati 1996-yilda Malayziya davlatida oʻtkazilgan ushbu qitʼa chempionatida finalida Eron Janubiy Koreyani 9-1 hisobda magʻlub etib ilk chempion boʻlgan. Futzal boʻyicha Osiyo kubigida   Eron ,   Oʻzbekiston va   Yaponiya milliy terma jamoalari muntazam ravishda ishtirok etgan. Osiyo kubigida faqatgina ikkita milliy terma jamoa chempion boʻlgan (  Eron va   Yaponiya )[8]. Musobaqa 1996-yildan 2008-yilga qadar har yili oʻtkazilgan, 2008-yil Tailanddagi chempionatdan har ikki yilda bir marotabo oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2020-yil qitʼa chempionatiga Turkmaniston mezbonlik qilishi kerak boʻlgan, ammo COVID-19 pandemiyasi sabab musobaqa oʻtkazilmagan.

Manbalar tahrir