5-Minute Crafts
5-Minute Crafts — bu TheSoul Publishing kompaniyasiga tegishli, asosan, DIY uslubidagi videolar yuklaydigan YouTube kanal[1][2][3]. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, 5-Minute Crafts youtubedagi 13-eng koʻp obunachiga ega sahifa[4]. Kanal Facebookda ham obunachilar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallab turibdi. Sahifa Kipr Respublikasining Limasol shahridan turib yuritiladi.
5-Minute Crafts | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
YouTube maʼlumoti | ||||||||||||||||
Kanal | ||||||||||||||||
Yaratuvchi | TheSoul Publishing | |||||||||||||||
Faoliyat yillari | 2016–hozirgacha | |||||||||||||||
Janr | ||||||||||||||||
Obunachilar | 80.1 million | |||||||||||||||
Jami koʻrishlar | 26.2 milliard | |||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Yangilangan 7-yanvar, 2023-yil |
Video formati
tahrir5-Minute Craftsning YouTubedagi videolari avval Instagram yoki Facebookda joylangan videolar jamlanmasidir[5][6].
Kanal mazmuni asosan hunarmandchilik va life hackga oid videolardan iborat boʻlib, how-to formatida va vaqti-vaqti bilan ilmiy tajribalardan iborat. Kanal videolarida kamera obyektlar joylashgan stolga qaratiladi va kadrda faqat odamning qoʻllari paydo boʻladi va bu obyektlar yordamida kontent yaratiladi[7].
Tarixi
tahrirTheSoul Publishing rossiyalik tadbirkorlar Pavel Radayev va Marat Muxametov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, 5-Minute Craftsdan oldin AdMeni ishga tushirgan va ijtimoiy media kontentini yaratish boʻyicha tajribaga ega jamoa edi[2][8]. 2017-yil mart oyida Bright Side nomi ostida YouTube kanal ochdi[9][10]. 5-Minute Crafts esa 2016-yil 15-noyabrda TheSoul Publishing tomonidan YouTube platformasida roʻyxatdan oʻtkazildi[11].
Ertasi kuni kanalning birinchi „5 essential DIY hacks that you need to know“ nomli videosi yuklandi[12].
2017-yilda kanal obunachilari va videolarda koʻrishlar soni tez surʼatda oʻsishni boshladi. Mic media kompaniyasi tomonidan 2017-yil iyun oyida chop etilgan maqolada 5-Minute Crafts 4 milliondan ortiq obunachi toʻplagani qayd etilgan[13].
2017-yilning oktyabr oyidan boshlab 5-Minute Crafts global hisoblangan arab, nemis, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, niderland, italyan, rus va koreys tillarida videolar chiqarishdi boshladi.
2018-yil aprel oyida Tubefilter YouTubeda bahorgi tozalikni oʻz ichiga olgan videolarga oid trendni yoritib, 5-Minute Crafts ishtirokiga alohida toʻxtatilib oʻtdi[14].
Noyabr oyiga kelib, Vox 5-Minute Crafts oʻsha paytdagi 10 milliarddan ortiq video koʻrishlar va 40 million obunachi bilan YouTubedagi eng koʻp obunachiga ega beshinchi kanal sifatidagi reytingini taʼkidlab, „juda muvaffaqiyatli kanal“ deya taʼrifladi[2].
Kanal muvaffaqqiyatiga 2018-yil dekabr oyida bir hafta davomida videolari 238 milliondan ortiq koʻrilgani ham asos boʻla oladi[1].
2020-yil may oyida 5-Minute Crafts Pinterest da oʻzining birinchi ingliz tilidagi kanalini ochdi[15].
2020-yil iyul oyida 5-Minute Crafts Mattel bilan birga baʼzi kompaniyalar uchun hamkorlikda videolar oldi[16].
2021-yil noyabr oyida kanal YouTubeda oʻzining 5 yilligini nishonlayotganida kanalda 1,7 milliard soatdan ortiq tomosha va 21 milliard koʻrishlar soniga erishgan edi[17].
2021-yil 18-noyabrida Variety 5-minute Crafts oilasi YouTube Shorts boʻyicha 433 millionga yaqin koʻrishlar soni bilan eng yuqori kanal ekanligini izohladi[18].
2022-yil yanvar holatiga koʻra, kanal 75,4 million obunachiga ega boʻlib, YouTube tomonidan boshqarilmaydigan eng koʻp obunachiga ega boʻlgan oʻn birinchi kanal hisoblanadi[4].
DIY yoʻnalishiga koʻproq eʼtibor qaratgan holda, 5-Minute Crafts oʻz videolarini Pinterestda tarqatish uchun moslashtira boshladi. Faoliyatini ingliz, ispan va portugal tillarida yaratishdan boshlagan 5-Minute Craftsning Pinterest bilan qilgan bu hamkorligi The Drum Awards for the Digital Industries 2021 tomonidan eʼtirof etildi va „Best use of Pinterest“ mukofotiga sazovor boʻldi[19].
Tanqid
tahrirKanal noodatiy va potentsial xavfli life hacklari hamda klikbeytdan faol foydalanishi sababli tanqidga uchradi[2][20][21][22]. Vox 5-Minute Crafts-ni „gʻalati“ deb ta’riflab, uning videolarini „hech kim takrorlay olmaydigan yoki takrorlamasligi kerak boʻlgan DIY videolar“ deb ta’rifladi va kanalning klikbeytdan koʻp foydalanayotganini tanqid qildi[2].
Mashable kanal videolarini „bemaʼni“ va ehtimol trollingning bir koʻrinishi deb taʼriflab, tuxumni sirkaga botirgandan soʻng chinor siropi uni „avvalgidan kattaroq“ qilishini koʻrsatadigan videoni ajratib koʻrsatdi[20].
BBCning Click nashri 5-Minute Craftsni „fake kitchen hacks“ videosi uchun tanqid qildi: videoda makkajoʻxori mikrotoʻlqinli pechda pishirilganda popkorn ishlab chiqargan videodagidek emas, balki boshoq faqat isitilganini aytgan edi[21].
How to Cook That YouTube kanali yurutuvchisi Ann Reardon 5-Minute Craftsni klikbeyt retsept kanallar roʻyhatiga qoʻshib, „pishirish olamining soxta yangiliklari“ deb taʼriflagan va kanaldagi bir nechta videolarini tekshirgan. Xususan, u „oq qulupnay“ hosil qilish uchun qulupnayni oqartiruvchi moddaga namlangani tasvirlangan videoni tanqid qilib, bunday qulpnayni yeyishi xavfli boʻlishini aytgan[21]. Bunday tanqidlardan soʻng kanal bu mazmundagi videolar ishlashni toʻxtatgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Cohen, Joshua „Top 50 Most Viewed YouTube Channels Worldwide • Week Of 12/9/2018“. Tubefilter (2018-yil 12-dekabr). 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Jennings, Rebecca „YouTube is full of cringey, clickbait DIY channels. They're even weirder than you think.“. Vox (2018-yil 12-noyabr). 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ „Privacy Policy“. Bright Side. TheSoul Publishing. 2019-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Top 100 YouTube Channels sorted by Subscribers“. Social Blade. 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
- ↑ Sarmmah, Surupasree „'Life hack' videos gain in popularity among youth“. Deccan Herald (2018-yil 1-aprel). 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ Decaille, Nia. „These 'how to' videos on YouTube won't teach you how to be a better adult. But they're not supposed to.“ (2019-yil 21-mart). 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ Horwitz, Jeff. „Why Life Hack Videos Seem Too Good to Be True. (They Are)“ (en-US). Wall Street Journal (2019-yil 9-oktyabr). 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-dekabr.
- ↑ Агаджанов, Максим „Создатели AdMe.ru запускают англоязычный проект“ (ru). Хабр (2015-yil 1-iyul). 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-iyun.
- ↑ Kaplan. „The Biggest Social Media Operation You've Never Heard of Is Run Out of Cyprus by Russians“. Lawfare (2019-yil 18-dekabr). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ Jennings. „Why YouTube is riddled with bizarre DIY videos“. Vox (2018-yil 12-noyabr). 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ „5-Minute Crafts – YouTube about page“. 5-Minute Crafts. YouTube. 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ „5-Minute Crafts First Video Ever“. Youtuber Magazine (2018-yil 22-aprel). 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ Wile, Rob „9 smart things to buy as an investment in your future“. Mic (2017-yil 29-iyun). 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ Klein, Jessica „"Clean With Me" Videos Peak On YouTube Ahead Of Springtime“. Tubefilter (2018-yil 11-aprel). 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
- ↑ „Building successful multi-channel social media strategies during COVID-19 -“ (en-US) (2020-yil 11-iyun). 2020-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Barbie Shows Off Her COVID-19 Craft Projects“ (en). www.mediapost.com. 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
- ↑ „5th Anniversary for 5-Minute Crafts - YouTube phenomenon with over 333+ million views“ (de). www.pressebox.de. 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
- ↑ Donnelly, Matt. „Digital Studio TheSoul Publishing Dominating in Viewership for Newly Launched YouTube Shorts“. Variety (2021-yil 18-noyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ „The Soul Publishing on crafting a DIY Pinterest strategy to boost brand awareness“. The Drum. 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
- ↑ 20,0 20,1 Anderson, Sage. „Bizarre DIY video makes an egg that's 'bigger than before' and the internet asks — why?“. Mashable SEA. 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 „The fake 'kitchen hacks' with billions of views“. BBC News. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ McCluskey, Megan. „This '5-Minute Craft' YouTube Channel Is Captivating the Masses With Its Eccentric DIY Projects“. Time (2019-yil 4-sentyabr). 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.