Aʼzam Kamolov
Aʼzam Kamolov (1912-yil; Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1971-yil 14-oktyabr; Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – bastakor, sozanda, dirijyor. Tojikiston SSR xalq aktyori[1].
Aʼzam Kamolov | |
---|---|
Tavalludi |
1912-yil |
Vafoti |
14-oktyabr, 1971-yil Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirAʼzam Kamolov 1912-yilda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 1947-yil Moskva konservatoriyasiga oʻqishga qabul qilingan. U 1927-yil „Sanʼat ixlosmandlari“ sozandalar guruhiga asos solgan. Aʼzam Kamolov 1930-yildan 1932-yilgacha Samarqand viloyati musiqa va drama teatrida dirijyor boʻlib ishlagan. 1932-yildan 1935-yilgacha esa Samarqand yahudiylar musiqali teatrida dirijyor sifatida faoliyat yuritgan. 1935-yildan 1938-yilgacha Tojikiston davlat drama teatrida bosh dirijyor sifatida ishlagan. Aʼzam Kamolov 1950-yildan 1971-yilgacha Tojikiston xalq musiqasi orkestrida sozanda boʻlib faoliyat yuritgan. U 1971-yilning bahor faslida Tojikiston Vazirlar Kengashi huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangan. Aʼzam Kamolov 1971-yil 14-oktyabrda Tojikiston SSRning Dushanbe shahrida vafot etgan.
Ijodi
tahrirAʼzam Kamolov 1929-yilda teatrda oʻz faoliyatini boshlagan. U Toshkent va Samarqand shaharlaridagi teatrlarda dirijyorlik qilgan. Faoliyati davomida, Halima Nosirova va Tamaraxonim kabi ijodkorlar bilan tanishib, birgalikda ishlagan. Kamolov 1936-yili Tojikistonga koʻchib borib, teatrlardagi turli kuylarni bastalagan[2]. U 1941-yil Moskvada boʻlib oʻtgan tojik musiqalari festivalida faol ishtirok etganligi uchun, „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan. Aʼzam Kamolov 1942-yilda ijodiy safar bilan Eronga borgan. Muvaffaqiyatli dirijyorlik faoliyati uchun jamoadoshlari uni „Oltin qoʻlli Aʼzam“ deb eʼtirof etishgan. Naʼmunali faoliyati uchun Aʼzam Kamolov „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ bilan mukofotlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Аъзам Камолов“. pressa.tj. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Musiqayi Azamiy Kamol“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.