Ishtirokchi klublarning taqsimlanishi
tahrir
AFC ushbu musobaqaga assotsiatsiyalardan qatnashadigan jamoalarni taqsimlashda oʻtgan yilgi Osiyo chempionlar ligasida qatnashgan oʻrniga qarab bu galgi chempionatga ham oʻrin ajratdi va oxirgi qurʼa tashlash 2013-yilning 26-noyabrida boʻlib oʻtdi.[2]
AFC Musobaqa Qoʻmitasi 2013-yilning 12-martida 2014-yilgi chempionlar ligasi uchun quyidagi kriteriyalarni taqdim etdi.[3]
- Osiyoning eng kuchli 23ta assotsiatsiyalari tanlab olindi va AFC reytingiga qarab, ular tomonidan qatnashadigan klublar toʻgʻridan toʻgʻri yoki oʻtish bahslarida orqali oʻz kuchlarini sinashadi va saralab olinadi.[4] Klublarni joylash, saralab olish AFC reytingini baholashi orqali amalga oshiriladi.
- Har ikki Gʻarb va Sharq mintaqalarida 14 tadan jamoalar bevosita va qolgan 2 tadan jamoalar esa oʻtish bahslarida kuch sinashib saralab olinadi.
- Har ikki Gʻarb va Sharq mintaqalaridan eng yuqori, 600 ochkodan yuqori toʻplagan 5 assotsiatsiyadan klublar guruh bahslaridan bevosita ishtirok etish huquqiga ega boʻlishadi, qolgan standartlarga javob bergan assotsiatsiya vakillari kamida oʻtish bahslarida saralab olinadi. Quyidagi kriteriyalar keyingi ikki yilgi chempionlar ligasi sxemasida ham qoʻllanadi.[5]
- Gʻarb va Sharq mintaqasidagi toʻliq standartli 2 ta assotsiatsiyalari bevosita 4 tadan joy olishdi.
- Reytingdagi uchinchi assotsiatsiya 3 ta bevosita va 1 ta oʻtish bahsi uchun joy oldi.
- Reytingdagi toʻrtinchi assotsiatsiya 2 ta bevosita va 2 ta oʻtish bahslari uchun joy oldi.
- Reytingdagi beshinchi assotsiatsiya 1 ta bevosita va 2 ta oʻtish bahslari uchun joy olishdi.
- Reytingdagi oltinchi va oʻn birinchi assotsiatsiyalar 1 tadan oʻtish bahslarida omadini sinashadi.
- Assotsiatsiyalar berilgan oʻrinlar har bir assotsiatsiyalarning ichki chempionatidagi birinchi darajali musobaqadan bir-uch oʻrinli klublar hamda ikkinchi darajali chempionat gʻolibi olinadi. (masalan: Oʻzbekistondan uchta klub ishtirok etishsa shulardan ikkitasi Oliy liga birinchi va ikkinchi oʻrinli klubi hamda Oʻzbekiston kubogi gʻolibi ishtirok etishadi)
- Shuningdek AFC kubogi gʻolibi hamda ikkinchi oʻrinini olgan klublar ham keyingi yilgi chempionlar ligasi oʻtish bahslarida ishtirok etish uchun kuchini ham sinab koʻradi.
AFC Maʼmuriy Qoʻmitasi 2013-yilning 26-noyabrida 2014-yilgi Osiyo chempionlar ligai uchun ajratilgan oʻrinlarni maqul deya topdi.[6][7]
AFC 2014 Chempionlar ligasi uchun baholash
|
|
Mezonlarga javob beradi (600 ochkodan yuqori)
|
|
Mezonlarga javob bermaydi, ammo imkoniyat berilgan
|
|
Baholanmagan, ammo imkoniyat berilgan
|
- Ilovalar
- ^ a b c Oʻtish bahslari ishtirokchisi Hindiston Sharqiy Osiyo Mintaqasiga koʻchirildi.
- ^ Quvayt oʻtish bahslari uchun ikkita oʻrin oldi chunki Al-Quvayt va Al-Qodisiya klublari oʻtgan yilgi AFC kubogi gʻolibi hamda ikkinchi oʻrinlarini olishgan edi.[7][8]
Quyidagi klublar chempionatga kiritildi.
Quyidagi jadvalda klublarning Umumiy ishtiroki va Oxirgi ishtiroki 2002 va 2003-yilgi chempionatdan boshlab sanaldi (sarlash bosqichi ham hisoblanadi), yani Chempionlar ligasi nomi ostida faoliyat yuritilgandan beri.
- Izohlar
- ^ Bahrayn (BHR): Al-Hidd klubi musobaqa talablariga javob berganligi sababli Osiyo chempionlar ligasiga tanlab olindi.[9]
- ^ Hindiston (IND): Pune klubi musobaqa talablariga javob berganligi sababli Osiyo chempionlar ligasiga tanlab olindi.[10]
Lua xatosi in Modul:Location_map/multi at line 27: Unable to find the specified location map definition: "Module:Location map/data/AFC" does not exist.
Musobaqa jadvali quyidagicha (barcha qurʼa marosimi Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi AFC shtab-kvartirasida boʻlib oʻtdi).[11]
Bosqich
|
Tur
|
Qurʼa kuni
|
1-uchrashuv
|
2-uchrashuv
|
Oʻtish bahslari
|
1-round
|
N/A
|
2-fevral 2014
|
2-round
|
8-fevral 2014
|
3-round
|
15-fevral 2014
|
Guruh bahslari
|
1-tur
|
10-dekabr 2013[12]
|
25–26-fevral 2014
|
2-tur
|
11–12-mart 2014
|
3-tur
|
18–19-mart 2014
|
4-tur
|
1–2-aprel 2014
|
5-tur
|
15–16-aprel 2014
|
6-tur
|
22–23-aprel 2014
|
Pley-off bahslari
|
Nimchorak final
|
6–7-may 2014
|
13–14-may 2014
|
Chorak final
|
Noaniq
|
19-20-avgust 2014
|
26-27-avgust 2014
|
Yarim final
|
16-17-sentyabr 2014
|
30-sentyabr-1-oktyabr 2014
|
Final
|
25-oktyabr 2014
|
1-noyabr 2014
|
2013-yilning 25-noyabrida AFC Musobaqalar Qoʻmitasi musobaqaning final uchrashuvi ikki uchrashuvdan (mezbon va uy uchrashuvi) iborat ekanligini takidladi,[3][13] hamda Sharq va Gʻarb mintaqasiga boʻlib oʻynatish keyingi uch yilda ham qoʻllanadi.[14]
Oʻtish bahslarida klublar uchun jadvalni AFC taminlab berdi, reytinda yuqori ochkoga ega boʻlgan assotsiatsiyalar ushbu bosqichda kechroq oʻyinlarga kirishishdi.[7] Bitta assotsiatsiyadan boʻlgan klublar ushbu bosqichda roʻbaroʻ kelmaydi.[15] uchrashuvlar bitta oʻyin bilan gʻolib aniqlanadi, reytingdagi yuqori oʻrinni olgan klub uyida oʻyin oʻtkaziladi, asosiy vaqtda gʻolib aniqlanmasa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham aniqlanmasa penaltilar seriyasini amalga oshirish orqali gʻolib aniqlanadi. Oʻtish bahslarining 3 ta round boʻyicha gʻoliblari guruh bosqichiga yoʻllanma olib 28 ta klubga qo'shiladi va 32 ta oʻrin toʻldiriladi, oʻtish bahslarida oʻtolmagan 4 ta jamoa esa AFC kubogi 2014 guruh bosqichida musobaqasida oʻz omadini sinab koʻradi.[1]
Guruh bahslari uchun qurʼa tashlash marosimi 2013-yilning 10-dekabrida soat 16:00 (UTC+8)da AFC qarorgohi boʻlmish Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtdi.[16]
Tanlangan 32ta klub 8ta guruhga 4tadan joylashtirildi va bitta assotsiatsiyadan qatnashgan klublar bitta guruhga tushmaydi.
32ta klublarning 28tasi toʻgʻridan toʻgʻri qurʼa jarayonida ishtirok etishdi, 4ta jamoa esa oʻtish bosqichida saralab olindi. Shu tariqa 32ta klublar (16ta Gʻarbiy Mintaqa, 16ta Sharqiy Mintaqa)guruhlarga ajratildi.
Guruh bosqichida, guruhlar uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadilar. Har bir guruhning birinchi va ikkinchi oʻrinlari pley-off bosqichiga yoʻllanma oladi.
Jamoalar reytingi ochkolar hisobiga (gʻalaba 3 ochko, durang 1 ochko va magʻlubiyat 0 ochko) joylashtiriladi. Agar ochkolar boʻyicha aniqlanmasa, taybreyklar quyidagicha hal qilinadi:[1]
- Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda olingan eng yuqori ochkolar soni;
- Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda olingan toʻplar nisbati;
- Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda kiritilgan eng koʻp gollar soni (safar goli qiymatga ega emas);
- Barcha guruh bahslarida olingan toʻplar nisbati;
- Barcha guruh bahslarida eng koʻp kiritilgan gollar soni;
- Penaltilar tepsihadi agar har ikki jamoa maydonda oʻynayotgan boʻlsa;
- Barcha guruh bahslarida eng kam olingan sariq va qizil kartochkalar soni (1 ochko sarqi kartochka uchun, 3 ochko qizil kartochka uchun shuningdek 2 ta sarqi kartochkaga ham, 4 ochko 1 sariq va 1 qizil kartochka uchun) boʻyicha;
- Qurʼa orqali.
- Taybreyklar
- Bunyodkor va Al Jaish ochkolar hamda toʻplar nisbati boʻyicha teng keldi va urilgan toʻplar hisobiga reyting tuzildi.
- Taybreyklar
- Al-Ahli va Sepahon toʻplar nisbati boʻyicha reytingga joylashtirildi.
- Taybreyklar
- Central Coast Mariners va Beijing Guoan ochkolar soni teng boʻldi va toʻplar nisbati boʻyicha reytingga joylashtirildi.
- Taybreyklar
- Jeonbuk Hyundai Motors va Melbourne Victory FC jamoalari ochkolari soni bir xil keldi va reytingda joylashtirish uchun toʻplar nisbatiga qaraldi.
- Taybreyklar
- Western Sydney Wanderers va Kawasaki Frontale jamoalari ochkolari soni bir xil keldi va reytingda joylashtirish uchun toʻplar nisbatiga qaraldi.
Pley-off bosqichida, 16ta klub olimpiada sistemasi boʻyicha bellashadi. Jamoalar bu bosqichda uy va safar uchrashuvlari orqali bellashadi. Agar kerak boʻlib qolsa, safar toʻpi qiymati, qoʻshimcha vaqt (safarda urilgan gol qiymatga ega emas) va penaltilar seriyasi orqali gʻolib aniqlanadi.[1]
Nimchorak finalda, guruh gʻoliblari mintaqadosh boʻlgan boshqa guruhning ikkinchi oʻrini bilan oʻynaydi, guruh gʻoliblari, ikkinchi uchrashuvda mezbonlik qilishadi.[1]
Chorak finali uchun qurʼa tashlash jarayoni 2014-yilning 28-mayida boʻlib oʻtdi.[17]. Bu qurʼaga koʻra, finalgacha klublar faqat oʻzining mintaqasidagi jamoa bilan oʻynaydi, “davlat himoyasi” qonuniga binoan: agar, bitta assotsiatsiyadan ikkita klub qolgan boʻlsa, chorak finalda ular bir biri bilan oʻynamaydi.
Ilova: Oʻtish bosqichidagi gollar hisoblanmaydi.[18]
Manba:[19][20]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „AFC Champions League 2014 Competition Regulations“ (PDF). AFC.
- ↑ „Decision by Competitions Committee & Executive Committee for AFC Club Competitions“ (PDF). AFC.
- ↑ 3,0 3,1 „ACL base widened from 2014“. AFC (12-mart 2013-yil).
- ↑ „AFC MA Ranking by Technical Standard“ (PDF). AFC.
- ↑ „Manual for points systems & decision method for AFC Champions League participation“. AFC (16-mart).
- ↑ „AFC ExCo okays ACL slots, format“. AFC (26-noyabr 2013).
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „AFC Champions League 2014 and AFC Cup 2014 Competition Format - AFC Champions League & AFC Cup Play-off“. Asian Football Confederation. Vietnam Professional Football (28-noyabr 2013). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel. (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „الفهد وعقلة يطالبان الجماهير بالوقوف مع «الأصفر» و«الأبيض» للظفر ببطاقتي التأهل إلى دوري الأبطال“ (Arabcha). Al Rai (27-noyabr 2013). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel. (Wayback Machine saytida 2013-12-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Bahrain get AFC Champions League qualifying slot“. Gulf Daily News (29-noyabr 2013). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel.
- ↑ „Pune FC to play AFC Champions League play-off“. Goal.com (26-noyabr 2013). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel. (Wayback Machine saytida 2016-11-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „AFC Calendar of Competitions 2014“ (PDF). AFC.
- ↑ „Media accreditation open for Official Draws of 2014 AFC Champions League and AFC Cup“. International Sports Press Association.
- ↑ „Focus on ACL stability“. AFC (11-mart).
- ↑ „ACL: East vs West final proposed“. AFC (25-noyabr 2013).
- ↑ „ACL Playoff Picture complete“. AFC (10-dekabr 2013).
- ↑ „AFC Champions League 2014 Group Stage draw“. AFC (10-dekabr 2013).
- ↑ „Holders Guangzhou face Australian debutants“. AFC (2014-yil 28-may).
- ↑ „Top Goal Scorers (by Stage) – 2014 AFC Champions League Play-off“. AFC.com.
- ↑ „Top Goal Scorers (by Stage) – 2014 AFC Champions League Group Stage“. AFC.com.
- ↑ „Top Goal Scorers (by Stage) – 2014 AFC Champions League Knock-out Stage“. AFC.com.