Abad (arab. — soʻnggi yoʻq, mangulik) — 1) doimiy, yaʼni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi. Abaddan „abadiy“, „abadiylik“, „abadiyat“, „abado“ kabi soʻz atamalaridan yasalgan. Ular „nihoyasi yoʻq“, „cheksiz“, „cheksizlik“, „zavolsiz“ kabi falsafiy, ilmiy tushuncha va maʼnolarni ifodalaydi. Abadning ziddi „azal“. Azal — eng avvalgi davr, ibtidosi boʻlmagan oʻtgan zamon"; 2) mangu (oʻlimsiz) hayot, abadiylik. Islom dini taʼlimotiga koʻra, „abadiylik“ tushunchasi avvalo Allohga tegishlidir degan maʼnoni bildirgan. Oxiratdagi jannat va doʻzax axli ham abadiylikka mansubdir degan maʼnoni beradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil