Abasa surasi
Abasa (arab, abasa — qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) — Qurʼonning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (as) Qurayshzodagonlaridan bir guruhini islomga daʼvat qilib turganida Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ikki ko‘zi ko‘r bir sahoba kelib: "Yo rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan taʼlim bering", deb so‘raydi. Payg‘ambarning boshqalar bilan band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz bilan bir necha bor takrorlaydi. Shunda payg‘ambar achchig‘lanib, qovoq soldi va u kishidan yuz o‘girib Quraysh kattalari bilan so‘zlashda davom etdi. Abasa surasi ko‘zi ojiz bir kishiga ro‘yxush bermagan payg‘ambarga tanbeh berish bilan boshlanadi (shuning uchun ham bu sura "Abasa" deb nomlangan) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qurʼon oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi taʼkidlanadi. Bu surada Alloh o‘z habibi va so‘nggi payg‘ambariga bergan tanbehi do‘stning do‘stga qiladigan beg‘araz muomalasi sifatida talqin etilgan[8].
Abasa surasi — سورة عبس | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Qosh chimirdi[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 585–586[4] | ||||||||||||
Juz | 30 | ||||||||||||
Sura raqami | 80 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 42 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 24[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
ABASA SURASI (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
Keyingisi: Takvir surasi | 80-sura — arabcha matni | Oldingisi: Naziat surasi |