Abbie Mary McManus (talaffuzi: Ebbi Makmanus; 1993-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Angliya ayollar superligasining „Leicester City“ klubida va Angliya ayollar terma jamoasida himoyachisi sifatida oʻynaydi. 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoada Angliyani himoya qilgan.

Abbie McManus
McManus Fransiya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abbie Mary McManus[1]
Tavallud sanasi 14-yanvar 1993-yil (1993-01-14) (31 yosh)
Tavallud joyi Prestwich, Angliya[2]
Boʻyi 5 feet 8 inches (1.72 m)[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Bury Girls
Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2013 Manchester City 67 (6)
2013-2014 Sheffield FC 13 (1)
2014-2019 Manchester City 60 (2)
2019-2021 Manchester United 16 (0)
2021Tottenham Hotspur (ijara) 10 (0)
2021- Leicester City 19 (1)
Milliy terma jamoa
2016 Angliya U23 6 (0)
2018- Angliya 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 11-mart uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyat davri va Manchester City tahrir

Prestvichda tugʻilgan McManus akasi Scott bilan futbol oʻynashni boshlagan. U oʻgʻil bolalar jamoasiga, keyin Bury Girls jamoasiga qoʻshildi va u yerda 2008-yilda 16 yoshgacha boʻlganlar orasida eng yaxshi futbolchi deb topildi[3]. FA Ayollar Premer-ligasi Nothern Divizion klubi Manchester City bilan shartnoma imzoladi va 2011-12-yillarda Ligada gʻolib chiqishdi.

Sheffield FK tahrir

2013-yil avgust oyida McManus „Sheffield“ klubiga oʻtdi va klubdagi bir mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushdi, Sheffild Angliya Premer-ligasi Shimoliy liga chempionligini qoʻlga kiritdi[4].

Manchester Cityga qaytish tahrir

Shayx Mansur tomonidan homiylik qilingan „Manchester City“ 2014-yilda FA WSL franshizasi uchun muvaffaqiyatli taklif qilganida, McManus klubga qaytdi. 2014-yilning may oyida „ Etihad Stadium“da Evertonga qarshi oʻyinda „Manchester City“ safida debyut qilgan[5]. Klubdagi birinchi golini 2014-yilgi WSL kubogida "Liverpool "ga qarshi oʻyinda kiritdi[6]. Jamoa finalda „Arsenal“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, WSL kubogini qoʻlga kiritdi[7].

2015-yil aprel oyida u 2015-16-yilgi Angliya ayollar kubogida ishtirok etdi[8]. „Manchester City“ yarim finalda „Chelsea“ga magʻlub boʻldi[9].

 
McManus (pastki qator, markazda) UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasidagi Manchester City va SKN Sent-Poelten oʻrtasidagi oʻyin oldidan, 2017-yil oktyabr

2016-yil avgust oyida toʻpigʻidan jarohat oldi va bu unga FA WSL 2016 mavsumining qolgan qismida oʻynashga toʻsqinlik qildi[10]. 2016-yilning dekabrida u yana „Manchester City“ bilan shartnoma imzoladi[11]. 2017-yilda UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi debyutini „Manchester City“  „Fortuna Hjørring“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻtkazdi[12][13]. Abbie 2018-yilning iyun oyida „Manchester City“ bilan shartnomasini uzaytirishga rozi boʻldi[14].

Manchester United tahrir

2019-yilning 17-may kuni McManus jamoada jami 12 yil oʻtkazganidan keyin „Manchester City“ni tark etishini eʼlon qildi[15]. Bir hafta oʻtgach esa 2019-20-yilgi mavsum oldidan „Manchester United“ klubiga oʻtishi eʼlon qilindi[16][17]. McManus 2019-yil 7-sentyabr kuni FA WSL doirasida „Manchester City“ga qarshi „Manchester United“ safida debyut qildi, ilk Manchester derbisida 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[18]. Abbie klubdagi ilk golini 2020-yil 15-yanvarda Liga kubogi chorak finalida „Brighton & Hove Albion“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida urdi[19]. 2020/21-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin „United“ni tark etdi[20].

„Tottenham“ga ijara tahrir

2021-yil 21-yanvarda McManus mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Tottenham“ga oʻynadi[21].

Leicester City tahrir

2021-yil 27-iyulda McManus FA WSLdagi birinchi mavsumi oldidan Ligaga yangi koʻtarilgan Leicester City bilan shartnoma imzoladi[22].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

2018-yil fevral oyida McManus Asda supermarketida tuxum sotib olayotganida telefon qoʻngʻirogʻi boʻldi va unga Angliya terma jamoasiga birinchi chaqiruvi haqida xabar berishdi[23]. Turnirning ochilish oʻyinida, Fransiya ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda McManus 14-daqiqada Anita Asantening oʻrniga maydonga tushdi[24].

 
McManus (chapda) 2019-yil iyun oyida Angliya terma jamoasida

U Angliya terma jamoasining 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokidagi oʻz oʻrnini saqlab qoldi[25].

2019-yil fevral oyida McManus oʻzining ketma-ket ikkinchi SheBelievesga chaqirildi va ikki oʻyinda maydonga tushdi, Angliya birinchi marta turnirda gʻolib chiqdi[26].

2019-yil iyun oyida McManus Angliya terma jamoasining 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibidan joy oldi. Uchta oʻyin oʻtkazdi, Angliya yarim finalga chiqdi[27].

Shaxsiy hayoti tahrir

Abbiening akasi Skott McManus ham futbolchi boʻlib, oxirgi marta ligada boʻlmagan Coalville Town jamoasida oʻynagan[28].

Abbiening doʻsti — GB milliy gandbolchisi va sobiq London 2012 Olimpiadachisi Holly Lam-Moores[29].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klublarda tahrir

18:37, 24-may, 2022-yilgi (UTC) vaqt boʻyicha.[30]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga FA kubogi Liga kubogi Yevropa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Manchester City 2009-10[31] WPL Northern 12 0 0 0 1 0 13 0
2010-11[32] 20 2 0 0 0 0 20 2
2011-12[33] 18 2 0 0 1 0 19 2
2012-13[34] WPL National 17 2 0 0 3 0 20 2
Jami 67 6 0 0 5 0 72 6
Sheffield FC 2013-14[35] WPL Northern 13 1 0 0 3 0 16 1
Manchester City 2014 WSL 1 12 0 0 0 6 1 18 1
2015 7 0 0 0 5 0 12 0
2016 9 0 3 0 0 0 0 0 12 0
2017 3 0 0 0 4 0 7 0
2017-18 16 2 1 0 7 0 8 0 32 2
2018-19 WSL 13 0 1 0 5 0 2 0 21 0
Jami 60 2 5 0 23 1 14 0 102 3
Manchester United 2019-20 WSL 11 0 1 0 6 1 18 1
2020-21 5 0 0 0 2 1 7 1
Jami 16 0 1 0 8 2 0 0 25 2
Tottenham Hotspur 2020-21 WSL 10 0 2 0 0 0 12 0
Leicester City 2021-22 WSL 19 1 2 0 3 0 24 1
Jami faoliyati 185 10 10 0 42 3 14 0 251 13

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

  • FA Ayollar Premer-ligasi Shimoliy divizioni : 2011-12
  • FA WSL : 2016[36]
  • FA Ayollar kubogi : 2016-17, 2018-19[37][38]
  • FA WSL kubogi : 2014, 2016, 2018-19[39][40][41]

Sheffild

  • FA Ayollar Premer-ligasi Shimoliy divizioni : 2013-14

Xalqaro tahrir

Angliya

  • SheBelieves kubogi: 2019[42]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „FIFA Women's World Cup France 2019 List of Players – England“. FIFA (2019-yil 27-may). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-may.
  2. „Women's World Cup 2019: Mapping England's Lionesses squad“. BBC Sport (2019-yil 2-iyul). Qaraldi: 2019-yil 6-sentyabr.
  3. „Presentation Evening 2008“. Bury Girls F.C.. 2008-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  4. „Abbie McManus“. Sheffield F.C. Ladies. Qaraldi: 2019-yil 10-mart. [sayt ishlamaydi]
  5. „Abbie McManus“. Manchester City. 2019-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  6. Carroll. „Liverpool Ladies May Round-Up – Highs and lows so far“. This is Anfield (2014-yil 1-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  7. „Man City Edge Conti Cup Encounter with Reds“. England Football Association (2015-yil 30-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  8. Lynch. „Man City Women draw Chelsea in FA Cup semi-finals“. Manchester Evening News (2015-yil 13-aprel). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  9. Garry. „FA Women's Cup: Chelsea Ladies 1–0 Manchester City Women“. BBC (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  10. „Abbie McManus: Manchester City defender ruled out for season“. BBC (2016-yil 2-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  11. „Man City Women duo sign new deals with the club“. Manchester Evening News (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  12. „Fortuna Hjørring 0–1 Manchester City“. soccerway.com. Soccerway (2017-yil 23-mart). Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  13. Garry. „Man City bid for Champions League semi spot“. BBC (2017-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 30-mart.
  14. „Abbie McManus: England defender signs new Manchester City contract“. BBC Sport (2018-yil 22-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  15. Oatway. „Abbie McManus leaves City“. www.mancity.com. Manchester City (2019-yil 17-may).
  16. „Abbie McManus: England defender joins Manchester United Women after Manchester City exit“ (en). BBC (2019-yil 24-may).
  17. „Abbie McManus agrees to sign for Manchester United Women“. www.manutd.com.
  18. Sanders. „Manchester City Women 1–0 Manchester United Women: Weir seals win in front of record WSL crowd“. BBC Sport (2019-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
  19. „Man Utd Women 2–1 Brighton Women match report 15 January 2020“. www.manutd.com.
  20. (2021-yil 26-iyul). „Abbie McManus departs United Women“. Press-reliz.
  21. „Abbie McManus joins Tottenham on loan“. www.manutd.com.
  22. „Abbie McManus Signs For LCFC Women“. www.lcfc.com.
  23. „Egg-cellent Abbie“. The Football Association (2018-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  24. Edwards, John. „McManus: England debut means everything“. Manchester City F.C. (2018-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  25. Lavery, Glenn. „Defender Abbie McManus eyes regular spot in England squad“. The Football Association (2018-yil 5-iyun). Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  26. Oatway. „Houghton leads England to SheBelieves glory“. www.mancity.com.
  27. McManus, Abbie. „Abbie McManus honoured to be a member of England's defensive unit in France“. The Football Association (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 24-iyun.
  28. „Ravens Swoop For Halifax Defender – News – Coalville Town Football Club“ (en). www.pitchero.com.
  29. „'In it to win it: Hear Them Roar'“. OK! (2019-yil 18-iyun), s. 49.
  30. „Abbie McManus player profile“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  31. „Abbie McManus – Player Stats 2009–10“. thefa.com. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  32. „Abbie McManus – Player Stats 2010–11“. thefa.com. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  33. „Abbie McManus – Player Stats 2011–12“. thefa.com. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  34. „Abbie McManus – Player Stats 2012–13“. thefa.com. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  35. „Abbie McManus – Player Stats 2013–14“. thefa.com. Qaraldi: 2019-yil 24-may.
  36. „Man City Women are champions!“. Manchester City W.F.C.. 2017-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  37. Phillips. „Women's FA Cup final: Birmingham City 1–4 Manchester City“. bbc.co.uk. BBC Sport (2017-yil 13-may). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  38. Garry. „Women's FA Cup final 2018–19: Manchester City Women 3–0 West Ham United Women“. bbc.co.uk. BBC Sport (2014-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  39. „Women's Continental League Cup final: Arsenal 0–0 Manchester City (2–4 pens)“. thefa.com (2014-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  40. Garry. „Women's Continental Cup final: Manchester City 1–0 Birmingham City (aet)“. bbc.co.uk. BBC Sport (2016-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  41. Garry. „Women's Continental League Cup final: Arsenal 0–0 Manchester City (2–4 pens)“. bbc.co.uk. BBC Sport (2019-yil 23-fevral). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  42. „England record statement win over Japan to clinch prestigious SheBelieves Cup“. The FA (2019-yil 5-mart).