Abbos Bahodur (Abbos Bahodur qipchoq, Abbosbek (14-asrning birinchi yarmi-1387)) — Amir Temurning safdoshi, yirik lashkarboshi. Jeta moʻgʻullariga qarshi kurashda faol qatnashgan. Abbos Bahodur Loy jangida Amir Temur cherikining qanbulila (markazida) turib, katta jasorat koʻrsatgan. 1370-yil Amir Husayn bilan boʻlgan soʻnggi jangda Amir Temur tarafida jang qilib, koʻp bahodirlik koʻrsatgan. 1370-yil 9-aprelda Amir Husayn ustidan toʻla gʻalabaga erishilgach, Amir Temur Abbos Bahodurga boshqa yirik lashkarboshilari qatorida amiri lashkar (cherik begi) harbiy unvonini bergan. Abbos Bahodurning yoshi Sohibqironga nisbatan ulugʻroq boʻlgan boʻlsa kerak, chunki u 1385-yilgacha boʻlgan harbiy yurishlarda faol qatnashib, shu yildan eʼtiboran koʻproq oʻgʻruqda qoldirilgan. Xususan u 1386-yil boshlangan „uch yillik yurish“da ishtirok etmay, Samarqandda „Movarounnahr viloyatining zabti uchun“ qoldirilgan. 1387-yil oxirida Toʻxtamishxon Movarounnahrga bostirib kelganida u bilan Oʻtrordan 5 km sharqroqda joylashgan Chukalak mavzeida boʻlgan jangda yarador boʻlib, vafot etgan.[1]

Abbos Bahodur
Tavalludi 14-asrning birinchi yarmi
Vafoti 1387-yil
Oʻtror
Fuqaroligi Temuriylar imperiyasi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil